Ming yillar sirini yashirgan orol
Pasxa oroli (Rapa Nui) Tinch okeanining sharqiy qismida joylashgan bo’lib, Chili tarkibidagi munisipalitet hisoblanadi. Maydoni 163,6 km.kv. U Janubiy Amerika qit’asidan 300 km uzoqlikda, uning eng yaqin odam yashaydigan qo’shnisi esa 2075 km uzoqlikda joylashgan Pitcairn orolidir. Orol 1888 yildan boshlab Chili tarkibida bo`lib kelishiga qaramay, undan 3700 km uzoqlikda joylashgan.
Orolda tropik dehqonchlik, baliqchilik, chorvachilik hamda sayyohlik yaxshi rivojlangan. Orol uchuburchak shaklda bo’lib, har bir uchida vulqonlar bor: Rano-Aroi (539 m, orolning eng baland joyi), Katiki (377 m) va Rano-Kao (324 m). Uning ma’muriy markazi esa Xangaroa.
Pasxa orolida taxminan miloddan avvalgi 1200 yillarda yashay boshlaganlar. Tadqiqotchilar fikricha, orolga dastlab polinezlar kanoelarda suzib kelib, yashay boshlaganlar. Ular o’zlarini "Rapa Nui” deb ataganlar.
Orol Yevropaliklar kelguncha "Rapa Nui” deb atalar edi. 1722-yilda golland dengizchi sayyohi Yakob Roggeven pasxa bayrami kuni orolni Yevropa uchun kashf qilgan hamda shu kun sharafiga "Pasxa” oroli deya atagan.Yevropaliklarning orolga kelishidan oldin 15000 odam yashar edi. Bir asrda bu ko’rsatkich yevropaliklar bilan kirib kelgan kasallik, urush va qulchilik oqibatida 2000-3000 taga tushib qoldi. 1860-yillardan boshlab orol axli daxshatli voqealarni boshidan o’tkazdi. Atigi 10 yil ichida orolning 97 foiz aholisi turli sabablarga ko’ra o’ldi yoki qul qilib sotib yuborildi. 1871-yilga kelib orolda bor yo’g’i 171 kishi qolgan bo’lib, ularning ham asosiy qismini qariyalar va bolalar tashkil qilar edi. 1877-yilda esa aholi soni 111 tagacha tushdi. 20 asrga kelibgina orolda aholi soni ko’paya boshladi. Hozirda orolda 5800 tadan ortiq aholi bo’lib, ularning 60 foizi tub aholi hisoblanadi.
Pasxa oroli ming yilliklar salobati ufurib turuvchi qoyatoshlardan va vulqontoshlardan yo’nilgan ulkan haykllari bilan mashhur. Ularning bo’yi va vazni turlicha bo’lib, ba’zilari 10 metrgacha, vazni esa 90 tonnagacha yetadi.
Bunday haykallar orolning turli joylariga sochilgan bo’lib, ularning soni 887 ta.
Moai deb ataluvchi ushbu haykallar 1250-1500-yillar orasida qurib bitkazilgan. Orolda tadqiqotlar olib borgan arxeologlarning fikricha, bunday haykallar kuch-qudrat va hokimiyat ramzi hisoblangan hamda siyosiy va diyin maqsadlar yo’lida foydalanilgan. Polinezlarning qadimiy dinida yog’och va toshdan yo’nib ishlangan haykallarda rux yashaydi deb ishonilgan. Oroldagi ulkan haykallarga esa polinezlarning ajdodlarining yashayotgan ruxi sifatida e’zozlangan. Shuningdek,har safar qabila boshlig’i vafot etganda ham uning sharafiga shunday ulkan haykallar yasalgan.
Ko’pchilikning yaqin vaqtagacha oroldagi haykallarning oyoq qismi yo’q yoki faqat bosh qismdan iborat deb o’ylagani arxeolog va olimlarni hayratga soldi. Oroldagi haykallarning tanasi ham borligi 1914-yildan beri ma’lum edi. Vaqt va urushlar ta’sirida esa haykallarning bosh va yelka qismigacha tuproqqa ko’milib qolgan. Shuning uchun ham yaqin yillargacha ushbu haykalar faqat boshdan iboratday ko’ringan bo’lishi mumkin.
Jo Anne Van Tilburg boshchiligidagi arxeologlar guruhi yaqin yillardan beri orolda tadqiqotlar olib bormoqdalar.Ular "Pasxa Oroli Loyihasi" doirasida ko’plab haykallarni oyoq qismigacha kovlab oldilar. Ushbu haykallar va orol tarixiga oid ko’plab muhim ma’lumotlarni esa o’z web sahifalari orqali ommaga taqdim etib kelmoqdalar.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.