Toshkent shahri nomining kelib chiqishi 

1486

Toshkent shahri nomining kelib chiqishi  O’zbekiston poytaxti Toshkent 2200 yildan ortiq tarixga ega. Shahar sifatida Toshkent haqidagi birinchi maʼlumotlar eramizdan avvalgi II asrdagi qadimgi-sharqiy manbalarda uchraydi; Xitoy manbalarida Yuni deb atalgan; Fors shohi Shоpur I eramizdan avvalgi 262-yildagi „Zardusht Kaʼbasi" qaydnomalarida Toshkent vohasi Choch deb nomlangan.
Toshkent arablar tasarrufiga oʻtgach, arab alifbosida „ch" harfining yoʻqligi bois arabiy asarlarda „Shosh" deb yuritilgan. Ilk oʻrta asrlarda u „Choch", „Shosh", „Shoshkent", „Madinat ash Shosh", „Binkat" va „Tarkan" deb nomlangan.
  Shahar „Toshkent" nomi bilan dastavval XI asrning mashhur allomalari — Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshgʻariyning asarlarida tilga olinadi. Beruniy „Hindiston" asarida Toshkent nomining kelib chiqishi toʻgʻrisida soʻz yuritib, „Tosh" soʻzi asli turkcha boʻlib, Shosh koʻrinishini olgan. „Toshkand — toshli qishloq demakdir", deb izohlaydi.
Mahmud Qoshgʻariyning maʼlumoti boʻyicha, Toshkent XI-XII asrlarda „Tarkan" deb ham yuritilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur „Boburnoma"da Toshkent nomi ustida toʻxtalib, asarlarda Toshkent nomini Shosh, baʼzan Choch yozadilar” deb qayd etadi. Biroq XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida Toshkent toponimi shuhrat topib, uning qadimgi Choch, Shosh va Binkat nomlari asta-sekin muomaladan tushib qoldi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash