Buyuk sayyoh hayotidan 

3 541

Har yili 12-oktyabrda Amerika qit’asi ahli o’z tarixidagi eng mashhur voqealardan biri- qit’aning Xristofor Kolumb tomonidan kashf etilishini nishonlaydi.

Aslida buni 12-oktyabrda emas, 23-oktyabrda bayram qilish kerak. Chunki, biz hammamiz grigoryan kalendari bo’yicha yashayapmiz. Kolumb esa o’z davrida bunday taqvim mavjudligi to’g’risida tasavvurga ham ega bo’lmagan, sababi mazkur taqvim Kolumb o’limidan yuz yil o’tgach ishga tushgan. Amerika koloniyalari esa bu taqvimga faqat 1752-yildan o’tishgan. Ya’ni vaqt hisobini 11 sutka oldinga qarab surishdi. Sababi avvalgi taqvim aynan shu davrda quyosh ko’rsatgichlaridan ortda qolib ketdi. Shuning uchun ham Amerika qit’asi 12-oktyabr emas, 23-oktyabrda kashf qilingan.

Kolumb yoshligida birinchi marta qaroqchilar kemasida dengizga chiqqan. Bu o’sha paytda eng namunali oila farzandlarining ham orzusi edi. Qaroqchilar bayrog’i ostida dengizda suzish o’smirda o’ziga ishonch, dunyoni ko’rish, qandaydir shaxsiy mavqega ega bo’lish imkonini berdi. Dengizda suzish o’sha paytlarda mashhur kasblardan hisoblanar edi.

Kolumb o’quvchilik yillarida Pifagorning yer shar shaklida degan fikrlarini o’zlashtirgan. Bu g’oyaga muvoffiq u shunday xulosaga keldiki, hammaga ma’lum aqidalardan farqli o’laroq, butunlay boshqa, ya’ni Hindistonga ancha yaqin yo’lni toppish mumkin edi. Lekin hamma uning qarashlarini tanqid qilib shunday deydilar: ,,Nahotki bu nodon sharqda joylashgan Hindistonni g’arbdan kesib aylanib o’tsa, ya’ni qarama-qarshi tomonga yurish o’zini o’lim tomon yetaklash”. Kolumb 17 yil o’z sayohatini moliyalashtiradigan bir homiy topishga harakat qildi. Ammo barcha harakatlari natijasiz tugadi. Oxiri u hammasiga qo’l siltab, kunini ibodatxonada o’tkazishga qaror qildi. 

Nihoyat Rim papasi ispan qirolichasi Izabelladan Kolumbga yordam berishni so’rab iltimos qildi. Qirolicha yuborgan 13 funtga Kolumb ustidagi juldur kiyimini yangi kostyumga alishtirdi va shu tariqa saroyga yo’l oldi.

Qirolicha Kolumb zoriqqan kemalarni ajratib berdi. Ammo jamoani tanlash imkoniyati yo’qligi tufayli ish to’xtab qoldi. Notanish yerga otlanishga hamma qo’rqardi. Shunda Kolumb shahar bandargohiga yaqin qismda bir necha dengizchilarni kuch bilan majburladi, hatto mushti yordamida hammani sotib olishini aytib qo’rqitgan. Qamoqxonadagi mahbuslarni ozod qilish va’dasi bilan sayohatga olib ketgan. Nihoyat, 1492-yil 3-avgust payshanba kuni 3 ta kema (Pintu, Niniya, Santa Mariya) va 88 kishi quyosh chiqishidan yarim soat oldin yo’lga chiqishdi. Bu insoniyat tarixidagi eng buyuk sayohat edi.

Ammo Kolumbning yangi dunyoga asos slogan koloniyasi unga azob-uqubatlar va tushkunliklardan boshqa hech narsa bermadi. Ilk koloniya hindular tomonidan qirib tashlandi, ikkinchi koloniya gubernatori Kolumbga shu qadar nafrat bilan qarardiki, uni hiyla bilan qamoqqa oldi va orqaga qaytib yubordi.

Kolumb 55yoshida vafot etdi. Uning o’limiga hech kim e’tibor bermadi, yig’lamadi, u tashlandiq kulbada vafot etdi. Unga ,,Admiral va Hindistonning vitse-prezidenti” unvoni va’da qilingan edi, lekin taqdimot o’tkazilmadi,qilgan qit’asi ham uning nomiga qo’yilmadi, aksincha xaritasini tuzgan Amerigo Vespuchchi sharafiga qo’yildi.

To’g’ri, Kolumb yangi dunyo asoschisi sifatida tarixda qoldi, lekin haqiqat unday emas.
Aslida esa, Kolumb dunyoga kelishidan 1000 yil oldi Xitoydagi budda ruhoniysi Xu Shin birinchi marta bu qit’aga kelgan. Oradan 500yil o’tgach, skandinaviyalik Lif Erikson ham shu ishni amalga oshirgan.Buning isboti sifatida tarixchilar Mssachusetsdagi Charli daryosi bo’yida Erikson qurgan imorat qoldiqlarini ko’rsatishadi. Bu qit’a haqida buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy ham aytib o’tgan.

Kolumb mard va bukilmas iroda sohibi sifatida tarixda qoldi, hamma maqsaddan yuz o’girganda ham u o’z so’zida turdi. Hatto dengizchilar isyon ko’tarib, agar ortga qaytmasak seni o’ldiramiz deyishganda, u shunday degan: ,,Olg’a! Olg’a va faqat olg’a!”.
Normurod LATIPOV 
                                      Navoiy davlat pedagogika instituti
tabiiy fanlar fakulteti Geografiya o`qitish metodikasi yo’nalishi
                                                         2-A guruh talabasi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.