AQSHning O`rta Osiyo va boshqa hududlardagi geosiyosiy manfaatlari 

5 884

 AQSH manfaatlari dunyoning deyarli barcha mintaqalarida mavjud. O‘rta Osiyo mintaqasida AQSH manfaatlari Turkiya va Xitoy manfaatlari bilan to‘qnashadi. Turkiyaning o‘zida G‘arb va Islom tarafdorlari bir-biriga qarama-qarshi turadi.
 AQSH o‘zining geosiyosiy manfaatlarini Afg‘onistonda tartib o‘rnatishdan boshladi. Buning uchun u O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan ularda mavjud aerodromlardan foydalanish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. O‘zbekiston keyinchalik ushbu shartnomani bekor qildi. AQSH O‘rta Osiyo davlatlaridan tashqari Ozarbayjon va boshqa davlatlar bilan o‘z aloqalarini yaxshilashga harakat qilmoqda. Bu o‘rinda uning Ozarbayjon neftini Turkiya porti Seyxanga eksport qiluvchi quvur qurilishini qo‘llashi diqqatga sazovordir.
  AQSH Eronda barpo qilinayotgan AES qurilishini qoralab, asosiy aybni Eron va asbob-uskunalar yetkazib berayotgan Rossiyaga qo‘ymoqda.
  AQSH-Xitoy munosabatlarining asosiy maqsadi Xitoyga mintaqaviy muammolar bilan cheklanib, global muammolarga aralashmaslik tamoyilini tushuntirishdan iboratdir. Amerikaliklar Xitoy tomonidan Tayvanni kuch orqali qo‘shib olish maqsadida amalga oshirilgan har qanday faoliyat AQSH investitsiyalar oqimini to‘xtatib qo‘yishga sabab bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlamoqdalar. Lekin investitsiyalarning asosiy qismi AQSH, Yevropa mam­lakatlari yoki Yaponiya tomonidan emas, balki Tayvan va Xuatsyu, ya’ni xorijda yashovchi xitoyliklar tomonidan ta’minlanmoqda. Janubi Sharqiy Osiyoda joylashgan 500 ta korxonaning umumiy qiymati 540 mlrd dollarni tashkil etadi. Ana shu jihatlarni hisobga olmaslik Amerika-Xitoy munosabatlariga putur yetkazishi va AQSH ni Sharqiy va Janubi Sharqiy Osiyodagi geostrategik manfaatlardan mahrum qilishi mumkin. Shuning uchun AQSH Xitoy uni «tabiiy ittifoqdoshi» sifatida qabul qilishini juda xohlamoqda va bu maqsadga erishish uchun o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda.
  Ana shu va boshqa maqsadlarini hayotga tatbiq etishda AQSH o‘zining doimiy, barqaror ittifoqdoshi - Yaponiyaga tayanmoqda va u bilan bo‘lgan munosabatlarni mustahkamlashga katta e’tibor qaratmoqda.
 
Eslab qoling!
 Janubi-sharqiy Osiyo Bruney, Myanma, Laos, Vetnam, Kambodja, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Filippin va Sharqiy Timor davlatlaridan iborat. 
  Sharqiy Osiyo Xitoy, Mo`g`iliston, Yaponiya, KXDR, Koreya Respublikasi, Tayvan davlatlaridan tashkil topgan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.