18-aprel Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni. 

4 608

Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylar kunining (International Day for Monuments and Sites) shiori: ”Tarixiy Vatanimizni asraymiz”. Bu kun 1982-yili YUNESKO qoshida tashkil topgan, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklarni saqlash masalalari bo’yicha Xalqaro Sovet Assambleyasi (ICOMOS)  tomonidan ta'sis etilgan.  Bayram dunyo bo’yicha 1984 yil 18-aprel kunidan nishonlanib, jamoatchilik diqqatini  butundunyo madaniy merosini saqlash va muxofaza qilish masalalariga qaratilgan. Yevropa davlatlarida tarixiy inshoatlarga e'tibor bilan qaraydilar, tarixiy landshaft va joylardagi peyzajlarni asraydilar. Masalan, Fransiyada arxeologik qazilmalardan so’ng tarixiy joylar landshaftini tiklash ishlari o’tkaziladi.  Angliyaning shimolida Rim imperatori Andrean qurdirgan,  imperiani shimoliy chegarasini qo’riqlash maqsadida   qurilgan va uzunligi  117 km. bo’lgan  Andrian qal'asi,  tegilmagan holida asrab qolingan.  Bu bayram yana bir bora jamoatchilikni milliy merosimiz, butundunyo madaniy obidalari, yodgorliklari, inshoatlarini asrab - avaylashga undaydi. Shu munosabat bilan, madaniy merosni asrab-avaylash masalalari bo’yicha turli konferensiyalar va qator tadbirlar uyushtiriladi.  Misol tariqasida, ayrim muzey va ko’rgazma xonalariga be'pul kirish mumkin. O’zbekistonda ham tarixiy meroslarni asrab-avaylashga juda katta e'tibor qaratilgan. Insoniyat tarixida qadimgi madaniyat o’choqlari sifatida jahonga tanilgan Afina va Rim shaharlari kabi  Buxoro, Samarqand, Xiva ham boy tarixga ega.  Bu shaharlar  tarixiy obidalarga juda boy. Mustaqillik yillarida qadimgi me'moriy yodgorliklarning barchasi ta'mirlanib, o’zining asliy qiyofasiga ega bo’ldi. Hozirgi davrda Buxoro mamlakatimizda tobora kengayib borayotgan turizmni eng jozibador maskanlaridan biriga aylandi. Buxoroga yo’l olgan sayoxatchilar shaharning dovrug’ini jahonga taratgan noyob me'moriy obidalardan Ismoil Samoniy maqbarasi (IX-X asrlar), Minorai Kalon (XII asr), Masjidi Mag’oki Attori (XII asr), Chashmai Ayub (XII-XIV asr), Ark (mil.v.IV-III asrlar - XX asr boshi), Ulugbek madrasasi (1417), Kalon Jome masjidi (XVI asr), ayniqsa Labi hovuz majmui (XVI-XVII asrlar) va boshqa ansambllarni zavq-shavq bilan tomaosha qiladilar. Shuning uchun ham bu obidalar hozirgi kunda minglab sayyyohlarning diqqat-e'tiborini o’ziga jalb etmoqda. 1997-yilda YUNESKOning qaroriga asosan dunyoning eng ko’hna shaharlaridan biri bo’lgan Samarqand, Xiva, Buxoroning 2500 yillik yubileylari jahon jamoatchiligi vakillari ishtirokida keng nishonlandi. 

18-aprel Vena konvensiyasi qabul qilingan kun
Vena konvensiyalari (1961 va 1963) - diplomatik va konsullik munosabatlariga bag'ishlangan konvensiyalar. Diplomatik munosabatlar to'g'risidagi Vena konvensiyasi 1961-yil 18-aprelda Vena shahrida, diplomatik munosabatlar va immunitetlar masalalari bo'yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti konferensiyasida qabul qilingan. Davlatlar boshliqlari huzuridagi diplomatik vakolatxonalar maqomi va vazifalarini belgilab beruvchi bu asosiy xalqaro huquqiy hujjat 53 moddadan iborat bo'lib, jumladan davlatlar o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatish tartibiga, diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini taminlash va chaqirib olishga, mazkur vakolatxona xodimlarining diplomatik maqomlariga, ularga va oila a'zolariga beriladigan imtiyoz va daxlsizliklarga, ular vazifa olgan mamlakatlarga kelishi va qaytishiga, qabul qiluvchi mamlakat hududida o'zlarini qay shaklda tutishlariga oid qoidalardan iborat. Vakolatxonalarning muayyan diplomatik maqomga ega rahbarlari va vakolatxona diplomatik xodimlari orasidan sardor (duayen)ni, vakolatxonaning muvaqqat ishlar vakilini tayinlash masalalari yuzasidan ham qoidalar bayon qilingan. Konsullik aloqalari to'g'risidagi Vena konvensiyasi 1963 yil mart - aprelda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro huquq hayatining loyihasini ko'rib chiqish uchun 92 davlat vakillari qatnashgan Vena konferensiyasida qabul qilingan. Mazkur konvensiya xalqaro muomalada ishtirok qiluvchi barcha davlatlar o'rtasidagi konsullik aloqalarini tartibga solib turadi.

18-aprel "Microsoft” kompaniyasi tashkil topgan kun
"Microsoft” shuhratini butun dunyoga yoygan mahsulot—"Windows” tarixi 1984-yil boshlanadi. "Microsoft Corporation” — xalqaro kompyuter texnikasi korporasiyasi. Kompyuter dasturi bilan shug'ullanadi. Boshshtab kvartirasi Redmond, Vashington shtati da joylashgan. "Microsoft Corporation” hozirda "Microsoft Windows” operasion sistemasi va "Microsoft Office” bilan mashhur. Shu bilan birga Internet Explorer, MSN, Xbox dasturlarini rivojlantirish bilan shug'llanadi. Kompaniyaga 1975-yil 18-aprelda Bill Gates va Paul Allen tomonidan Albuquerque, New Mexico shtatida asos solingan. Bu kompaniya turli hil hisoblash mashinalari uchun dasturiy taminot ishlab chiqaradi. Jumladan: Shahsiy kompyuter, KPK, o'yin pristavkalari, mobil telefonlar va boshqalar uchun, hamda hozirgi kunda butun dunyoga mashhur bo'lgan "'Windows” Dasturiy platformasining asoschisidir. Kompaniya Xbox o'yin konsolini hamda shahsiy kompyuterlar uchun aksessuarlar ham ishlab chiqaradi. Bundan tashqari 2012-yildan boshlab o'yining planshet-kompyuteri — "Surface” va uning taxriri "Surface RT”ni ishlab chiqarmoqda. Hozirda "Microsoft” mahsulotlari dunyoning 80 dan ortiq davlatlarida sotilmoqda, dasturlari esa 45 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.

18-aprel Sankt-Peterburgda yosh yigit-qizlar bayrami
18-aprel 1998-yilda Sankt-Peterburg shahrida  yigit-qizlar ishi bo’yicha konferensiyada yoshlar kuni tasdiqlangan. Ilk bor yosh yigit-qizlar bayrami 2000-yil 18-aprelda nishonlangan. Konferensiyada hozirgi kun yoshlarining muammosi, ularni qiziqtirayotgan sohalarga yo’naltirish, ma’lumot-tashviqot ishlarini kuchaytirish ta’kidlab o’tilgan. 1995-yillarda dunyo ish kuchining 4\1 qismini yosh yigit-qizlarni tashkil etardi, bunga ishsiz yoshlar ham to’g’ri kelardi.  Bozor iqtisodiyotida har tomonlama yetuk yosh yigit-qizlarni yaxshi ish joylari bilan ta’minlashda bir muncha qiyinchiliklarga duch kelindi. Bugunga kelib dunyoda 25 yoshgacha bo’lgan yoshlar soni 3 milliardni tashkil etar ekan. Ulardan yarim milliardi kam taminlanganlardan iborat. 100 milliondan ortiq bollar maktabga qatnashmaydi. Har kuni deyarli 30 mingta yosh bolalar ochlikdan halok bo’lishadi. 7 mingdan ortiq yosh yigit-qizlar havfli kasallik Spid bilan zararlanishadi. Yosh yigit-qizlar muammosi va ular o’z kelajaklarini qay holda ko’rishmoqda, yana bir qator savollar va ularga yuqorida aytib o’tilgan konferensiyada javob topishga harakat qilngan. Har yili konferensiya maxsus shiorlar" Qamba’gallikga qarshi birga kurash: yoshlar va qambag’allik”, "Yoshlar va o’zgarishlar: harakat qilish payti keldi” kabi shiorlar ostida o’tkaziladi. Bundan tashqari Xitoy, Tunis, Kamerun, Turkiya va boshqa davlatlarda ham yosh yigit-qizlar bayrami  nishonlanadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.