Yuklanmoqda...

5-may Butunjahon oila kuni


Oila -  nikohga yoki tug’ishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning a'zolari ro’zg’orining birligi, o’zaro yordami va ma'naviy mas'uliyati bilan bir-biriga bog’langan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari-inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila-a'zolarining turmush sharoitini va bo’sh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy. Mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular ta'sirida o’zgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat o’zgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni o’rnatadi. O’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash va oilani nufuzini ko’tarish maqsadida BMT tomonidan 1993-yil 5-may Xalqaro oila kuni deb e'lon qilingan bo’lib, har yili nishonlanadi.

5-may Yaponiyada o’spirinlar kuni
5-mayda Yaponiya shaharida o’spirinlarga bag’ishlangan bayram nishonlanadi. Bu bayramning rasmiy nomi "Tang-no sekku” (bu bayram otlarga bag’ishlangan). Chunki otlar - botirlik, jasurlik, mardlik, qo’rqmaslik ramzi bo’lib hisoblanadi. Yosh o’spirin yigitlar shu sifatlarni o’zlarida mujassam qilishlari va maqtovga sazovor askar bo’lishlariga undaydi. Bu kunning ikkinchi nomi "Syobu-no sekku” (gulsapsar bayrami) - Nara davrida vujudga kelib, Gulsapsarlar ochilgan davrga to’g’ri keladi va omad, sog’liq-salomatlik ramzini bildiradi. "Tango-no sekku” bayramida 15 ta o’spirin qatnashadi. Bayram o’tkazilishi eramizning birinchi asrlariga to’g’ri kelgan. Bahorning, dala ishlarining boshlanishi, dehqonlarning birdamliklari bilan bog’langan. Bu bayramda daraxt va o’simliklarda tazim qilish alohida o’rin tutgan. Naslning davom etishi gullab yashnashi sog’liq-salomatlik uchun duolar qilingan. Bu qadimiy udum imperator saroyining diniy marosimi bo’lib, asosiy e'tibor Imperatorga qaratilgan bo’lib, Imperator ham  hamma saroy ahli bilan birgalikda dorivor o’simliklarni tergan. Dehqonlar bu kunlarda dalalarga zararli hasharot, qushlarni qo’rqitish uchun vosita bo’ladigan narsalar, rangli bayroqchalar o’rnatishgan. Xeyan davriga kelib "Tango-no sekku” bayrami harbiy sport bayramiga aylandi. Unda harbiy dovyuraklik, mardlik- kamondan o’t otish musobaqalar, kurash turlari, qilichbozlik va ot sporti musobaqalari o’tkazilgan. Mamlakat rahbarlari yosh avlodni samuray ruhida tarbiyalashda qadimiy urf-odatlarni qo’llashgan. 

5-may shifrlovchilarning kasb bayrami kuni
5-mayda eng sirli kasblardan biri - shifrlovchilarning kasb  bayrami kuni.  Ular faoliyatining  maqsadi - ma'lumotni sir saqlamoq, qaysiki kerakli ma'lumotlarni boshqalar bilishiga yo’l  qo’ymaslikdir. Garchi kriptografiya  xizmati Rossiyada  ancha oldin mavjud bo’lsada, unga asos solingan sana  va  shifrlovchilar  kasbiy bayrami kuni qilib 5-may belgilandi. 1921-yil 5-mayda  Kriptografiya  xizmati tashkil kilingan edi, uning vazifasi  davlat, yuqori organlar, harbiy kismlarni  va xorijiy muassasalarni  yopiq aloqa bilan ta'minlash edi. Kriptografiya, yoki yunonchadan tarjimasi,  "sirli xat", meloddan ancha oldin paydo bo’lgan. Faraonlar  va boshqa davlat hokimlari, o’z sirlarini  begonalar bilishini xohlashmagan edi. Buning uchun ma'lumotlarni yashiradigan  har xil mexanizmlar  ishlab chiqilgan edi. Lekin bu  hammasi, yetarlicha oddiy  ishlanmalar bo’lib, tezda siri ma'lum bo’lib qolardi. Garchi kriptografiya fani bir  joyda to’xtab qolmagan bo’lib  va doimo rivojlangan bo’lsada, g’arbda ham, Osiyoda ham,  lekin yashirin yozuvni ommaviy qo’llash usuli topilmadi. Asosan undan shohlar foydalanishgan. Yashirin shifrlar oddiy almashtiriladigan bir alifboli  shifrlar  bo’lgan. Ajablanarlisi shuki, yashirin shifrlarning mutaxassislarni xayratga  soluvchi zamonaviy shifrlari ham ishlab chiqarilgan.

5-may Tailandda qirolga toj kiydirilgan kun
1950-yil 5-mayda Taylandda Qirol va Qirolicha taxtga o'tirgan hazrati oliylari Rama IX ga (Pxumipon Adulьyadet) toj kiydirish marosimini o'tkazildi. Bu sana –Taylandning Davlat bayramidir. Bayram kuni Bonkokda Qirol armiyasi va dnegiz flotining tantanali namoyishi o'tkaziladi, shuningdek dabdabali salyut beriladi. Pxumipon Adulyadet 19 yoshligida Chakri dinastiyasining to'qqizinchi qiroli bo'ldi. Keyinchalik u siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida Lyusernga o'qishga boradi. Ikki yildan so'ng Fontenbloga qilgan tashrifida Fransiya elchisining qizi Mom Rachavong Kittiyakara ismli go'zal qizni uchratadi. 1948-yilda ularning unashtirilishi haqida hukumatga e'lon qilindi. Ular 28-aprel 1950-yilda Bankokda turmush qurishdi. To'ydan yetti kundan so'ng qadimgi urf-odat bo'yicha Qirolning Katta saroyida toj kiydirish marosimi o'tkazildi. U o'zining rasmiy qarorgohi qilib, Chitraladagi oddiy villani tanladi va "Biz Siam xalqining farovonligi va baxt-saodati uchun odilona davlatni boshqaramiz” deb qasam ichdi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar

kodni yangilash


To Top