Geologlar kuchli zilzilani bashorat qilmoqda
Germaniyaning Potsdam
shahridagi Yerni o’rganish markazi geologlari kelgusi 10-20 yil orasida Yangi Zelandiyada
halokatli zilzila yuz beradi, degan xulosaga keldi. O’rganish natijalari Nature
jurnalida chop etilgan.
Yangi Zelandiyaga daxldor bo’lgan Alp darzligidagi yuqori harorat
va bosim sababli olimlar falokatni oldindan karomat qilmoqda. Mutaxassislarning bahosiga ko’ra MMS shkalasi bo’yicha
8 balli zilzila sodir bo’ladi. So’nggi ming yil ichida Yangi Zelandiyada
200-300 yil oraliqda to’rtta yirik zilzila sodir bo’lgan. Eng oxirgi tabiat hodisasi
1717 yilda yuz bergan.
Geologlar Vataroa shahri yaqinidagi
900 metrli shaxtaning haroratini ikki yil davomida o’lchab tekshirgan. Olingan ma’lumotlar
darzlikning ostidagi suv va jinslar qariyb qaynayotganligini bildirdi, bu tektonik
kuchlanishdan darak beradi.
Olimlar Alp darzligi haroratlar farqi
bo’yicha juda o’ziga xosligini ta’kidlaydi. Undagi haroratlar tafovuti Selsiy shkalasi
bo’yicha 125 gradusga tengdir. Bunday haroratlar farqi vulqonlarda bo’ladi
xolos.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.