"Yerning tili" yoki geografik joy nomlari 

10 661

 Geografiya Yer yuzidagi millionlab geografik obyektlarning nomlari bilan ham ish ko'radi. Har bir geografik obyektning o'z nomi bor. H.Hasanov ta'biri bilan aytganda "... dengizlar va daryolar, tog'lar va cho'ggilar, mamlakatlar va shaharlar, soyliklar, quduglaru mayda-mayda orollar, qishloqlaru ko'cha va mahallalar nomlari — shularning hammasi "Yeming tili"dir". Geografiyani joy nomlarisiz tasavvur etib bo'lmaydi.
 Geografik joy nomlari shu qadar ko'pki, dunyoda nechta nom bor degan savolga hech kim aniq javob bera olmaydi. H.Hasanovning yozishicha, maydoni O'zbekistonga teng keladigan Shvetsiyada 12 mln. joy nomlari mavjud ekan. Lekin O'zbekistonda hanuzgacha bunday ma'lumot yo'q. Toponimlar (urli katta-kichiklikdagi geografik obyektlarning nomlarini o'zida mujassamlashtiradi. Shunga ko'ra, u makrotoponimlarga va mikrotoponimlarga bo'linadi. Yirik geografik obyektlar — qit'alar, materiklar, mamlakatlar, o'lkalar, okeanlar, dengizlar, daryolar, tog'lar, shaharlar va boshqalaning nomlari makrotoponimlar deyiladi. Yevropa, Amerika, Osiyo, Afrika, Tinch okean, Hind okeani, Himolay, Pomir, Sirdaryo, Amudaryo, Amazonka, Shimoliy dengiz, Bering dengizi, Toshkent, Moskva, Vashington kabi nomlar makrotoponimlarga misol bo'la oladi. Yirik geografik obyektlarning nomlari kam o'zgarishlarga uchraydi, uzoq vaqt yashaydi.
 Kichik geografik obyektlar — soy, jilg'a, buloq, quduq, tepalik, jar, qir, mahalla, guzar, ko'cha va boshqalaming nomlari mikrotoponimlar deyiladi. Mikrotoponimlar tez-tez o'zgarib turishi bilan xarakterlanadi.
 Geografik joy nomlari o'ta nozik. Nomdagi bir harf yoki tovush o'zgarsa, boshqa nomni berishi mumkin. Shuning uchun Avstriya bilan Avstraliyani, Shvetsiya bilan Shveysariyani, Riga bilan Risani, Neva bilan Nivani, Amu bilan Amumi, Chud bilan Chadni, Eri bilan Eyrni bir-biriga almashtirib qo'ymaslik lozim.
 Ikki davlat hududidan oqib o'tuvchi ayrim daryolar mahalliy til qoidalariga moslanib turlicha atafadi. Masalan, Ispaniyadan oqib o'tuvchi Taxo daryosi Portugaliya hududiga o'tgandan so'ng Teju deb yuriuladi, shuningdek, Polshadagi Odra Germaniyada Oder, Afg'onistondagi Herirud Turkmanistonda Tajan deb yuritiladi.
 Geografik joy nomlariga shu qadar o'rganib qolganmizki, hatto ayrim atamalar aynan toponimlardan olinganligini eslab ham o'tirmaymiz.
 An'anaviy o'tkazilib kelinadigan olimpiada so'zi Gretsiyadagi Olimp tog'i nomidan, alpinizm, alp burmalanish, alp o'tloqlari-Yevropadagi Alp tog'i nomidan, akademiya so'zi Gretsiyadagi changalzorlardan bin nomidan, vulqon (vulkan) atamasi Tirren dengizidagi Vulkano oroli nomidan, kofe - Afrikadagi Kaffa o'lkasi nomidan, geyzer atamasi Islandiyadagi Geyzer deb ataladigan issiq buloq nomidan, karst atamasi Bolgon yarim orolidagi Karst platosi nomidan, meandra Kichik Osiyo yarim orolidagi Mendere daryosi nomidan, delta atamasi Nil daryosi quyiladigan Delta degan joy nomidan olingan va hokazo.
 Toponimlardan vujudga kelgan turli atamalar, so'zlar juda ko'p.
 Geografik atamalar vulqon, meandra, geyzer, karst, artezian va boshqalar.
 Geologik davrlar kembriy — Buyuk Britaniyadagi Uelsning qadimgi nomi; ordovik va silur — Angliya janubidagi qabililar nomi; devon — Angliyadagi grailik; perm — Uralning janubidagi shahar; yura — Fransiyadagi Yura tog'lari nomidan olingan.
 Burmalanishlar kaledon — Shotlandiyaning qadimgi nomi; baykal - Baykal ko'li nomidan; gertsin — Markaziy Yevropadagi tog'; alp —Yevropadagi tog' nomlaridan paydo bo'lgan.Shamollarning nomlari - Afg'on shamoli, Bekobod shamoli, Qo'qon shamoli, Xo'jand shamoli, Novorossiysk borasi va hokazo.
 O'simliklarning nomlari: apelsin — gollandcha "xitoy olmasi" demakdir ("sin" — "Chin", "Xitoy" degani); kashtan — Kichik Osiyodagi Kastan shahri nomidan; kofe — Afrikadagi Kaffa o'lkasi nomidan; bulg'ari qalampiri — Bolgariya nomidan; finikiya palmasi — tarixiy Finikiya davlati nomidan; makkajo'xori — Muqaddas Makka shahri nomidan; qo'qon jo'xori, jilon jiyda — Erondagi G'ilon (Jilon) viloyati nomidan; shotut —Shorn (Suriya) nomidan olingan. Kishmish — Erondagi Keshm oroli nomi bilan bog'liq.
 Hayvonlar nomlari: hisor qo'yi, qorako'l qo'yi, angori echki, sardinka—baliq, Sardiniya oroli nomidan olingan.
 Turli ichimliklar nomlari: kagor (qizil vino) — Fransiyadagi Kagor shahri nomidan; portveyn (vino) — Portugaliyadagi Oporto shahri nomidan; shampan (vino) — Fransiyadagi Shampan provinsiyasi nomidan; konyak — Fransiyadagi shu nomli shahar nomidan olingan.
 Minerallarning aksariyati joy nomlari bilan bog'liq holda nomlangan:alebastr — Misrdagi shahar nomidan, baykalit — Baykal ko'li nomidan, belomorit — Oq dengiz sohilidan topilgani uchun shunday atalgan, boksit — Fransiya janubidagi Boks degan joy nomidan, vezuvian—Italiyadagi Vezuviy tog'i nomidan, kurskit — Kursk shahri nomidan, rumenit — Ruminiya hududidan topilgan qahraboning bir turi, sibirit —Sibir nomidan, surik-mineral bo'yoq, Suriya nomidan, uralit — Ural tog'laridan topilgan mineral nomi, xibinit — Xibin tog'lari nomidan olingan.
 Ayrim gazlamalaming nomlari ham toponimlardagi olingan: doka (ruscha "marli") so'zi Bangladeshning poytaxti Dakka shahri nomidan, krepdeshin — fransuzcha "xitoy matosi", Xitoy nomidan olingan, jersi—Fransiya shimolidagi orol nomidan olingan.
  Panama (bosh kiyim, shlyapa) nomi ham Markaziy Amerikadagi Panama davlati nomidan olingan. Olimpika (sport kiyimi) nomi esa Gretsiyadagi Olimp tog'i nomidan kelib chiqqan.
 Ko'pchilik buyuk allomalar, yozuvchi va shoirlaming taxalluslari ham ular tug'ilgan yoki yashagan joy nomidan olingan: Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad Yassaviy, Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Hofiz Sheroziy, Jaloliddin Rumiy, Muhammad Narshaxiy va hokazo. Hatto Rudakiy tug'ilgan joy uning taxallusi yordamida topilgan va u hozirgi Tojikistondagi Rudak qishlog'ida tug'ilganligi aniqlangan.
 Joy nomlari juda qiziq: 1-2-3 harfdan iborat juda qisqa nomlar ham, uzundan uzoq nomlar ham bor. YIL — Shvesiyadagi, E — Fransiya va Belgiyadagi aholi punktlari, U — Fransiyadagi daryo irmog'i, Ar — Uraldagi daryocha, Po — Italiyadagi daryo, Nil — dunyodagi eng uzun daryo, Chad—Afrikadagi, Chud — Rossiyadagi, Eyr — Avstraliyadagi, Eri — Shimoliy Amerikadagi ko'llar.
 Mashhur geograf-toponimist olim H. Hasanovning yozishicha: "...Geografik nomlarning "chempionlari" ham aniqlangan. Angliyadagi bir temir yo'l stansiyasining nomi 54 harfdan iborat. Yangi Zelandiyadagi bir shaharning nomi maori tilida 57 harf bilan yoziladi. O'zbekcha tarjimasi bunday: "Tamatea Pokan Uenda o'z ma'shuqasiga nay chalib bergan tepalik". Bu faqat "bronza" medaliga mansub. Lekin "kumush" medalga loyiq nom ham bor: bu Yangi Zelandiyadagi bir tepalikning nomi — u 85 harfdan iborat. "Oltin" medal Tailand poytaxti Bangkok shahriga berilsa bo'ladi: uning norasmiy nomi jami 159 harf bilan yoziladi".
  Xullas, joy nomlari ajoyib va g'aroyib. Hayotimizni ularsiz tasavvur etib bo'lmaydi. 
Mirali Mirakmalov
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zMU kafedra mudiri,
geografiya fanlari nomzodi, dotsent

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.