Shahar osmonini qoplagan muallaq tuman 

6 188

  Katta sanoat shaharida yashaydigan kishi shahar havosi bilan shahar tashqarisidagi, tog‘ yoki o‘rmon havosi farqini yaxshi ajratadi. Shahar osmonini bulut kabi qamrab olgan og’ir muallaq tumandan quyosh nurlari ham yaxshi o'tmaydi. 
  Ushbu og’ir tutunni chet ellarda "smog” deb atashadi. "Smog” atamasi ikki ingliz so‘zi: "smoke” - tutun va "fog” - tuman so'zlarining birikmasidan iborat. Demak uni o’zbek tilida "muallaq tuman” deb atasa ham bo’ladi, chunki u yozning shabodasiz kunlarida shahar tepasida maullaq turib qoladi. U nafaqat shahar ko‘rinishi va kayfiyatimizga salbiy ta’sir koisatadi, balki salomatligimiz uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi, chunki bu atmosferaning oddiy ko'z bilan ham ко ‘rsa bo’ ladigan ifloslanishidir.
 Muallaq tumun atrof-muhitning ayrim ob-havo sharoitlarida ifloslanishi natijasida yuzaga keladi. Havodagi zaharli aralashmalar tuman tomchilari bilan qo‘shilganda, muallaq tuman hosil bo’ladi. Buning uchun eng qulay ob- havo sharoiti - havoning namligi, yuqori harorat va shamol yo‘qligidir.
  Sanoat chiqindilari atmosferadagi kondensat yadrolari (suv bug‘lariga uriladigan chang zarrachalari) darajasini ko'paytirib yuboradi. Bu esa sanoati rivojlangan katta shaharlarda bulutli hamda tumanli kunlar sonining ko‘payishiga sabab bo`lmoqda.
 Ushbu hodisaning noxushligi yana shundaki, nafaqat tumanli kunlar soni ortadi, balki tumanning o‘zi zavod tutuni va avtoulovlar gazi bilan birlashib zaharli bo‘lib qoladi.
Muallaq tuman hosil bo‘lganda havoda noxush hid paydo bo‘ladi va RB ko‘rinish yomonlashadi.
 Maullaq tutun meteorologik sharoitlar qulay kelgan paytlarda yoki neft va ko‘mir yonishidan hosil bo'lgan zaharli gazlar ko‘payganda hosil bo’ladi. Kishilaming salomatligi yomonlashadi, tumov bilan kasallanganlar soni ortib, gripp epidemiyasi paydo bo‘ladi.
 Kuz va qish fasllarida(oktabr-fevral oylari) quyuq zaharli tuman sifatida paydo bo‘ladigan muallaq tuman - London smogi degan nom olgan. 1952 yildagi xiddi shunday smog Londonda 4 ming kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Uning xavfli va asosiy komponentlaridan biri - zaharli oltingugurt gazidir.
 Muallaq tumanning yana bir turi mavjud - bu Los-Anjeles turi. Uning shunday deb nomlanishiga sabab u birinchi marta Amerikaning Los-Anjeles shahrida kuzatilgan. Muallaq tumanning ushbu turi yanada xavfliroqdir, chunki u yilning issiq kunlarida ham paydo bo’ladi.
  Hozirgi kunda jahonning barcha yirik shaharlarida: Nyu-York, Chikago, Bos­ton, Detroit, Tokio, Milan, Madrid kabilar Los-anjeles smogidan aziyat chekmoqdalar. U o‘simlik va hayvonlarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda, metal va imoratlar zanglamoqda, transport vositalari yemirilmoqda va hatto kishilarning kiyimlari ham uqalanmoqda.
 Smogdan qutilishning yagona vositasi - zavod, avtotransport va qozonxonalardan chiqayotgan gazlarni kamaytirishdir.
 Ushbu muammoni hal qilish uchun barcha ekolog-mutaxassislar bosh qotirmoqdalar. Biz esa sanoat shaharlarining aholisi ham bir kun kelib toza havodan nafas olish imkoniga ega bo‘ladi, "smog” so‘zining ma’nosini esa Konan Doylning hikoyalaridan bilib oladi, deya umid qilamiz.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.