Konlar va konchilik sanoati chiqindilari 

9 003

Mamlakat boyligi uning yer osti boyliklari bilan belgilanadi. Foydali qazilmalar mamlakat energetikasi, qora va rangli metallurgiyasi, kimyo sanoati, qurilish va boshqa sohalarining iqtisodiy rivojlanishi uchun asos boladi.
Yer osti boyliklarining o‘zi nima?
 Yer osti boyliklari - bu yer ostida joylashgan tabiiy muhitning birqismi, jumladan, minerallar va yer ustiga chiqqan tog‘ jinslari.
 Mamlakatimizda yer osti boyliklari juda ко‘p. 0‘zbekiston hududida tabiiy gaz, neft, rangli metallar va oltin konlari mavjud.
 Ammo, mamlakatimiz rivojlanishi va bizning hayotimiz uchun zarur bo‘lgan boyliklami yerdan qazib olib chog’ida atrof- muhitga katta zarar yetkazish mumkin.
 Hozirgi kunda shu narsa yaxshi ma’lumki, yer ostidan jinslarini ko‘p miqdorda qazib olish, er osti suvini haddan ziyod tortib olish va yerning ustki qatlamini buzish tabiiy muhitga juda katta zarar yetkazadi. Yer osti boyliklarini muvofiq choralar ko‘rmasdan qazib olish gidrogeologik tizim, hudud relyefi hamda havo oqimi harakati o'zgarishiga olib keladi.
 Ochilgan jinslar o‘simlik va hayvonlar uchun zaharli bo‘lishi mumkin va ushbu hudud uzoq muddat davomida hayotsiz sahroga aylanadi.
 Ushbu qayg‘uli oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslikuchun eskikonlar o’mida tabiiy holatni qayta tiklash kerak. Buning uchun yerning hosildorligini qaytarish, atrof-muhitni sog'lomlashtirish va yangi landshaft tashkil qilish lozim.
 Yer osti boyliklarini qazib olishdan avval yerning tuproq qatlamini ehtiyotkorlik bilan kesib olib, saqlab qoyish kerak. Yer osti boyliklari qazib olingandan keyin, mazkur tuproq qatlamini avvalgi joyiga qaytarish mumkin, o‘shanda hududdagi tabiiy muvozanat tezroq tiklanadi.
  Tiklangan yerlardan yaylov va ekin yerlari sifatida foydalanish mumkin. Ko‘pincha tiklangan yerlarda yangi o‘rmon va yaylovlar tashkil qilinadi va juda kam hollarda ulardan uylar qurish uchun foydalaniladi, chunki eski kon o’mini qurilish uchun tayyorlashga ko‘p mablag` kerak.
Konchilik sanoati chiqitlari masalasi qanday hal etilmoqda?
  Bunday chiqitlar yuz minglab gektar yemi egallaydi. Olimlar kon chiqitlari yotqizilgan emi ko‘kalamzorga aylantirishning maxsus usulini o’ylab topgan. Kon chiqitlari yotqizilgan "o‘lik” hududddagi tuproq qatlami mikroblar yaratadi, chunki barcha bo‘sh jinslarda azotni yig'ish qobiliyatiga ega bo‘lgan mikroorganizmlar mavjud. Ammo ushbu mikroblaming soni rekultivatsiya uchun juda oz, shuning uchun ulami maxsus moslamalarda yetishtirib, buldozer bilan tekislangan bo‘sh jinslar uchastkasiga qo‘yishadi. Mikroblar ko‘payib, ular yangi tuproq qatlamini yaratishadi.
  Mikroblar yordamida rekultivatsiya qilingan yerlar hisobi yuzlab gektarlarga yetib qoldi.
Ishonch bilan aytish mumkinki, yaqin kelajakda biz tashlandiq eski konlar va chiqit yotqizilgan maydonlami uchratmaymiz, ulaming o‘mida yashil maysazorlar va daraxrzorlar barpo etiladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.