Sahro bag`ridagi saltanat
Saudiya Arabistonining neft sanoati
bo’yicha yetakchi mamlakat ekanini yaxshi bilamiz. Lekin bu Saudiya saltanatining
yagona xususiyati emas. Iqtisodi rivojlangan davlat sifatida turli sohalarda o’ziga
xos ustunlikni namoyish etadi.
Marhamat, ular bilan tanishib chiqing.
1. Saudiya Arabistonining poytaxti ar-Riyod
shahrida katta tuya bozori bo’lib, u yerda kuniga 100ga yaqin tuyalar oldi-sotdisi
bo’lib o’tadi.
2. Saudiya Arabistonida ishchi kuchining
80 foizi xorijliklar hissasiga to’g`ri keladi. Mamlakat ishchilar soni 8 milliondan
oshadi. Ulardan 80 foizi, ya’ni, 6 milliondan ortig`i mahalliy bo’lmagan odamlardan
tashkil topgan. Ularning ko’pchiligi neft va xizmat ko’rsatish sohalarida ishlaydi.
3. Saudiya Arabistonidagi Gavar neft koni
zahirasi 4 770 897ta Olimpiya suv havzasiini (Olimpiya o’yinlari talablariga mos
basseynlar o’rtacha 250 000 litr sig`imga ega bo’lishi kerak) to’ldirishga yetadi.
Ushbu neft koni dunyoda eng katta maydonga ega neft koni hisoblanadi. Ma’lumotlarga
qaraganda, Gavarda hali qazib olmnmagan neft zaxirasi 75 milliard barrelni tashkil
etadi. Saudiya Arabistonining yillik harbiy xarajatlari Afg`oniston YaIMining uch
barobaridan ham ko’prog`iga teng (Afg`oniston YaIMi 20,7 milliard AQSh dollariga
teng). 2013 yil ma’lumotlariga ko’ra, davlatning harbiy sarflari 67 milliard AQSh
dollarini tashkil etadi. Bu ko’rsatkich Saudiya Arabistonini harbiy xarajatlar bo’yicha
AQSh, Xitoy va Rossiyadan keyingi to’rtinchi o’ringa olib chiqadi. Harbiy sohani
moliyalashtirish bo’yicha 15 ta yirik mamlakat ichida Saudiya jami yalpi ichki mahsulot
hisobidan eng katta qismini ajratadi.
4. Saudiya Arabistoni hududi kattaligi bo’yicha dunyoda o’n uchinchi o’rinda turadi.
Arab dunyosida esa o’zining 2 150 000 km kv maydoni bilan Jazoirdan keyin ikkinchi
o’rindagi yirik davlat hisoblanadi. O’lkaning 95 foizlik qismi cho’l va yarimcho’llardan
iborat. Uning ikkita eng katta cho’l zonalari al Nafud
va Rub al Xali hisoblanadi.
5. Saudiya Arabistonida balandligi bir kilometrlik
Qirollik minorasi qurilmoqda. U 2018-yilda dunyodagi eng baland bino bo’lishi kutilmoqda.
O’z navbatida, Xitoy ham bir kilometrlik bino qurishni rejasiga kiritib, bu borada
raqobat qilishni maqsad qilgan.
6. Qirollik minorasi 1,23 milliard AQSh dollarga baholanayapti.
7. Saudiya Arabistoni ayollarga mashina boshqarishni
taqiqlangan yagona davlat. "Reyters” agentligining yozishicha, "ushbu konservativ
islom davlatida ayollarning mashina haydashini taqiqlovchi qonun yo’q, lekin mamlakat
ichkarisida avtomobil boshqarish uchun mahalliy haydovchilik guvohnomasini talab
etiladi. Bunday guvohnomalar esa ayollarga berilmaydi”. Ma’lumot uchun, saudiyalik
ayollarning yarmidan ko’pi ishsiz hisoblanadi.
8. Qirollik aholisining 47 foizi 24 yoshdan oshmagan yoshlardan iborat. Aholining
chorak qismini 14 yoshdan oshmagan o’smirlardan tashkil qilsa, mamlakatda istiqomat
qiluvchilarning deyarli yarmi 24 yoshga chiqmagan yigit-qizlar hisoblanadi.
9. Saudiyaning neft sohasi YaIMning 45 foizini,
ya’ni 335 372 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Bu Iroq, Marokash, Ruanda va
Tongo davlatlarining YaIMini qo’shib hisoblangan summadan ham ko’pdir (Iroq YaIMi
– 222.8 milliard, Marokash YaIMi – 104.4 milliard, Ruanda YaIMi 7.4 milliard va
Tongo YaIMi 466 million AQSh dollarini tashkil etadi).
10. Qirollikning sog`liqni saqlash sohasi uchun ajratadigan xarajatlari Serra-Leone
YaIMidan 4,5 barobar ko’proq.
11. Saudiya Arabistoni maydoni o’lchami bo’yicha
Bangladeshdan 14.5 barobar katta (Bangladesh
maydoni 91 700 km
kv), ammo Bangladesh
aholisi bu davlatnikidan deyarli olti marta ko’proq hisoblanadi.
Bangladeshning aholisi 166 milliondan oshadi. Saudiya Arabistoni sarhadlarida esa
27.5 millionga yaqin odam yashaydi. Saudiyaliklarning 80 foizi shaharlar tashqarisida
yashaydi.
12. 2012 yilda Saudiya va chet mamlakatlardan
jami 3 milliondan ortiq odam Hajga borgan. Bu Feniks hamda Filadelfiya shaharlari
aholisining bir vaqtda Makkada yig`ilishi bilan barobardir. (Feniks shahrining aholisi
1.513 mln kishi, Filadelfiyaning aholisi esa 1.553 mln kishini tashkil etadi).
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.