Fuqarolikni pulga sotib olish mumkin bo'lgan 10 ta davlat 

2 296

Ikkinchi fuqarolik «badavlat odamlarning boyligi yangi ramzi»ga aylandi, - xuddi hashamatli uylar, yaxtalar va samolyotlar kabi, - deya yozadi Bloomberg.

«Agar sizda yaxta va ikkita samolyot bor bo'lsa, keyingi narsaga Malta pasporti aylanadi. Bu maqomning oxirgi belgisi. Bizda bir nechta pasportdan iborat to'plamni yig'ishni istagan mijozlarimiz ham bor», - deydi fuqarolik masalalari bo'yicha maslahatlar beruvchi va Fuqarolik sifati indeksini tuzuvchi Henley & Partners kompaniyasi prezidenti Kristian Kelin. 

Ba`zilar uchun ikkinchi fuqarolik xavfsizlikning qo'shimcha o'lchovidir, deydi Kelin. Ular o'z mamlakatlaridagi turli hodisalardan himoyalanishni istaydilar.

Dunyoda faqat o'nta mamlakatda mahalliy biznes yoki ko'chmas mulkka sarmoya yo'naltirib, to'g'ridan-to'g'ri fuqarolikni olish imkoni bor. Ulardan sakkiztasi XVJ tomonidan ofshor zonalar, deb tasniflanadi. Biroq, Kelinning bildirishicha, soliq to'lashdan bosh tortish ehtimoli ko'pchilik xaridorlarga asosiy omil emas. Ularni ko'proq maqom va barqarorlik masalasi qiziqtiradi.

Misol uchun, Avstriya fuqaroligini olish uchun mahalliy iqtisodiyotga 23 million dollardan ziyod mablag'ni investitsiya sifatida kiritish kerak. Shu bilan birga, fuqarolik berish Avstriyaning maxfiylik bo'yicha qonunchiligiga to'g'ri keladi, shuning uchun u haqda hech qanday ma`lumot e`lon qilinmaydi va boshqa davlatlar xabardor etilmaydi.

Avstriyada kapital o'sishiga soliq stavkasi ro'yxatdagi eng yuqori o'rinlardan birida - 28%. Kiprda stavka 20% darajasida, Maltada 12%ga teng, Turkiyada esa 35%. Sent-Kits va Nevisda kapital o'sishiga soliq nol darajada, pasportni esa 60 kundan kam vaqt ichida olish mumkin.

Fuqarolikni olish uchun mamlakat iqtisodiyotiga qancha sarmoya kiritish kerak:
•  Avstriya — $23,7 mln.
•  Kipr — $2,4 mln.
•  Malta — $1,1 mln.
•  Turkiya — $1 mln.
•  Vanuatu — $226,5 ming.
•  Grenada — $208,3 ming. Davlat Millatlar hamjamiyatiga kiradi, Grenada pasporti 141 davlatga vizasi borish huquqini taqdim etadi.
•  Sent-Kits va Nevis — $150 ming.
•  Sent-Lyusiya — $100 ming.
•  Dominika — $100 ming.
•  Antigua va Barbuda — $100 ming.
Manba: kun.uz

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.