Shamollar qanday paydo bo'ladi? 

12 739

  Shamolning «sabo», «epkin», «yel», «shabada», «samum», «to’fon», «izg’irin» singari o’nlab nomlari bor. Lekin bu uning hamma turlari nomi mavjud degani emas. Biz: «Shabada esyapti»,yoki «Shamol turyapti» deyishimiz mumkin. Lekin ko’pgina shamollarning o’ziga xos nomi bor.
  Ular bunday o’ziga xos nomlarni turli sabablarga ko’ra olishgan. Masalan, siz «shtilga tushib qolish» nima ekanini yaxshi bilasiz. Bu - bir joyda harakatsiz turib qolish, degani. Shamol turlaridan biri «shtil shamoli» deb ataladi. U ko’tarilayotgan havo va past bosimning keng mintaqasi mavjud ekvatorda paydo bo’ladi.
  Pastdan va yuqoridan ekvatorga qarab esadigan shamollar passatlar deb ataladi. Ular kuchli esishi bilan birga doimiy yo’nalishga ham egadir va shu sababdan dengizchilarning yelkanli kemalarini harakatga keltirishida juda foydali bo’lgan. Qutblarga qarab esadigan shamollar vestlar deb ataladi. AQSh, asosan, ana shunday shamollar zonasida joylashgan.
 Yana bir qancha o’ziga xos shamollar mavjud. Masalan, mussonlar fasllar almashinuviga qarab o’z yo’nalishini o’zgartirib turadigan shamollardir. «Musson» arabcha «mavsum» so’zidan kelib chiqqan. Mussonlar Hindistonda qish paytida issiq va quruq havo, yozda esa shimol yo’nalishida esib, kuchli yomgirlarni olib keladi.
  Fransiya janubida istiqomat qiluvchi aholi shimoldan esadigan sovuq va quruq izg’irinni qo’rquv bilan kutishadi. U dengiz tarafdan bir necha kunlab ham esishi mumkin va odamlarga noqulaylik tug’diradi.
SHAMOLNING TEZLIGI QANDAY O’LCHANADI?
  Shamol esayotganda sizga uning tezligi juda yuqoriday tuyulishi mumkin. Keyinchalik ob-havo ma'lumotini eshitganingizda, «shamol tezligi sekuvdiga 10-15 metrni tashkil etgani»ni bilib olasiz. Shamol tezligi bizni chalg’itishi hech gap emas. Ammo ayrim kishilar uchun shamol tezligini aniq bilib olish muhim ahamiyatga ega, shuning uchun ham bu tezlikni o’lchaydigan ilmiy usullar bor.
  Ilk shamol tezligini o’lchash asbobini angliyalik Robert Xuk 1667-yili kashf etgan. Uning nomi - anemometr. Anemometrning turlari ko’p, ammo bir o’qqa o’rnatilgan bir necha alyuminiy chashka (yarimshar shaklidagi predmet)dan iborat asbob keng tarqalgan. Ular o’qqa erkin o’rnatilgan bo’lib, shamol qancha kuchli essa, shuncha tez aylanadi. Chashkalarning ma'lum bir vaqt ichida necha marta aylanganini sanab, shamolning tezligini hisoblab chiqish mumkin.
 Odamlar uchishni o’rganganlaridan so’ng atmosfera balandliklaridagi shamol tezligini o’lchash zarurati tug’ildi. Shu maqsadda havo sharlari uchirilar va ular «teodolit» deb ataluvchi maxsus optik asbob yordamida kuzatilar edi. Ammo osmonni bulut qoplab, shar ko’rinmay qolganida kuzatuv ishlarini yuritish mumkin bo’lmay qolar edi. 1941- yili metereologik radar kashf etildi. Endilikda ushbu radar sharning harakatini bulutlar ortidan kuzatishi hamda atmosferaning yuqori qatlamlaridagi shamol tezligini o’lchashi mumkin.
  Odamlar shamol qaysi tomonga esayotganini bilishga qadim zamonlardan beri qiziqadi. Miloddan avvalgi 900 yilda cherkovlarning shpiliga  shamolning yo’nalishini ko’rsatib turishi uchun flyugerlar  o’rnatilgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.