Yuklanmoqda...

Erkak bo`lish oson emas. 

77

Yoshlarni hayot talabiga javob beradigan qilib tarbiyalash oson ish emas. Olsib ulg‘ayayotgan bolaning tarbiyasi qadim­dan kattalar e’tiborini jalb etib kelgan. Afrikada yashovchi ko‘pgina qabilalarda о‘sib balog‘atga yetgan yigit ko‘p sinovlardan, «imtihon»lardan o‘tishi shart. «Imtihon»dan o‘ta olganlar qabilaning to‘la huquqli a’zosi hisoblanadi, «imtihon»dan o‘tolmaganlaming taqdiri ayanchli bo‘ladi.

Masalan, Amerikaning tub xalqi hisoblangan hindlarda erkaklik unvonini olish uchun o‘tkazilgan «imtihon»dan o‘tolmaganlar umr bo‘yi ayollar kiyimini kiyib yurishga majbur bo'lgan.

Avstraliyadagi yerli xalqlarning ba’zilarida «imtihon»dan o‘tolmaganlar qarib bukchayganigacha yosh bola hisoblangan va bolalar bilan o‘ynab yurishi lozim bo‘lgan. Unga kiyim kiyish va taqinchoqlar taqish man etilgan. U qabila a’zolarining barcha haqoratlarini ko‘tarishga majbur bo‘lgan.

Avstraliyaning qamilaroy qabilasida yigitlar erkaklar qatoriga o‘tishi — erkak hisoblanishi uchun muayyan sinov-qiynoqlardan o‘tishi shart bo‘lgan. Buning uchun erkaklikka nomzod bo‘lgan yigit qabila yashaydigan joydan uzoqqa olib ketilgan. Uni olib ketishda ayollar qarshilik ko‘rsatib dod-faryod qilish- gan: shunga qaramay, yigit nayzalar ustiga yotqizilib olib ketil­gan. Yigit nayzalar ustida olikdek qimirlamay yotishi, odamlar qichqirsa ham, savollar berishsa ham pinagini buzmasligi, qitiqlash va niqtashlarga ham parvo qilmay, miq etmay yotishi shart bo‘lgan.

Dastlabki sinov yigitning tishini qoqib olishdan iborat boigan — erkak nomini olish shunday boshlangan. Qoqib olingan tish qoldan qolga uzatilib ma’lum manzil (qishloq- lar)dan olib olilgan. Yigitning maxsus marosimdan o‘tayotganligi uning qarindosh-uruglariga va begonalarga shu tarzda bildirilgan. So‘ngra tish yerga ko‘milgan. Bu ramziy marosim: go‘yo yigit vafot etgan-u, uni dafn qilishmoqda. Shunday marosimdan keyin yigit uyga qaytib kelmaydi, chunki uning biror ayol yoki begona erkakka ko‘rinishi mumkin emas. Shunday qilib, u hammadan yashiringan, o‘zini chetga olgan, ba’zan faqat o‘z tengdoshlari — sinovdan o‘tuvchilar bilangina uchrasha olgan. Uning «g‘oyib bolishi» bir yil davom etgan. Shu davr ichida yigitni o‘qitishgan: unga ko‘p narsa o‘rgatish- gan. Har bir yigitning rahbari bo‘lgan. Rahbar sinovdan o‘tuvchiga o‘git-nasihat qilgan, qiyinchilik va qiynoqlarga ko‘nikishga yordamlashgan. Eng muhimi — ular yigitga ayol­lar va yoshlar bilmaydigan sirli tilni o‘rgatgan. Bundan tashqari faqat ikki kishi: rahbar va shogirdgina bilishi lozim bo‘lgan yana bir tilni o‘rgatishgan.

Bir yil davom etgan ta’lim vaqtida yigit muqaddas an’analarning mohiyatini tushunib yetgan. O‘rganganlari va ko‘rganlari qat’iy sir ekanligiga uni ishontirishgan. Bu simi biror kimsaga aytish qat’iy taqiqlangan. So'ngra yigitning badani erkak nomini olishga muyassar bo‘lgan boshqa yigitdan olingan qon bilan bo‘yalgan, chunki qon hayot ramzi, kuch va qahramonlik hisoblangan.

Barcha udumlar o‘rganib bo‘linib, sinov tugagach, «olov marosimi»ga navbat keladi. Erkak nomini oluvchi yigitlar gulxan atrofida davra qurib o‘tirib ancha vaqtgacha olovga suqlanib qaraydilar, muqaddas iboralar о‘qiladi, ibodat tusini olgan bu o‘qishlar gulxan so‘nguncha davom etadi. Sinovdan o‘tuvchilar keksa rahbaming ko‘rsatmasiga muvoflq gulxan cho‘g‘larini yalangoyoq toptaydilar, shu vaqt atrofda hozir bo‘lganlar xursandchilik bilan qichqira boshlaydi, kamolotga yetgan yangi kishilami erkaklar tabriklaydi.

Sinovdan o‘tgan yigit kulbasiga qaytishidan oldin yuvinish marosimi o‘tkaziladi, chunki sinov davrida badanda paydo bo‘lgan dog‘larga boshqalarning ko‘zi tushmasligi lozim.

Afrikaning g‘arbiy qismida yoshlami kamolotga yetkazadigan maxsus «dorilfunun» bo‘lgan. «Dorilfunun»da yigitlar er- kaklarga xos bo‘lgan ishlami o‘rganganlar.

«Dorilfunun»ni tugatgan yigitlar qishloqqa tantana bilan qaytib kiradi: o‘rmondan nog‘ora ovozi eshitilishi bu marosim boshlanganidan darak beradi. Ular sharafiga boshlangan tanta­na sahargacha davom etadi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив