29-iyul Xalqaro yo’lbars kuni 

3 144

29-iyul kuni butun jahonda xalqaro yo’lbars kuni nishonlanib kelinmoqda. Yovvoyi tabiatda 5 mingdan ortiq yo’lbarslar saqlanib qolingan. Ushbu bayram 2010-yilda aholini yovvoyi, xavfli hayvondan saqlash muammosi bo’yicha Sankt-Peterburgda xalqaro forum "Yo’lbars sammiti” da ro’yxatdan o’tgan. Ushbu sana tashabbuskorlari sifatida 13 ta davlat va forum ishtirokchilari qatnashdilar. Dastur davomida  yo’lbarslarni  ko’paytirish, 2010-2022-yillarni hisobga olgan holda, doimiy yo’lbarslar sonini yana 2 marttaga oshirish maqsad qilib olindi. Aytib o’tganimizdek, yovvoyi tabiatda 5 ming yo’lbars saqlanib qolingan, lekin  ularning soni borgan sari kamayib bormoqda. Oxirgi yuz yillik hisobga qaraganda hayvonlarning soni 25 martaga kamaygan. Bugungi kunda yo’lbarslarning yo’qolish xavfi paydo bo’lmoqda. Ko’p hollarda ular ovchilarning o’ljalari bo’lib qolmoqdalar. Bu muammo albatta, butun jahon tabiatni muhofaza qilish hamjamiyati, shu bilan birga bizni ham havotirga solmoqda. Rossiyada esa aksincha yo’l-yo’l vaxshiy hayvonlarning soni ko’payib bormoqda. Shaharlardagi tabiatni muhofaza qilish zonalari qonun doirasida ish yuritmoqda. Misol qilib aytadigan bo’lsak, 2013-yil Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 2 ta qonunga qo’l qo’ydi, ya’ni yovvoyi, vahshiy hayvonlarni sotish va o’ldirishga qarshi sud ishi ko’rish, bundan tashqari ovchilarga qarshi kurashishni ham kuchaytirish lozimligini ta’kidlab o’tdi.

29-iyul San-Marinoda o'rta asrlar kuni
San-Marinoda "O'rta Asrlar” festivali – an'anaviy etnik festival bo'lib, bir necha asr ortta yashash hissiyotini bag'ishlaydi. Ushbu festival har yili iyul oyining oxirida boshlanib, 3 kun davom etadi. San-Marino respublikasi (Serenissima Repubblica di San Marino) Italiyaning markazida joylashgan. Dunyoning eng eski respublikasi sanalib, deyarli, mustaqil davlatdir. Zero, bu yer aholisi hanuz 1600 yil konstitusiyasi asosida yashash barobarida, bu aholiga zamonaviy demokratik respublika bo'lishda halaqit bermaydi. San-Marino maydonida to'qqizta qal'a-shahar — boshqaruv markazlari joylashgan bo'lib, ular eskilik timsolini aks etib turadi va ular juda go'zal manzara orasida joylashgan. Respublika poytaxti (San-Marino) hamda Monte Titano tog'i YUNESKO butundunyo merosi sanaladi. O'rta asr shahri San-Marino — respublikaning tarixiy markazidir, bu shahar muzey-shahardir! Bu erlarda, go'yo o'rtaasrlardan buyon vaqt to'xtab qolganday.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.