27-fevral Xalqaro oq ayiqlar kuni 

5 231

Oq ayiqlarni faqat Arktika kengliklarida, Shimoliy qutb yaqinlarida uchratish mumkin. 27-fevral kuni "Xalqaro oq ayiqlar kuni” dunyo bo‘yicha nishonlanadi. Bu kunni  nishonlashning asosiy maqsadi qutb ayiqlari haqida ma’lumotlarni tarqatish va ularni qo‘riqlash masalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdir, hamda qutb muzliklarining erib borishi natijasida qutb ayiqlarining ko‘payishi yo‘qolib borishi   sabablarini  hal qilish ishlari ko‘riladi. Oq ayiqlar hayotiga xavf soluvchi yana bir sabab, neft qazib chiqarish oqibatida atrof-muhitning ifloslanishidir. Oxirgi yillarning ma’lumotiga ko‘ra,  qutb ayiqlari  taxminan 5 million yil avval paydo bo‘lgan. Uning ajdodi qo‘ng‘ir ayiq hisoblanadi. Yerda yashovchi qo‘ng‘ir ayiqqa qaraganda, qutb ayig‘i Shimolda, muzliklar orasidagi hayotga  juda yaxshi moslashib olgan. Hozirgi kunda dunyoda olimlarning taxminiy  hisobiga ko‘ra,  oq ayiqlar soni  20-25 mingga yaqin. Qutb ayiqlarini o‘rganuvchi dunyoning yetakchi mutaxassislarining ma’lumotlariga ko‘ra, qutb ayiqlarinig 19 turidan –  8 turi kamaygan, 3 turi bir maromda va 1 turi ko‘paygan.Qolgan 7 turi bo‘yicha ma’lumot olish juda qiyin.Global issiqlik natijasida Arktika muzliklarining erishi kelib chiqmoqda, buning oqibatida  2050 yillarga kelib, oq ayiqlarning  uchdan ikki qismi yo‘qolib ketishi mumkin. Birinchi navbatda  "Oq ayiqlar kuni”  5 mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega, bu yerlarda oq ayiqlar ko‘payadilar - Rossiya, Norvegiya, Kanada, Grenlandiya va AQSh(Alyaska). 2008 yil may oyida  AQSh qutb ayiqlarini yo‘qolib ketish xavfi ostida statusi  bilan "Qizil kitob”ga kiritgan.Kanada va Rossiya oq ayiqlarga  "zaif tur” degan  statusini  belgilab berishgan. Qiziqarlisi shundaki, qutb ayiqlari atrof - muhit temperaturasi  minus 45 gradus va undan pastroqda o‘zlarini juda yaxshi his qiladilar.Oq ayiqlarda issiqlik ikki qavat mo‘yna va qalin teri ostidagi yog‘ qatlami hisobiga saqlanib turadi.Oq ayiqlar organizmining qizib ketishidan ko‘proq aziyat chekadilar, ayniqsa ov qilish vaqtida o‘lja ketidan yugurganlarida. Qutb ayiqlarining og‘irligi odatda 350-550 kilogrammgacha bo‘ladi, lekin og‘irligi 550 kilogrammdan ko‘proq bo‘lgan individuumlar ham uchraydi. Bu jonivorlarni o‘rganish jarayonida eng yirik erkak jinsli qutb ayig‘ining og‘irligi bir tonna bo‘lgan. Urg‘ochi ayiqlar og‘irligi o‘rtacha 150 dan 300 kilogrammgacha bo‘ladi.Odatda urg‘ochi qutb ayiqlarida ikkitadan bola tug‘iladi, ba’zan ona ayiqning yashash sharoitiga qarab 3ta ayiq bolalari dunyoga kelishi mumkin yoki teskarisi faqat bitta ayiq bolasi tug‘iladi. Ayiq bolalari 2,5 yoshgacha onasi bilan bo‘ladilar, ular ov qilishga o‘rganadilar va qattiq Arktika muhitida yashash uchun moslashadilar.

27-fevral -  Germaniyada "Fastnacht” karnavali 
Karnavallar namoyishi shahar ko‘chalarida 27-fevralda (2014-yil uchun sana) bo‘lib o‘tadi. Fevral oyida Germaniyaning katolik hududlarida Fastnacht yoki  Fasching – karnavali bo‘lib o‘tadi. Myunxen va Kyolnda o‘tkaziladigan karnavallar butun dunyoga mashhur. Germaniyada hamma narsaga avvaldan tayyorgarlik ko‘riladi.  Karnavalga ham tayyorgarlik noyabr oyidan boshlanadi. 11-noyabr kuni soat 11 dan 11 daqiqa o‘tganda karnaval faollarining birinchi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi va yilning 5 qismi  va karnaval boshlanishi e’lon qilinadi.  Bu kuni ko‘chalarda birinchi marta karnaval kostyumlaridagi kishilarni uchratish mumkin. Myunxenda hali 1925-yilda karnaval nishonlanganidan guvohlik beruvchi qo‘lyozmalar mavjud. Nimaga endi zerikarli qishdan keyin hech qanday ish qilib bo‘lmaydigan payti,  og‘ir paytlar va qiyin yozgi tashvishlar boshlanmasidan o‘ziga quvnoq bayramni   o‘tkazib olmaslik kerak. Zamonaviy insonlar ham tashvishlardan holi tanaffusga muhtoj. Shuning uchun ham madaniyat, fan va siyosat markazi bo‘lgan Myunxen vaqtincha xursandchilik va hazillar joyiga aylanadi. Xursandchilik – bundan ajoyib nima bo‘lishi mumkin?!

Karnaval haftasi payshanba kuni ertalabdan soat kunduzgi 12 dan  cherkov xizmatiga tashrif buyurishdan (Weiberfastnacht)  hamda hafta yakunida ham chorshanbada kunning ikkinchi yarmida shu yerga boriladi. Bayramning asosiy tadbiri bu Rosenmontag ( tarjimasi – ajoyib shiddatli dushanba) – karnaval namoyishidir. U namoyishni eslatadi, avtomobil harakati to‘xtatiladi, markaziy ko‘chalar bo‘ylab bir necha soat bezalgan mashinalarda masxaraboz, malika, qirol, baron kiyimidagi ishtirokchilar,  mavjud bo‘lgan barcha orkestrlar va ob-havoga qaramasdan karnaval ko‘ylagidagi qizlar o‘tib turishadi. Hamma kuylaydi, baqirib qutlashadi, tomoshabinlar to‘dasiga konfetlar uloqtirishadi. Namoyish shahar markazidagi maydonlardan birida ishtirokchilarni qutlash va konsert dasturi bilan yakunlanadi.  Ertasiga, seshanbada karnaval libosini bolalar kiyishadi, shuningdek, ular shu ko‘rinishda ertalabdan maktablarga kelishadi. Darslar tugashi bilanoq ular uylariga otlanishadi, ularni u yerda shirinliklar va mayda suvenirlar bilan kutishadi.

Bu kuni magazin va nonvoyxonalarda "Berliner” povidloli  kulchalar (ponchik) sotiladi, ular orasidan "baxtli” xantalli yoki tangalilarini uchratish mumkin, kimga qanday omad kulishiga bog‘liq. Va  ro‘za – Fastnacht boshlanadi, u 40-45 kundan keyin Pasxa bayrami bilan yakunlanadi. 
27-fevral Rossiyada birinchi radioeshittirish tashkil etilgan kun.
1919-yil 27-fevralda Rossiyada birinchi radioeshittirish tashkil etildi. Radio dastlab aloqa vositasi sifatida ishlatilgan bo‘lsa, keyinchalik undan ommaviy axborot vositasi sifatida ham foydalanilgan. Birinchi radioeshittirish 1919-yilda Nijniy Novgorod radiolaboratoriyasidan ixtirochi Mixail Bonch-Bruevich tomonidan amalga oshirildi. Morze alefbosi o‘rniga efirda birinchi marta inson ovozi jarangladi. 1920-yil Moskva, Qozon va boshqa shaharlardagi tajriba radioeshittirish stansiyalaridan olib borilgan. 1924-yil 23-noyabrdan esa muntazam berila boshlagan.

27-fevral Bektemir tumani - Toshkent shahar tumaniga kiritilgan kun.
Bektemir tumani – Toshkentdagi ma’muriy-hududiy birlik. Hududning nomi tumandan oqib o‘tuvchi Bektemir kanali nomidan olingan. 1960-73-yillar Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi Bektemir shaharchasi, 1973-90-yillarda shahar, 1981-90-yillarda davlat va jamoat arbobi Narimon Narimonov (1870-1925) nomi bilan yuritilgan. 1990 yil 27-fevraldan Toshkent shahar tumani.

Bektemir tumani Toshkent shahrining janubiy-sharq tomonida bo‘lib, Katta halqa yo‘lining tashqarisida, asosan, Chirchiq daryosining chap sohilida joylashgan. Bektemir tumani shimol va shimoliy-g‘arbda Toshkent viloyatining Qibray tumani, Toshkent shahrining Hamza va Mirobod tumanlari, sharqda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, janubiy-sharqda O‘rta Chirchiq tumanlari, janubiy-g‘arbda Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent shahrining Sergeli tumanlari, janubda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumani bilan chegaradosh.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.