1-fevral - AQShda Milliy ozodlik kuni.


1-fevral - Fransiyaning Tuluza shahrida Binafshalar festivali bayrami
Tuluzani "pushti” shahar va binafshalar poytaxti deb atashadi. Shuning uchun ajablanarli emas, har yili fevralning boshida Tuluzada ikki haftalik Binafshalar festivali bayrami o‘tkaziladi. Bu chiroyli gul 1960-yildan Tuluza shahrining ramzi bo‘lib, tuluza binafshasining mashhurligi sababli, uni atir, liker va shirinliklar ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida keng qo‘llash boshlandi. Aynan shu sohaning vakillari 2003-yilda Binafshalar festivali bayramining tashabbuskorlari bo‘lishgan, shundan so‘ng bu bayram mashhur bo‘lgan. Binafshalar poytaxti butun dunyodan kelgan barcha mehmonlar va ishtirokchilarni ijod qilingan gullarni tomosha qilishga va turli mavzulardagi konferensiyalarda ishtirok etishga taklif qiladilar.
1-fevral Malayziyada "Federal territoriyalar kuni” bayrami
1-fevralda Malayziyada har yili davlat bayrami - "Federal territoriyalar kuni" bayrami nishonlanadi. Bayram uchta federal territoriyalarda - Kuala Lumpur, Putarajaya va Labuanda nishonlanadi. Federal territoriyalar - bu Malayziya markaziy hukumati tomonidan bevosita boshqariladigan territoriyalardir. Bu bayram Kuala Lumpur federal territoriyasi tashkil qilingan kunida nishonlanadi. Federal territoriyalar kuni bayrami 1974-yil 1-fevralda e’lon qilingan. 1984-yilning 17-mayida ikkinchi federal territoriya Labuan bo‘ldi, 2001-yilning 1-fevralida Malayziyaning uchinchi federal territoriyasi Putarajay bo‘ldi. Kuala-Lumpur – Malayziyaning poytaxti, 1972-yil 1-fevralda poytaxt maqomini olgan va 1974-yilda federal territoriya deb e’lon qilingan. Mamlakatning muhim iqtisodiy, savdo-moliya va siyosiy markazi. Federal poytaxthududining ma’muriy markazi. Malakka yarim orolining janubiy-g‘arbiy qismida, tog‘lar bilan o‘ralgan xushmanzara vodiyda, Klang va Gombak daryolarining qo‘shilish yerida joylashgan. Iqlimi tropik mussonli, nam iqlim (nisbiy namlik 96% gacha), yog‘in ko‘p yog‘adi (yiliga o‘rtacha 2440 mm) va yil davomida temperatura yuqori bo‘ladi (o‘rtacha yillik temperatura 28,20). Kuala-Lumpur muhim transport yo‘llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Temir yo‘l va shosse yo‘l orqali Malakka bo‘g‘ozi sohilidagi Port-Suettenem shahri bilan bog‘langan. Muhim savdo-taqsimot punkti, kon sanoati va qishloq xo‘jaligi rayonining markazi. To‘qimachilik, elektrotexnika, mashinasozlik, oziq-ovqat, kimyo, sement, yog‘ochsozlik, metallsozlik sanoati, temir yo‘l jihozlari ishlab chiqarish, avtomobil yig‘ish korxonalari mavjud. Texnologiya universiteti, Malayziya universiteti, milliy muzey, kutubxonalar bor. Shaharning markaziy qismida hukumat ma’muriy binolari, savdo firmalari, yirik banklar joylashgan. Me’moriy yodgorliklardan masjid, Mariammam ibodatxonasi va boshqalar saqlangan.
1-fevral Geograf olim Dolimov No'mon Dolimovich tavallud topgan kun

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.