Flora va fauna 

13 339

Eng katta o`rmon – Tayga.
Eng uzun daraxt – Avstraliya evkalipti. Balandligi 155 m.
Eng yengil daraxt – Balsa. Uning 1 m.kub bo`lagining og`irligi 120 grammga teng.
Eng semiz daraxt – Baobab. Diametri 4-10 metrgacha bo`ladi. Balandligi 20 metrgacha yetishi mumkin. Asosan Afrikada o`sadi.
Eng uzoq umr ko`ruvchi daraxt – Sekvoya. Daraxt Simoliy Amerikada o`sadi. 5000 yilgacha umr ko`radi.
Eng zaharli o`simlik – Strixnos.
Eng katta gul -  Raffleziya–Arnoldi bo`lib, uning aylanasi, ya`ni diametri, 1 metrni tashkil etadi. Indoneziyaning Sumatra orolida o`sadigan ushbu gulni ilk bor botaniklar – Raffleziya va Arnoldi uchratganligi sababli ularning nomi berilgan.
Eng kichik gul – Volffiya.
Eng qadimiy gul – Xrizantema. Gul tarixi 2500 yilga borib taqaladi.
Eng katta qush – Tuyaqush.
Eng kichik qush – Kolibri. Og`irligi 2 gramm.
Eng katta in quradigan qush – Burgut.
Eng tez uchadigan qush – Qora lochin.
Eng baland uchadigan qush – Qora g`oz.
Eng ko`p quyon – Avstraliyada uchraydi.
Eng katta maymun – Gorilla. Og`irligi 200 kg.
Eng katta ayiq – AQSHning Alyaska shtatidagi Kadyak orolida yashovchi qo`ng`ir ayiq, uning og`irligi 680 kg.
Eng katta quruqlikdagi hayvon – Fil.
Eng katta suvlikdagi hayvon – Ko`k kit.
Eng kichik sut emizuvchi hayvon – Kit.
Eng uzun bo`yli hayvon – Jirafa.
Eng chopqir hayvon – Gepard. Soatiga 140 km masofani bosib o`tishi mumkin.
Eng baqiroq hayvon – Timsoh.
Eng uzoq umr ko`ruvchi hayvon – Toshbaqa.
Eng sovuqqa chidamli hayvon – Pingvin.
Eng tili uzun hayvon – Jirafa. Tilining uzunligi 60 sm.
Eng katta kemiruvchi – Kobibara.
Eng chuqurga sho`ng`iy oladigan hayvon – Kashalot. U 1248 metrgacha suv tubiga tushishi mumkin.
Eng katta pingvin – imperator pingvindir. Og`irligi 40 kg, boyi 1,17sm.
Eng katta qurbaqa – Goliaf. Uzunligi 30 sm, og`irligi 3,5 kg.
Eng katta kaltakesak – Indoneziyaning orollarida yashaydigan Komod echkemarlari dunyodagi eng katta kaltakesak hisoblanadi. Uning uzunligi qariyb 4 metrga, og`irligi 160 kg ga teng. U ba`zan odamlarga ham tashlanib turadi.
Eng katta baliq – Kit-akula, uning uzunligi 14 metr, og`irligi 12 tonnani tashkil etadi.
Eng yirtqich baliq – Piraniya. U Amazonka daryosida uchraydi.
Eng uzun ilon – Anakonda.
Eng tez sudralib yuruvchi – qora mamba iloni hisoblanadi. U soatiga 21 km yo`l bosadi.
Eng zaharli ilon – Avstraliyada yashovchi Taypan iloni bo`lib, zaxrining dozasi 100 odamni o`ldirishga yetadi.
Eng uzoq umr ko`ruvchi o`rgimchak – Tarantul.
Eng zaharli o`rgimchak – Braziliyadagi "sayohatchi” o`rgimchakdir.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.