Hayratomuz inshootlar, qurilmalar va ishlanmalar 

6 531

Eng baland bino –"Burdj-Xalifa” nomli 162 qavatli inshoot dunyoning eng baland binosi hisoblanadi. Balandligi – 828 metr. Uning tantanali ochilish marosimi 2010 yil 4 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) ning Dubay shahrida bo`lib o`tdi. Mazkur bino qurilish ishlari yakunlangunga qadar, "Burdj Dubay” ya’ni "Dubay minorasi” deb nom oldi. Biroq ochilish marosimida Dubay Amirligining davlat boshqaruvchisi, hozirgi vitse-prezident va bosh vazir shayx Muhammad bin Rashid al-Maktum ushbu ulkan binoni Birlashgan Arab Amirliklarining prezidenti shayx Xalifa ibn Zayd an-Nahayyan nomiga bag`ishlab "Burdj-Xalifa” deb nomladi. Binoning ochilish marosimi 2009 yilning 9 sentabrida, Dubay metrosining ochilish kuni bilan bir kunda o`tkazilishi ko`zda tutilgan edi. Quruvchi tashkilotning moliyaviy muammolari sababli binoning ochilishi 2010 yilning yanvariga qoldirildi.

Eng baland teleminora– Kanadaning Toronto shahrida joylashgan.

Eng birinchi avtomobilDetroit shahrining atrofidagi Dirborn shaharchasida 1886-yil mexanik Genri Ford o`zi yasagan avtomobilni sinovdan o`tkazdi. Shundan so`ng, u AQSHda birinchi bo`lib yengil avtomobillarni seriali ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Bu avtomobillar "Temir Lizzi” nomini oldi. Shundan beri "Ford Motor company” eng yirik sanoat komplekslaridan biriga aylanib, uning 500000 odam ishlaydigan korxonalari butun dunyoga tarqalgan. Joriy yilda kuzatilgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan kompaniya davlat tomonidan qarz olmasdan korxona faoliyatini yurgiza olgan dunyodagi yagona avtokorporatsiyalardan biriga aylandi. Kompaniyaning shtab kvartirasi Dirborn shaharchasida joylashgan.

Eng katta GES –Braziliyaning Amazoniya hududida joylashgan.

Eng katta suv ombori –Ribinsk suv ombori. Maydoni 4580 km.kv. Rossiyada joylashgan.

Eng uzun kanal –Xitoyda.

Eng yirik axlatxona –Nyu-York shahri yaqinidagi Staten orolida joylashgan. 1974-yilning bahorida zavod ishga tushgandan keyin dastlabki to`rt oyning o`zida 700 ta barjada Nyu-Yorkdan deyarli yarim million tonna chiqindi qabul qilib olgan.

Eng uzun devor –Buyuk Xitoy devori. Ushbu inshootxitoycha "Vanli chongchang” deya nomlanib, "10 ming li uzunlikdagi devor” ma`nosini anglatadi. Uning dastlabki qismi qal`a devori sifatida milloddan avvalgi IV-III asrlarda imperator Sin Shixuan davrida qurilgan. Devor tosh va g`ishtan ishlanib, ichini tuproq bilan to`ldirgan holda, shibbalanib bunyod etilgan. Milloddan avvalgi II-I asrlarda g`arb tomonga 500 kmgacha uzaytirilgan. 2001-yilda ilmiy tadqiqotlar natijasida uning asl uzunligi 530 km, deya e`tirof etildi. Buyuk Xitoy devorining o`rtacha balandligi 9 metr. Kengligi 5-6,5 metr. Devorda soqchilar uchun to`rtburchak burjlar qurilgan va ularning balandligi 10-12 metrgacha yetgan. Har 10 km da kuzatish, habar berish minoralari, tog`dagi o`tish joylarida qo`rg`onlar bo`lgan.

Eng katta budda haykali –Afg`onistonda edi. Hozir u vayron qilingan.

Eng yirik darvoza –Florida shtatining Kanaveral burnidan uncha uzoq bo`lmagan manzilda joylashgan Amerika fazoviy kemalari yig`iladigan sexining darvozasi hisoblanadi. Uning balandligi 140 metrga teng.

Eng og`ir darvoza –AQSHning Livermor shahridagi Lourens nomli lazer nishonlari milliy laboratoriyasi xonasiga kiruvchi eshikdir. Uning qalinligi 2,5 metr bo`lib, og`irligi 320 tonnadan ortiq.

Eng yirik qabriston –Sankt-Peterburgdagi Piskaryov mozoridir. Unda 470 ming odamning jasadi ko`milgan. Ular asosan 1941-1944-yillarda fashistlar qamali paytida halok bo`lganlardir. Qayg`ulisi shuki, 1942-yil 20-fevral kuni qabristonga 10 ming kishining mayiti qo`yilgan.

Eng birinchi qurilgan tonnel –Ierusalimda miloddan avvalgi 3000 yilda qurilgan.

Eng birinchi metropoliten –1863-yili Londonda ishga tushirilgan.

Eng uzun ko`prik –Xitoyda joylashgan bo`lib, uzunligi 36 km ni tashkil etadi. U Shanxay va Kingbon shaharlarini birlashtirib turadi.

Eng ko`p ko`priklar –Sankt-Peterburg shahrida joylashgan. Ko`priklarning umumiy soni 539 ta ni tashkil etadi.

Eng uzun osma zinapoyalar –Shveytsariyaning Alp tog` tizmalariga kiruvchi Nizen tog`iga tortilgan osma zinapoyaning zinalari 11674 ta bo`lib, rekord darajadagi moslamadir. Mazkur zinapoya yordamida 2356 metr yuqoriga ko`tarilish mumkin. Xitoydagi Tay-Chan ibodatxonasida 6600 ta toshdan yasalgan zinapoya mavjud. Uning uzunligi 8 km masofaga cho`zilgan, 1428 metr balandlikka olib chiqadi. AQSHning Illinois shtatidagi ko`mir konida ham 1520 ta zinaga ega bo`lgan vintli Narvon bor. Shaxtyorlar u bilan 336 metr chuqurlikka tushadilar.

Eng uzun avtomobil yo`li –dunyodagi eng uzun Panamerika avtomobil yo`li (uni qurish 1930-yildan boshlangan) ko`pdan-ko`p Lotin Amerikasi mamlakatlarining poytaxtini o`zaro bog`laydi. Uning umumiy uzunligi 33000 km dan ortiq bo`lib, AQSHning Meksika bilan bo`lgan chegarasidan boshlanib, to Buenos-Ayres shahrigacha davom etadi. Bu yo`l Panama kanalini "Most Amerik” nomli ko`prik orqali kesib o`tadi.

Eng ulkan tangalar –Tinch okaenidagi Marjon orollari guruhiga kiruvchi Yap orolining aholisi dunyoda eng og`ir va ulkan pullardan foydalanadilar. Bu ulkan tanga bizdagi o`rtasi teshilgan tegirmon toshiga o`xshaydi. Diametri 5 metr ga yetadi. Tanga ohaktosh jinslarining araganit mineralidan ishlanib, uni bir necha km naridagi Palau orolidan olib kelinadi. Tanganing diametri uning kattaligiga va qanchalik yupqaligiga bog`liqdir. Ular bir joydan ikkinchi joyga ko`chirilmaydilar, balki bir kishidan ikkinchi kishiga o`tkazib qo`yilaveradi. Agar kimdir biron narsa sotmoqchi bo`lsa, oluvchining osh pulini yaxshilab ko`rib chiqadi va bitim amalga oshsa, o`zining belgisi bilan tangani tamg`alaydi.

Eng qadimiy tangalar –hozirgi Turkiya hududida.

Eng og`ir tanga –shvedlarning 10 dollar qiymatiga ega mis tangasidir. Og`irligi 17,5 kilogramm. U 1650 yilda yasalgan.

Eng katta bayroq –Baku shahrining Kaspiy dengizi (ko`li) qirg`og`ida joylashgan bayroq bo`lib, uzunligi 70 m, eni 30 m ga teng.

Eng qadimiy mamlakat bayrog`ini –1219-yilda Daniya mamlakati qabul qilgan.

Eng aniq o`lchovchi tarozi –Germaniyaning Gettingen hududida yaratilgan. U0,00000001 grammga teng og`irlikni ham aniq o`lchaydi. Bu tarozi bilan hatto, ushbu jumladan ishlatilgan nuqtaning og`irligini, aniqrog`i, nuqtaga sarflangan bosmaxona bo`yog`ining vaznini ham aniq-xisob kitob qilishi mumkin.

Eng og`ir magnit –uning aylanasi 60 metr, og`irligi 36 ming tonna. Mazkur magnit Moskva viloyatidagi Dubna yadro tadqiqotlari birlashgan instituti tomonidan o`rnatilgan sinxrofazotron uchun yaratilgan.

Eng katta kiyim –bu Nyu-York shahridagi Ozodlik haykalining kiyimi.

Eng katta qo`l telefoni –Germaniyada. Bayreyt shahrida hajmi 2,05x0,83x0,45 metr bo`lgan bu "sotka”dan xohlagan joyga telefon qilish mumkin. U yog`och, polyester va metalldan yasalgan.

Eng katta shamol tegirmoni –1718 yili Niderlandiyada bunyod etilgan. Ushbu tegirmon parraklarining uzunligi 30 metrni, balandligi esa 33 metrni tashkil etadi.

Eng qadimgi shamol tegirmoni –hamNiderlandiyada joylashgan. Tegirmon 1450 yilda qurilgan. Niderlandiyani bekorga "Tegirmonlar yurti” deb bejizga aytishmagan ekan.

Eng katta quduq –Iordaniyaning Muxeyba hududida joylashgan.

Eng birinchi dorixona –1000 yilda Bog`dodda ochilgan.

Eng yirik neft dog`i –1979 yil 3 iyun kuni Meksikaning dengizda burg`ulash-nosos uskunalaridan Kempeche ko`rfaziga oqizilgan neft natijasida paydo bo`lgan. Oradan ikki oy o`tgach bu dog`ning maydoni 640 km2ga yetgan.

Eng kuchli neft favvorasi –Eronning Alborz hududidan 1956 yil 26 avgustda otilib chiqqan. Favvora 52 metr balandlikka otilgan.

Eng tezkor avtomobil –"Lamborgini-Dyablo”. Dvigateli 500 ot kuchiga ega bo`lib, soatiga 350 km yo`l bosadi.

Eng eski dvigatelli avtomobil –1812 yili Angliyaning "Boltuon va Uatt” firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu dvigatel 26 ot kuchiga ega.

Eng yengil avtomobil –Angliyada yaratilgan. Og`irligi 95 kg. Dvigatel hajmi 2,5 sm, soatiga 25 km yo`l bosadi.

Eng yirik avtomobil to`xtash joyi –Kanadaning Albert viloyatida joylashgan. Bu joyga 20 ming avtomobil sig`adi va yana 10 ming avtomobilga mo`ljallangan avtomobil to`xtash joyi mavjud.

Eng katta yonilg`i quyish shahobchasi –Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. Ushbu shahobchada 204 ta yonilg`i quyish shahobchasi mavjud.

Eng uzun ulama avtobus –23 metrni tashkil etib, unga 187 yo`lovchi sig`adi. Avtobus AQSHda ishlab chiqariladi.

Eng ulkan lug`at –nemislarga ta`luqli. Uni tuzish 1854 yili mashhur ertakchi aka-uka Grimmlar tomonidan boshlangan bo`lib, 1971 yili yakunlangan va yakunda u 33 tomdan iborat bo`ldi.

Eng yirik nashr –1968-1972 yillarda chop etilgan Buyuk Britaniya parlamentining hujjatlari hisoblanadi. U 1112 tomdan iborat bo`lib, og`irligi 3 tonnadir. Nashrni o`qib chiqish uchun 6 yil vaqt kerak bo`ladi, shunda ham uni kuniga 10 soatda o`qilsa. Nashrning muqovasini tayyorlash uchun 34 ming hind echkisining terisi sarflangan.

Eng katta kitob –AQSHning Denver shahrida 1976 yil nashr etilgan. Hajmi 2,74x3,07 metr, og`irligi 252,6 kg ga teng. Kitob 300 betdan iborat.

Eng mittikitob –Angliyada 1985 yil chop etilgan. Hajmi 1x1 millimetr. Uni faqat igna yordamida ehtiyotkorlik bilan varaqlash mumkin.

Eng birinchi bosma kitob –704 yilda Koreyada chop etilgan.

Eng uzun roman –fransuz yozuvchisi Jyul Romen tomonidan 1932-1946 yillarda chop etilgan. Romanda 2 millionta so`z ishlatilgan.

Eng katta ensiklopediya –"Evro-Amerika universal ensiklopediyasi” bo`lib, 1 million 15 ming betdan iborat. Hozirga kelib ensiklopediya 100 tomdan oshib ketdi.

Eng qimmatga sotilgan kitob –Gutenberg tomonidan 1455 yilda nashr etilgan "Kadmiy ahd” kitobidir. Uni 1987 yil kimoshdi savdosida Yaponiya kompaniyalaridan biri 5 million 390 ming dollarga sotib olgan.

Eng ko`p Nobel mukofoti –AQSH olimlariga nasib etgan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.