G`alati kasallik 

4 499

 Allergiya. Bu so ‘zni siz albatta tajribaga boy va bilimdon kattalardan eshitgan bo'lsangiz kerak. Bunga taajjublanmasa ham bo'ladi. Chunki sayyoramizdagi har bir yettinchi kishi allergiyadan qiynaladi. Bu nima balo ekan?
 Allergiya so‘zi yunoncha so‘z ekanligini inobatga olsak, ikkita yunonni - Dionis bilan Afonyani tasavvur qilaylik. Ular xurmo yeyishmoqda. Xurmoni yeb bo‘lib Dionis rohatlanyapti, Afonya esa allergiyadan qiynalyapti. Qani bu yerda adolat? Nimaga Dionis ham kasal boimadi? Chunki Afonyaning organizmi o‘zining dushmani - allergenlarga (allergiyani qo‘zg‘atuvchi moddalar) duch kelgan. Ular shirin xurmo tarkibida bor.
  Afonyaning baxtsizligiga allergenlar aybdor ekanda! Yo‘q, yo‘q va yana bir bor yo‘q! Allergenning o‘zida ayb yo‘q. Organizmning himoya tizimi xurmo tarkibidagi beg'araz moddani dushman deb qabul qilib, unga qarshi "urush ochdi” boshlab yubordi. Ushbu "urush” natijasida qonga alohida moddalar-gistamin yoki shunga o‘xshash moddachiqariladi. Natijadako‘zdan yosh oqadi, yo‘tal va aksirish boshlanadi, badanga narsa toshadi. Bular hali hammasi emas. Immun tizimining ajoyib xususiyati bor - bu yaxshi xotira. U begona modda bilan bir bor to‘qnashgandayoq yaxshi eslab qoladi va u bilan yana uchrashganda darhol tanib qolib, "jangga kiradi”.
 Eng mashhur allergenlarga albatta, shokolad, sitrusli mevalar (limon, apelsin, mandarin va h.k.) ananas, tuxumli kremlar kiradi. Allergiya qo‘zg‘atuvchilarga olma, nok va danakli mevalar (olcha, o'rik, shaftoli va h.k), yong‘oq, shuningdek, yeryong‘oq vabodom kiradi. Sabzavotlardan pomidor, petrushka va ba’zi ko‘katlar allergen hisoblanadi.
  Nafas yo‘llari orqali organizmga tushadigan allergenlar haqida ham unutmang. Ular o‘z uyingizda yil bo‘yi sizga tahdid qiladi. Bu xonadoningizdagi changdir. Changda bitta emas, balki anchagina allergen bo‘ladi. Ular orasidajun, qog‘oz, soch tolasi, qazg‘oq boiaklari bor.
 Kasb allergiyasi ham mavjud, masalan, un va non sanoati xodimlarida unga, chorvadorlarda chorva juniga, qumvchilarda yelim va bo’yoqqa nisbatan. Bizning sevimli uy hayvonlarimiz (mushuk, kuchuk, sichqonlar) - kuchli allergen manbasi hisoblanadi. Ari chaqqanida ham kishi allergiyaga uchrashi mumkin.
 Hayotda allergiyaning qiziq turlari ham uchrab turadi, misol uchun, yorug'likka allergiya, kishining o‘z organizmiga va hatto suvga!
 Olimlarning ta’kidlashicha, allergiyaning asosiy sababi - noxush ekologik vaziyatdir. Atrof-muhitning ifloslanishi immun tizimini zaiflashtiradi va avvallari organizmimiz e’tibor bermagan narsalarga ham sezgir bo‘lib qoladi.
 Bugungi kunda barcha mamlakatlarning shifokorlari allergiyani yengish uchun dori qidirishmoqda, ammo uning sabablarini bartaraf etmasdan turib kurashish befoyda. Allergiyadan faqat sayyoramizda tartib o‘rnatib, atrof-muhit ifloslanishini kamaytirib, daryo va ко‘llar, havo tozaligini tiklabgina qutulish mumkin.
Buni eng kichik vazifadan, ya’ni, o‘zingiz yashayotgan uyni tozalab chiqishdan chiqishdan boshlash kerak.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.