Og`ir metallar 

18 497

  Og‘ir yoki zaharli metallarga atom massasi katta bo‘lgan elementlar kiradi. Odatda, ushbu elementlar Mendeleyev jadvalining beshinchi va oltinchi davridandir. Bunday metallar soni 40 taga yetadi. Og‘ir metallarga mis, qo‘rg‘oshin, sink, nikel, kadmiy, kobalt, surma, vismut, simob, margenets kiradi.
  Ushbu elementlar metal buyumlarning yemirilishi, zanglashi va eritish jarayonida ishlatilgan oqava suv tufayli atrof-muhitga tarqaladi.
  Og‘ir metal zarralari havo orqali organizmga ko’p miqdorda tushganda nafas olish yo‘llariga zarar yetkazadi, ayrim hollarda esa inson hayotiga zomin bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari og‘ir metal zarralri inson organizmiga metal idishda saqlangan oziq-ovqat va ichimliklar bilan tushishi mumkin. Nordon ichimliklar idishlaming emal qismidagi surma, kadmiy kabi elementlami eritib yuboradi. Ovqat va ichimliklar bilan birga inson organizmiga simob hamda qo ‘rg ‘oshin tushgan hollar ham bo ‘lgan. 
  Kislotali yomg‘irlarning suv havzalariga tushishi ham og‘ir metallar muammosini paydo qiladi. Suvdagi ortiqcha kislotalar og‘ir metallarni eritadi, natijada ushbu moddalar ichimlik suvi va dengiz mahsulotlari orqali inson organizmiga tushadi. Sink, kadmiy, qo‘rg‘oshin va alyumin kislotali yomg‘irlar muammosi bilan bog iiq boigan og ‘ir metallardir.
  Inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan og‘ir metallardan yana biri - simobdir. U atrof-muhitga sanoat chiqindilari bilan birga tushadi.
  Og‘ir metallarning aksariyati yirik shaharlar, katta avtomobil yo‘l yoqalarida yig'iladi. Shuning uchun ushbu hududlarda yetishtiriladigan qishloq xo'jaligi mahsulotlari doimiy ravishda nazorat ostida bo‘lishi kerak, chunki bunday erda yetishtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarida og‘ir metallar miqdori ko‘p bo‘ladi.
  O‘z salomatligingizni o‘ylasangiz yirik avtomobil yoiiga 50-80 metrdan yaqin boigan ekin erlarida yetishtirilgan sabzavot va mevalarni kamroq iste’mol qiling.
Albatta, katta shaharlarda, ko‘p qavatli uylarda yashovchilar o‘z balkonlarida turli sabzavot yetishtirishi mumkin, ammo ularni iste’mol qilish haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.