O‘zbekistonning tarixiy bayroqlari 

25 825

Buxoro xonligi, keyinroq Buxoro amirligi, keyin Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi.
 
Buxoro amirligining bayrog‘i (1920-yil 1-sentabrgacha)

 


1919-yildan 1920-yil 20-sentabrgacha


1920-yil 20-sentabrdan 1921-yil 23-sentabrgacha


1921-yil 23-sentabrdan 1923-yil 11-oktabrgacha (boshqa ko‘rinishi)


1922-yil 6-apreldan 1923-yil 15-iyulga qadar cho‘zilgan xalq qo‘zg‘olonining bayrog‘i  


1923-yil 11-oktabrdan 1924-yil 19-sentyabrgacha 

 


1924-yil 19-sentyabrdan 1925-yilgacha


Xorazm, keyinchalik Xiva xonligi, keyin Xorazm Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi.


1917-yilgacha Xiva xonligining bayrog‘i

 

 

1917-yildan 1920-yil yanvargacha


1920-yil yanvardan 1920-yil 30-aprelgacha


1920-yil 30-apreldan 1921-yil maygacha 


1921-yil maydan 1922-yil iyulgacha

 


1922-yil iyuldan 1923-yil 23-oktabrgacha


1923-yil 23-oktabrdan 1924-yil 2-oktabrgacha (boshqa ma'lumotlarda 1925-yilgacha) 


 

Turkiston muxtoriyati (Qo‘qon muxtoriyati)
Sobiq Qo‘qon xonligining hududi 1917-yil Mustafo Cho‘qay boshchiligidagi jadidlar, erksevarlar tomonidan mustaqil Turkiston muxtoriyatiti e'lon qiladilar. Turkiston muxtoriyatining bayrog‘i Turkiya bayrog‘idan andoza olingan holda loyihalashtirilgan. 

 

Turkiston (Qo‘qon) muxtoriyatining bayrog‘i 1917-yil 27-noyabrdan 1918-yil 22-fevralgacha

O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi
 
1925-yil 22-iyuldan 1926-yil 9-yanvargacha


1926-yil 9-yanvardan 1931-yilgacha


1931-yildan 1935-yil yanvargacha 

 
 
1935-yil yanvardan 1937-yilgacha


1937-yildan 1941-yil 16-yanvargacha 

 
 
1941-yil 16-yanvardan 1952-yil 29-avgustgacha 

 
 
1952-yil 29-avgustdan 1991-yil 18-noyabrgacha

 
1991-yil 18-noyabrdan hozirgacha

  

O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan bo‘lib, u xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli hisoblanadi. Bayroqdagi to‘q moviy rang mangu osmon va obihayot ramzi bo‘lib, bu — yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi. 

Oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, poklik, beg‘uborlik, soflik, ichki go‘zallikka intilishning timsoli. 

Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. 

Qizil chiziqlar esa tomirimizda jo‘shib oqayotgan ajdodlar qoni — hayotiy qudrat, barqarorlik va bardavomlik nishonasidir. 

Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an'analarimiz bilan bog‘liq bo‘lib, u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi sanaladi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an'analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. O‘n ikki yulduzga bo‘lgan e'tibor Vatanimiz sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida "Nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan izohlanadi. 

 
Savol: Amir Temur va Mirzo Bobur davlatlari bayrog‘i qanday ko‘rinishga ega edi? 
Javob: Tarixiy manbalarda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Amir Temur davlat ramzlariga juda yuksak siyosiy ahamiyat bergan. Amir Temur jang maydonida bir lashkar omon qolsa ham, u mamlakat bayrog‘ini baland tutsin, deb farmon bergan. Bayroqning egilishi mag‘lubiyat belgisi deb qabul qilingan.

Amir Temur davlatining bayrog‘i singari gerbi ham bo‘lgan. Jumladan, Amir Temur yaratgan markazlashgan davlat o‘zining gerbi – uch xalqa shaklidagi tamg‘asi bilan tanilgan. Sohibqironning yurishlarida lashkar oldida uning tug‘i – bayrog‘i olib yurilgan.
Amir Temur davlati bayrog‘ining ham rangi moviy rangda bo‘lgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.