Hozirgi zamon geosiyosiy muammolari 

9 882

  Sayyoramizda ikki qutbli dunyoning o‘rniga bir qutbli dunyoning paydo bo‘lishi unda mavjud muammolar sonining sezilarli darajada kamayishiga olib kelmadi. Bugungi kunda, dunyoda yangi-yangi muammolar vujudga kela boshladiki, ularning ba’zilari insoniyatning qiyin ahvolga tushib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday muammolar qatoriga demografik, ekologik, davlatlarni iqtisodiy qoloqlikdan chiqarish va geosiyosiy muammolar ham kiritilmoqda.
  Geosiyosiy muammolarning kelib chiqishi va chuqurlashishi avvalo jahonda yirik hisoblangan, katta harbiy qudratga ega bo‘lgan davlatlar faoliyati bilan bog‘liq (Rossiya, AQSH, Xitoy). Shuning uchun ham bunday muammolarning mavjudligi yoki mavjud emasligi mamlakatimizning ushbu davlatlar bilan o‘rnatgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy aloqalariga ko‘p jihatdan bog‘liq. Mu­ammolarning chuqurlashishi va turli shakllarda sahnaga chiqishida globallashuv jarayonining o‘rni va ahamiyati kundan kunga kucha- yib bormoqda.
  Bundan tashqari, O‘zbekistonga madaniyati yaqin, dini bir bo‘lgan mamlakatlarning dunyo geosiyosiy tizimida egallagan o‘rni, binobarin, ularni globallashuv jarayonidagi ishtiroki ham katta ahamiyatga egadir.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.