Geosiyosiy munosabatlar tizimida AQSHning o`rni 

9 200

  1783-yilda Amerika bilan Angliya o‘rtasida imzolangan Versal shartnomasi AQSHning Angliya ustidan g‘alabasini tasdiqladi va bu shartnoma hozirgi vaqtda ham dunyodagi eng qudratli davlatga poydevorlik vazifasini o‘tamoqda.

  XIX  asr oxiri va XXI asr boshida AQSH uchun globallashuv g‘oyalarini hayotga tadbiq etish kundan kunga qiyin bo‘lib bor­moqda. XX asr 80-yillarining o‘rtalariga kelib AQSH eksport-import «urush»ida eng muhim pozitsiyalaridan mahrum bo‘ldi. Xuddi shunday vaziyat kapital eksportida ham yuz berdi. hozirgi vaqtda AQSH o‘ziga eng yaqin turgan Yaponiya va Germaniyaning «nafasi»ni ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning barchasida sezib turibdi.

  Shunga qaramasdan bugungi kunda iqtisodiy kuch-qudrati bo‘yicha AQSH dunyoning barcha davlatlari ichida tengi yo‘q hisoblanadi. Chunki AQSH bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan Yaponiya o‘rtasidagi farq deyarli 4,5 baravarni tashkil etadi.

  Bugungi kunda AQSH xalqlar taqdirini hal qilishdek murakkab va mas’uliyatli bo‘lgan vazifani bajarishi kerak, deb ta’kidlaydi Prezident J.Bush. U AQSH Yevrosiyo uchun aniq va rav­shan taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqishi lozim, deb hisoblamoqda.

  AQSH g‘oyalarini Yevrosiyoda hayotga tatbiq etishda asosiy rolni materik g‘arbidagi Fransiya va Germaniya o‘ynaydi. Materik sharqida Xitoy mavqeyining kundan kunga oshib borish Vashington bilan Pekin o‘rtasida siyosiy konsensus o‘rnatishni taqozo etmoqda. Bu o‘rinda AQSH geosiyosatchilari, avvalo Z.Bjezinskiy fikriga ko‘ra Rossiya, Yevrosiyo va dunyo miqyosida emas, balki mintaqa miqyosida ahamiyatga ega davlat ekanligini tan olishi lozim. Rossiya janubida vujudga kelgan etnik mojarolarni «buyuk davlat»lar (AQSH, Xitoy, Yaponiya, Turkiya) ijobiy tarzda hal qilishlari kerak.

  AQSH geosiyosatchilari, avvalo Z.Bjezinskiy NATO va Yevropa ittifoqini sharqqa tomon kengaytirishni davom ettirish lozim, deb hisoblashmoqda. hozirgi kunga kelib Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan Polsha, Chexiya, Vengriya NATO a’zolari bo‘ldlar va Yevropa Ittifoqiga qabul qilindilar. 2004-yilda Boltiqbo‘yi davlatlari — Latviya, Litva, Estoniya va boshqa Sharqiy Yevropa davlatlari 2006-yilda esa Bolgariya va Ruminiya davlatlari ham Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishdi. Eng muhim voqealar qatoriga 2010-yilgacha bo‘lgan davrda Ukrainani NATO ga qabul qilinishi kiritilmoqda. Shunday qilib, AQSH geosiyosatchilari bashorat qil­gan dunyoning yangi geosiyosiy holati shakllana boshladi.

Eslab qoling!
  Siyosiy konsensus - ikki va undan ortiq davlatlar o`rtasida imzolangan siyosiy kelishuv to`g`risidagi shartnoma.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.