Vaqti-vaqti bilan nimalardan dam olib turish kerak?
Ish, atrofdagilar, sport shaxsiy hayotingizga bilintirmasdan kirib olishi va sizdan kerakli kuchlaringizni olib qo‘yishi mumkin. Ba’zan nimalardan va nima uchun dam olib turish kerakligi to‘g‘risida quyidagi maslahatlarimiz siz uchun foydali bo‘lishiga umid qilamiz.
1. Ishdan dam oling
Ishdan ruhiy chetlashtirilish — bu hatto ishdan bo‘sh bo‘lgan vaqtlaringizda ham u haqda eslamaslik qobiliyati.
Ko‘pchiligimiz bilan butun hafta davomida telefon yoki elektron pochta orqali bog‘lanish mumkin bo‘ladi. Ko‘pincha o‘zini ishga bag‘ishlaganlar hayotning qolgan sohalarida baxtsiz bo‘ladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, ota-onalarning normalanmagan ish kuni bolalarning o‘sishi va ahvoliga salbiy ta’sir qilishi aniqlangan. Ota-onalar va farzandlar orasidagi aloqa buziladi. Bunga ota-onalarning bolalariga kam vaqt va e’tibor ajratgani sabab bo‘ladi.
Agar siz yotganda ham, turganda ham ish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, unda qayta yuklanish vaqti kelibdi. Chegara o‘rnating va ish lahzalarining uni buzishiga yo‘l qo‘ymang. Aks holda asablaringiz buzilishi va shaxsiy hayotingizda muammolar paydo bo‘lishi mumkin.
2. Smartfondan dam oling
O‘rtacha olganda odam bir kunda 85 marta telefonini tekshirib ko‘radi va besh soatdan ortiq vaqtini internetda o‘tkazadi. Telefondan haddan tashqari ko‘p foydalanish depressiya, xavotir, stress, uyqu buzilishi, shuningdek idrok qilishning pasayishiga olib keladi.
Ertalabki soatlarni yangiliklarni ko‘rib chiqishga sarf qilishning o‘rniga, yaxshisi jismoniy mashqlarga, ijod qilishga, kunni rejalashtirishga va yaqinlaringizga sarflaganingiz ma’qul.
3. Odamlardan dam oling
Har birimizga o‘zimiz yolg‘iz qolishimiz uchun vaqt kerak bo‘ladi. Fikrlarimizni bir joyga to‘plash, biror narsani o‘ylab olish va dam olish uchun. Shuning uchun bunga bir kunda 20-60 daqiqa vaqt ajrating. Bunday dam olish — fikrlarni yangidan yuklab olish va yangi g‘oyalarni yuzaga keltirishning ajoyib yo‘li hisoblanadi.
4. Dam oling va to‘yib uxlang
Biz uyqusiz yashay olmaymiz. Shuning uchun undan voz kechish sog‘liq uchun xavfli. Sog‘lom uyqu xotirani, fikrlashni va diqqatni yaxshilaydi, umrni uzaytiradi, stress va depressiyaning oldini oladi.
Manba: "Medikforum”
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.