Xorazmga borish uchun 10 ta sabab
1.
Xorazmning arxitektura yodgorliklari.
Xiva "Ochiq osmon ostidagi
muzey shahar”.
Islomxo’ja minorasi.

Shoh va shoir Muhammad
Rahimxon Feruz II ning bosh vaziri Islomxo’ja qurdirgan minora va madrasa nafaqat
Xivaning, Xorazmning balki O’zbekistonning ko’rkidir. Vazir juda donoligi va faylasufligi bilan hatto
o’sha paytdagi Rus hokimiyatini ham lol qoldirgan. Uning oqilona siyosati tufayli
ruslar Xiva xonligida birinchi kasalxona qurdirgan va doktorlarni olib kelgan. Xonlikning
2 yillik o’lponini to’lashdan ozod qildirgan. U juda kuchli diplomat bo’lgan va
shuning uchun ham uni Vaziri Akbar Islomxo’ja deb atashgan. U Muhammad Rahimxon
Feruz II ning vorisi Isfandiyorxonning
qaynotasi bo’lgan. Voqealar rivojining qanday kechgani va qolgan qismini Xivaga sayohatga kelsangiz bilib
olasiz.
Xiva. Kalta minor.
Xiva xoni Muhammad Aminxon qurdirgan qurilishi
tugallanmay qolgan bu minor Xorazm va butun olamga "Kalta minor” deb tanilgan. Agar
shu minora oxirigacha tugallanganida eng katta va eng baland minora bo’lardi. Minora
yonida Muhammad Aminxon (Madaminxon) madrasasi joylashgan. Madrasa qurib bitkazilgan.
Xalq ichida shunday
bitiklar tildan tilga o’tib kelgan
"Madrasa bitdi-yu minor bitmadi,
Madaminxon hech murodo
yetmadi.”
Minoraning nega tugallanmaganini
bilmoqchi bo’lsangiz keling ko’ring va bilib oling, bu haqda turli rivoyatlar saqlanib
qolgan.
2.Turizm resurslari. "Avesto” bog`i.

Yoshlar ko’li.

2013-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali hamda talabalar uyining yangi binolari qurilgan edi. "Yoshlar ko’li”, ikkita sport majmuasi, ikkita musiqa san’at maktabi qayta ta’mirlangan edi. 21 ta umumta’limmaktablarining sport zallari, 7 ta kasb-hunar kollejlari hamda 5 ta umumta’limmaktablarida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Shovot kanali qirg`og`ida yoshlarning madaniy dam olishi
va ularni sog`lomlashtirishga mo’ljallangan turli sport maydonchalari va boshqa
turli ob’ektlari bunyod etildi. Ayni paytda shaharning"Yoshlik” dahasida yopiq mashg`ulotlar
kompleksi, zimnastika zali, 2 ta sport zali va basseyn, basketbol va badminton markazlarini
qurish ishlari davom etmoqda, deya xabar beradi UzA.
Tuxum barak, qadimiy Xorazm taomi.
Masalliqlar:
Yuqori sifatli un – 500 – 600 g;
Tuxum – 1 dona; Suv – 250 ml;
Qiymasiga:
Tuxum – 8 dona;
O‘simlik moyi – 150 ml;
Sut – 200 – 250 ml;
Tuz – tabga ko‘ra;
250 gramm sovuq suvga tuxum chaqiladi, bir choy qoshiq tuz va keraklicha un aralashtirgan holda qattiq xamir qoriladi. Dumaloq xolga keltirib 10-15 daqiqa tindiramiz. Bu vaqtda qiymasini tayyorlaymiz, laganchaga tuxumlarni chaqib aralashtiramiz. Alohida laganchada sut va o‘simlik moyini aralashtiramiz.
Aralashtirilgan tuxumga yog‘ va sutni qo‘shamiz, tuz va tabga ko‘ra ziravorlarni qo‘shib ma’lum muddatgacha aralashtiramiz. Qozonga suv to‘ldirib olovga qo‘yamiz, suv qaynagandan so‘ng tuz solinadi.
Xamirga qaytamiz, uni 1,5-2 mm qalinlikda katta qilib yoyamiz va kerakl shaklda kesamiz. So‘ng bizga sovuq, sho‘r suv kerak bo‘ladi. Sho‘r suv yordamida xamirni ikki cheti mahkam qotirilib konvertlar yasaladi. Qolgan barcha xarakatlar suv qaynayotgan qozon yoniga ko‘chiriladi.
Osh qoshiq yordamida qiymani konvert ichiga solamiz ochiq qismini xam biriktirib konvertni qaynab turgan suvga solamiz. Qaynoq suvda tuxum darxol qota boshlaydi 3-4 daqiqa qaynatilgandan so‘ng laganga olamiz va bir-biriga yopishib qolmasligi uchun oldindan tayyorlangan yog‘ni quyamiz.
Bahorda va yozda turli xil ko‘katlar aralashtirishimiz mumkin ya’ni, ismaloqdan tortib ko‘k piyozgacha.
Mazkur taom parhez taom hisoblanib inson organizmi hazm qilish organlari kasalliklarida juda foydali.
4. Muqaddas
qadamjolari.
Pahlavon Maxmud ziyoratgohi. (1246-1327).

Vayangan bobo ziyoratgohi.

"Ulli
Pir” yohud Yusuf Hamadoniy ziyoratgohi.

5. Madaniyati
va san’ati.
Siz Xorazm deganda Xorazm lazgisi, Surnay lazgisi, Lazgi raqsini ko’z oldingizga
keltirganingizga aminman. Xorazm lazgisi Alloh Odam Atoga jon baxshida etilayotganda
tarannum etilgan degan ma’lumotlar bor. Shuning uchun bu kuy chalinganda raqsga tushib
ketmaydigan odam bo’lmasa kerak. Siz lazgi raqsini bilmasangiz ham baribir kuyni
eshitiboq beixtiyoriy ravishda o’yinga tushishga harakatga qilsangiz ajablanmang,
bu kuy sehrilidir. Ayniqsa, Xorazmliklar shu kuyga raqsga tushganda kuy va raqs bir
butun bo’lib xohlagan kishini lol qoldiradi, kuyni tinglab, raqsni tomosha qilib
kishi huzurlanadi, ma’naviy ozuqa oladi, xordiq chiqaradi – bu Xorazm lazgisi, lazgi
raqsidir. Xorazm milliy liboslari, umuman madaniyati va urf odatlari bilan ham ajralib turadi.

Mushking qoshingni hay’ati
– ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun nas keltirur yora- nun eltibon sod ustina,
Qilg`il tomosho qomatin - zebosi birla orazin,
Gar ko’rmasang gul bo’lg`onin - payvandi shamshod ustina
Qatlim uchun nas keltirur yora- nun eltibon sod ustina,
Qilg`il tomosho qomatin - zebosi birla orazin,
Gar ko’rmasang gul bo’lg`onin - payvandi shamshod ustina
(Ogahiy so’zi, Feruz musiqasi, Feruz 1 qo’shig`idan parcha)
Feruzshox yaratgan "Sohibi Sulton” ashulasini yurtimizda faqat 2 yoki 3 ta xofizgina ayta olagan. Ular quyidagilar: Olmaхon Haitova (marhuma), Og`abek Sobirov, Rahmatjon Qurbonovlardir.
Baxshichilikda Qalandar baxshi Nurmatovning oldiga chiqadigani bo’lmasa kerak, unga "O`zbekiston Xalq baxshisi” unvoni berilgan.
6. Xorazm - buyuk allomalar yurti. Ma’mun Akademiyasi.
VIII oxiri IX asr boshlarida xalifalikning markazi Bag`dodda ilm-fan
rivojlandi. Xalifa Xorun ar-Rashidning o’limidan
so’ng (813-yil), uning o’g`li al-Ma`mun xalifa
etib tayinlandi. U xalifa sifatida Bag`dodga ko’chgach (819-yil), u yerda Ilmiy markaz tashkil etib, unda
barcha musulmon o’lkalardan olimlarni to’pladi. Bu Ilmiy markaz tarixda «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar
uyi») nomi bilan mashhurdir.
Bu yerda asosan riyoziyot, tibbiyot, ilmi-nujum, jo’g`rofiya, astrologiya, handasa va shunga o’xshash boshqa fanlar o’rgatilgan.
Xorazmshoh Ma`munning
o’g`li Ali ibn Ma`mun taklifi
bilan 1004-yilda Gurganchda (Qo’hna
Urganch) «Dor ul-hikma va
maorif» nomli ilmiy muassasa shakllanadi. Bu yerga ibn Iroq va Beruniyning takliflari
bilan har tarafdan olimlar kela boshlaganlar. Bu yerda ilmning barcha sohalari bo’yicha
ilmiy izlanishlar olib borilgan. Yunon tillaridan tarjimalar
ham qilingan.
XVIII asr fransuz
ensiklopedistlari al-Ma`mun faoliyatini va Bag`doddagi «Bayt ul-hikma»ning faoliyatini
o’rganib chiqib, uni Afinadagi Platon
Akademiyasiga juda o’xshatganlar va «Bayt ul-hikma»ni «al-Ma`mun
Akademiyasi» deb ataganlar. Gurganchdagi «Dorul-hikma» esa «Ikkinchi Akademiya»
bo’lib qoldi.
Ma`mun Akademiyasining
faoliyati 1017-yilda Mahmud G`aznaviy bosqini
tufayli tugatiladi.

Respublika va xalqaro
miqyosda yirik anjumanlar bo’lib o’tmoqda. «Ekosan»-
Ekologiya va salomatlik xalqaro jamg`armasi, Xorazm viloyati hokimligi, Ma`mun Akademiyasi
va «Ekosan»
Toshkent klubi bilan hamkorlikda
«Xorazm vohasi ijtimoiy ekologik taraqqiyotidagi muammolar va uning istiqbollari»,
shuningdek nufuzli tashkilotlar va o’quv yurtlari bilan hamkorlikda Xorazmda ilk
davlatchilikning vujudga kelishi va bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar, buyuk
vatandoshlarimizJaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, Ogahiy tavalludining
190 yilligini, «Avesto» asari
yaratilganligining 2700 yilligi, «Jahon madaniyati xalqaro tinchlik uchun» mavzularidagi
ilmiy-amaliy anjumanlarni alohida ta`kidlab o’tishni istardim. Mamlakatimiz taraqqiyotiga,
tinchlikni mustahkamlashga oid bunday anjumanlar o’tkazish bundan buyon ham diqqat
markazimizda bo’ladi.
Akademiyaning «Nashriyot
va matbaa birlashmasi» da olimlarimizning ilmiy izlanishlari, monografiyalar, ilmiy to’plamlar,
aspirantlarning dissertatsiya
ishlari, akademiyaning muhim hujjatlari endilikda o’zida chop etiladi.
Shuningdek, o’n bosma taboqqacha bo’lgan mualliflar asarlarini ham chop qilinishi
mumkin. Turli hisob-kitob varaqalari, taklifnomalar, bukletlar tayyorlanadi.
Akademiya xodimlarining xalq xo’jaligini rivojlantirish, turmush farovonligini oshirish,
ma`naviy kamolotga xizmat qiladigan ilmiy ishlari imtiyozli ravishda chop etib berilyapti. Shu paytgacha 16 ta risola va
ilmiy-ommabop ishlar chop etilib, bir yarim million so’mlik ish bajarildi.
Hozirgi davrdagi muammolar:
zarur manbalar, adabiyotlar «Arxeologiya, tarix va falsafa», «Til va adabiyot» bo’limlari
ish samaradorligini oshirish uchun shu fanlarga oid kitoblar, qo’lyozmа manbalarini Rossiya, Angliya, Turkiya, Misr, Eron, Pokiston, Ozarbayjon kabi
mamlakatlardan keltirish masalasini hal qilish zarur. Internet
tizimiga ulanib, sohalar
bo’yicha yetakchi ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashni davr
taqozo etyapti. Tajriba ishlab chiqarish bazasini mustahkamlash maqsadida texnika
vositalari kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoiti davrida Xorazm viloyatida qishloq
xo’jaligini keskin rivojlantirish, ekologik muhitni yaxshilash, aholi salomatligini
tiklash va mustahkamlash o’ta hayotiy, kechiktirib bo’lmas vazifa ekanligini nazarda
tutib, Xorazm Ma`mun Akademiyasi tarkibida «Qishloq va suv xo’jaligi», «Ekologiya
va tibbiyot» bo’limlarini tashkil etish nihoyatda zarur. (Xorazm Ma`mun Akademiyasi
raisi muovini, biologiya fanlari doktori, professor K.S.Safarovning jurnalistlarga
bergan intervyusidan olingan).
7. "Xorazm tili” yoxud shirin shevasi.
"Assolommolakim
og`ala, jo’rolo, qorindosh-do’g`g`onlo, chiqonlo! Jollimisilo? Galingla, oxir Xorazma
meymon bo’lib. Mozoli yumurto barak, qo’tir barak, bulomiq, iijon kurduk
pishirib baramiz, galado’g`in bo’songizlo. Biza qodimnon meymondo’smiz. Qopiidon meymon
gasa uyni to’ri shuniki. Novvi so’rosongizlo qo’ldon galyancha "xovvo” dab topib
baramiz, xizmat atamiz. Ulli gujumni teyinda yo eyvonchog`o joy do’shab ros ajoyib
gurung qizdiromiz, tashkil atamiz, dog`in olib o’tiring daganni bir marta oytomiz-qo’yomiz
alashtirmisila, oyniqso Toshkent va vodiyli meymonlo. Aldingiza qo’yilg`on vajlani
bemolol olib yivarasila. Galish siladan – xizmat atish bizadan. Sila ishonavaringla, Xorazmlilani gappi bir bo’lodi. Boshshimiz osmono yetincha so’vinamiz do’g`risi,
sila gasangizla. Tortinmonglo shevasina tushunimman
dab, har holdo bizaram adabiy tilni jolli bilamiz, so’llasharmiz amallab, qoni galingla
asa, o’ylonmin!”
Yuqoridagi jumlalar bugungi Xorazm shevasidan
foydalanib qilingan Xorazmga taklif edi. Asl Xorazm tilini bilmoqchi bo’lsangiz
2700 yillik tarixga ega "Avesto” kitobini o’qing. Shu kitob 12000 ho’kiz terisiga
oltin harflar bilan bitilgan bo’lib, sof Xorazm tilida yozilgan 21 ta kitobdan iborat
bo’lgan. Afsuski Aleksandr Makedonskiy bosqinidan keyin uning yong`indan qolgan,
olib qochilgan ayrim parchalarigina saqlab qolingan. Unda Yulduzlar ilmi, Tibbiyot,
Siyosat, Madaniyat, Jinlar bilan suxbat kabi boblar bo’lgan. Bugun "Avesto” xaqida
ko’proq bilmoqchi bo’lsangiz Xorazmning yuragi Urganch shahriga keling va Shovot
kanali bo’yida joylashgan ko’rkam "Avesto” bog`i kompleksiga tashrif buyuring!
8. Shirin
qovunlar vohasi.

9. Xorazm guruchi.

Ko’pchiligimiz guruchni sevib iste’mol qilamiz. Guruch oqilona ovqatlanuvchi hamda faol hayot kechiruvchilar uchun ajoyib ozuqa hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko’ra, guruchni jahon aholisining deyarli yarmi har kuni iste’mol qiladi.
Odatda,"guruch bozorlari”da ko’pchilik uni xarid qilayotganda tanlovda adashadi. Shu bois e’tiboringizga turli xususiyatlarga boy ushbu ozuqa haqida mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan kengroq va foydali ma’lumotlarni berishga harakat qildik...
Ma’lumotlarga ko’ra, guruch Yer yuzida taxminan o’n ming yillar ilgari bahaybat muzliklar erigandan keyin hozirgi Hindiston, Tailand va Xitoy mamlakatlari joylashgan yerlarda paydo bo’lgan. Shundan beri dunyo aholisining to’rtdan uch qismi uchun guruch doni oziq-ovqat sifatida ishlatib kelinmoqda.
Manbalarga ko’ra, O’zbekistonda sholi miloddan avval III asrlarda ekilgan. Dunyoda 7000 dan ortiq guruch turlari mavjud.
TIBBIY XULOSA. Guruchning tarkibidagi foydali moddalarni sanab o’tsak Mendeleev jadvalining naq o’zini takrorlagan bo’lamiz. Mutaxassislarning fikricha, guruchning tarkibida 78 foizgacha uglevodlar mavjud. Uglevodlar inson organizmidagi energiyani saqlagan holda ortiqcha yog` va qand moddasini hamda asab tizimi faoliyatini me’yorlashtirishga yordam beradi. Kaliy moddasiga boyligi bois organizmga boshqa mahsulotlar bilan tushadigan tuz miqdorini me’yorlashtiradi.
10. Xorazm bakra balig`ini bilasizmi?

Tohirjon Matjonov
Xorazm viloyati Shovot tumani
20-umumiy o`rta ta`lim maktabi
geografiya fani o`qituvchisi
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.