Buxoro
– jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri:
1997-yilda shahar o’zining 2500 yillik yubileyini nishonladi. Buxoro
nomi dastlab IX asrda tarixchi Narshaxiy tomonidan zikr etilgan. Bungacha shaharning boshqa bir necha nomlari bo’lgan.
Ko’plab tarixchilar, tilshunoslarning fikriga ko’ra, Buxoro so’zi sanskritcha
"vixara” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, "qal’a” degan ma’noni bildiradi.
Hozirgi Buxoro (qariyb 300 ming aholi) O’zbekistonning boshqa shaharlari
cingari eski va yangi shaharga bo`lingan. Lekin bizning shahrimiz shak-shubhasiz
ustunlikka ega: agar boshqa joylarda eski shahar qismida faqat tarixiy yodgorliklar
bo’lib, hech bir aholi yashamagani uchun ochiq osmon ostidagi muzey sifatida qabul
qilinsa, Buxoroda odamlar ming yillar ilgarigidek yashamoqdalar. Bu har bir kishiga
shaharning boy tarixini tasavvur qilish imkonini beradi.
Shaharning yangi qismida ma’muriy binolar, maktablar, institutlar va sanoat
korxonalari joylashgan. Siz 2500 yillik Buxoroning tor ko’chalarida kezishingiz
va ko’k gumbazli hashamatli binolar hamda kichik loysuvoq uylardan zavq olishingiz
mumkin.
1. Minorai Kalon
(Katta Minora) me’morchilik namunasi Qoraxoniylar davlatining Movarounnahrdagi
amiri Arslon Bug`roxon tomonidan bunyod etilgan. Balandligi 50 metr, aylanma eni
9 metr. Minoraning salla shaklidagi yuqori qismi g`isht o’ymakorligi bilan bezatilib,
karniz holiga keltirilgan. O’qsimon tirgak o’rtasida Arslonxonning nomi hamda binokor
ustaning ismi (usta Baqo) bitilgan. Minora ichida g`ishtin aylanma zinapoya bo’lib,
mezanaga olib chiqadi. Kursisi qirrador, tanasi g`o’lasimon, tepasi gumbazli davra
qafasa-ko’shk bilan bog`langan. Minora yuqoriga ingichkalashib boradi va muqarnas
bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali
atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 aylanma zinapoya orqali chiqiladi.
Me’moriy obidaga xalqaro tashkilotlar tomonidan berilayotgan e’tiborga to’xtaladigan
bo’lsak, YuNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritildi.
1993 yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya) "Butunjahon
madaniy meroslari ro’yxati” ga kiritilgan.
2. Ismoil Somoniy maqbarasi
X asrda qurilgan Ismoil Buxorodagi eng qadimiy va chiroyli yodgorliklardan
biridir. U hozirgi paytda ham xuddi 1000 yil ilgarigidek chiroyli ko’rinishga ega.
Ismoil Somoniy maqbarasi Buxoro shahri hududida aniq hisob-kitoblarga asosan qurilgan
dastlabki bino edi. Butun ilm ahli bu hisob-kitoblar qanchalik o’ta mantiqiy va
shu bilan birga chiroyli chiqqaniga hali ham ajablanadi. Tikka, ko’ndalang, to’g`ri
burchak ostida terilgan pishiq g`ishtlar quyoshning turli darajadagi nurlari bilan
yoritilgan. Maqbara devorlari naqshinkor quti yoki ba’zan majnuntol xivichlaridan
to’kilgan savatga o’xshab ketadi.
Buxoroga safar qilsangiz siz albatta bu yodgorlikni borib ko’rishingiz lozim.
Buxoro ahlining ishonchi komil: agar siz maqbarani ko’rmagan bo’lsangiz-siz Buxoroni
ko’rmabsiz!
3. Ark
qal’asi
Yuz yillar davomida Buxoro hukmdorlarining rasmiy yashash joyi bo’lgan. U
balandligi 16-20 metr bo’lgan sun’iy tepalikda qurilgan. Qal’a maydoni qariyb 4 gektar. Odamlar ko’pincha uni "shahar
ichida shahar” deb atashgan, chunki unda odatdagi shaharning hamma narsalari: ko’chalar,
tor ko’chalar, saroy, masjidlar, ustaxonalar bor bo’lgan.
Qal’a bir necha bor vayron qilingan, ta’mirlangan va tiklangan. Afsuski,
hozirgi paytga kelib, o’tmishdagi hashamatli Arkdan ozginasi qolgan. Ko’plab binolar
1920 yilgi istibdod voqealari davrida buzilib ketgan. Lekin, shunga qaramasdan Ark borib ko’rishga arziydi.
Arkda joylashgan o’lkashunoslik muzeyida siz shahar tarixi, miliy urf-odatlar va
an’analar to’g`risida ko’p qiziqarli narsalarni eshitasiz. Bundan tashqari qal’aning
baland devorlari ustidan turib siz Buxoroning chiroyli qiyofasini tomosha qilishingiz
mumkin.
4. Poi Kalon me’moriy majmui
Barcha mehmonlar e’tiborini jalb qiladigan joy. Mo’g`ul davridan ancha ilgari,
VII asrda barpo etilgan Kalon Minorasini deyarli hamma joydan ko’rish mumkin.
XVI asrda uning yonida Masjidi Kalon va ro’baro’sida – Miri arab madrasasi qurilgan.
Musulmon bayramlarida minora tepasidan muazzinning solih musulmonlarni namozga
chorlovchi ovozini eshitish mumkin edi. Qadim zamonlarda kechasi minora tepasida
yoqilgan olovni uzoq-uzoqlardan ko’rish mumkin bo’lgan. Hozir, xuddi ilgari paytdagidek,
minora eski shahar tepasida turibdi. Minora o’zining uygun shakllari va aniq chiziqlari
bilan uzoqdan sizning e’tiboringizni tortadi. Agar siz minorani ko’rish sharafiga
muyassar bo’lsangiz, uning aniq proporsiyalari va chiroyli terilgan g`ishtiga maftun
bo’lasiz.
5. Labi Hovuz
Buxoro ahli va mehmonlarining sevimli joyi. Siz bu joyda eski qadrdonlarni
uchratishingiz va yangi do’stlar orttirishingiz, o’tmishni esga olishingiz va kelajak
haqida fikr yuritishingiz mumkin. Maydon o’rtasida katta hovuz bo’lib, uning atrofida
turli binolar barpo etilgan.
6. Masjidi Kalon
Samarqand shahridagi Bibixonim masjididan keyin O’rta Osiyodagi ikkinchi
eng katta masjid. Musulmon bayramida masjidga 10 ming kishi sig`ishi mumkinligi
o’z isbotini topgan. Masjidning usti ochiq yirik hovlisi, uning ajoyib peshtoqlari
va usti yopiq ayvonlari unutilms taassurot qoldiradi.
7. Mir Arab madrasasi
Masjidi Kalon ro’parasida joylashgan proporsiyasi va simmetriyasi tufayli
o’zidan keyin qurilgan masjidlar uchun hamisha namuna vazifasini o’tagan. Bo’lg`usi
imomlar ta’lim olgan Mir Arab madrasasi ko’p yillar davomida sobiq sho’rolar ittifoqi
davrida amal qilgan yagona madrasa bo`lgan.
8. Nodir Devonbegi madrasasi
Sirlangan sopol va chinni koshinlar bilan chiroyli bezatilgan. Buxoroda siz
faqatgina shu madrasaning peshtoqida afsonaviy Semurg` qushi va inson yuzi aks etgan
quyosh tasvirlarini ko’rishingiz mumkin. Yilning issiq faslida madrasa ichki hovlisida
siz folklor tomoshasidan zavqlanishingiz mumkin. Tim qora tungi osmon, xazin va
quvnoq maftunkor kuy... Siz "Ming bir kecha”ni boshqacha tasavvur eta olarmidingiz?
9. "Sitorai Moxi xosa” saroyi
Shahardan taxminan 4 km.
tashqarida Buxoro so’nggi amirlarining yozgi saroyi joylashgan. Saroy "Sitorai Moxi
xosa” – Oy va yulduzlar o’rtasidagi joy deb, shoirona nomlangan. Saroyning me’moriy
jihatdan tuzilishi faqat shu bois ham qiziqarliki, u XIX asr oxiri va XX asr boshidagi
boylarning didini namoyish qiladi. Binolarning asosiy qismi turlicha qarashlarning
aralash uslubida qurilgan. Taxt o’rnatilgan xona istisno tariqasida milliy urf-odatlarga
to’la mos ravishda bezatilgan. Undagi ajoyib nozik "ganch” o’ymakorligi sizning
xotirangizda muhrlanib qoladi. Hozir bu yerda xalq amaliy san’ati muzeyi joylashgan
bo’lib, unda siz ipak bilan tikilgan chiroyli so’zana, sopol buyumlar, ayollarning
an’anaviy zargarlik taqinchoqlari, milliy kiyimlar va boshqalarni tomosha qilishingiz
mumkin.
10. Shayx Bahouddin Naqshband ziyoratgohi
U (Daxmai shohon va Bahouddin daxmasi), maqbara, 2 masjid,
saqoxona, hovuz, quduq, minora, Madrasa va Abdulazizxon xonaqohidan iborat. Majmua
kichik gumbazli chortoq darvozaxonadan boshlanadi. Darvozadan o’tgach, o’ngda kichkina
masjid, chap tomonda ziyoratchilar uchun turli binolar bo’lganligi ma’lum. Yo’l
davomida chapda xonlar mozori — Daxmai shohon joylashgan. Daxmai shohon to’g`ri
to’rtburchak tarhli, balandligi 2.5
m, usti kulrang marmar bilan qoplangan. Unda marmar o’ymakorligi,
xattotlik san’atining ajoyib namunalari mavjud. Marmarlarga tokchalar, ustunchalar,
sharafalar, sarv surati va boshqa bezaklar o’yilgan; naqshlar ba’zida yozuvlar bilan
aralash uchraydi. Chapda — kiraverishda 6 ustunli (soddagina), oldi ayvonli Muzaffarxon
masjidi joylashgan. Masjid yoniga 2 ustunli Hakim qushbegi masjidi tushgan (masjid
mehrobida ajoyib mujassamotli namoyon bor). Uning janubida naqshdor, shimolida naqshsiz
ayvonlar bor. Bahouddin daxmasi marmar qoplangan kattagina murabba tarhli supa bo’lib,
atrofi chiroyli marmar panjara bilan o’ralgan. Undan sal nari, shimolda—tomonlari
9,5 m keladigan
aylana zinali marmar hovuz, uning shimol tomonida kichikroq, ko’rkam chortoq saqoxona
bor. Bahouddin daxmasi bilan hovuz oralig`ida quduq, uning yonidagi chiroyli shiypondan
qadimda ziyoratchilarga turli shaklli idishlarda "muqaddas" suv ulashilgan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.
O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 6-uy
VEB-SAYT YANGILIKLARIGA OBUNA BO`LISH SHAKLI
Eslatma: Agarda Sizni veb-saytdagi ma'lumotlar qiziqtirayotgan bo'lsa, quyidagi shakl orqali veb-sayt ma'lumotlar bazasidagi so'nggi yangiliklardan boxabar bo'lib turishingiz mumkin. Buning uchun Siz amaldagi mavjud elektron manzilingizni quyidagi qatorga kiriting va elektron manzilingizga jo'natilgan xat orqali obunani tasdiqlang.