Ekologik vaziyatdan - barqaror rivojlanishga!
«Ekologik
vaziyat» va «Ekologik situatsiya» kabi tushunchalar dastlab kishilarni vahimaga
solgan yoki muhitning ifloslanishi darajasidagi ma’lumotlar deb qaralgan.
Agarda
shaharda ekologik vaziyat yomonlashdi desak, bunda albatta, atmosferaning zavod
dudkarnaylari va transport dudkarnaylaridan chiqadigan gazlar bilan shuningdek
ichimlik suvining sifatini yomonlashganligi suv havzalarining ifloslanishi va
hokazolarni tasavvur qilamiz. Zavodlarda ekologik vaziyat normada desak, bunda
zavod atrofini tabiati yaxshi holatda degani emas. Tutun, qurum, sulfat
angidrid (S02), azot kabilar, zavod dudkarnaylaridan chiqib turadi.
Uzatish quvurlari orqali suv bilan chiqindilar ajralib chiqadi. Go‘yo zavod
mahalliy hokimiyat nazoratidan uzoqda ishlayotgandek tuyuladi.
Ushbu
«normativ chiqindilar» qo‘shni o‘rmonga, atrofidagi tuproq, o‘simlik va
hayvonlarga shuningdek, odamlarga ta’siri boshqa masala hisoblanadi. Bu masala
ham ko‘tariladi, ammo ancha kech bo'lgan bo‘ladi. Biz havo, suv va tuproqning
ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishi va uning oqibati haqida ko‘p
narsa bilmaymiz.
Olimlar
va keyinchalik hamjamiyat, ko‘pchilik davlatlar iqlimning o‘zgarishini, ozon
qatlamining siyraklashishini, o`rmonlarni kesib tashlash, yomon oqibatlarga
olib kelishini payqab yetdilar.
Yaqinda
ko‘z oldimizda kelib chiqqan ekologik o'zgarishlar mintaqaviy va umumbashariy
muammolarga aylanmoqda.
Orol
dengizi qurib bormoqda, o‘lkamizda cho‘llanish jarayoni kuchayib bormoqda.
O‘zbekiston
hududida ekologik vaziyat hamma joyda ham bir xil emas. Vohalarda tuproqlarning
sho‘r bosishi, shamol va suv nurashiga duchor bo‘lgan yerlar, o‘simlik qoplami
qisqarayotgan yaylovlar va hokazolar.
Ekologik
vaziyatni to‘g‘ri baholashda va uni barqarorlashtirish uchun harakat qilish
lozim. Ekologik vaziyatni 3 darajasi ajratiladi: 1 qanoatlantirarli: II
o‘rtacha: III keskin.
1
darajali ekologik vaziyat holatini saqlab qolish mumkin. 0‘rtacha darajadagi
vaziyatlarni avvalo, barqarorlashtirish, keyin qanoatlantirarli darajaga
qaytarish choralarini ishlab chiqish mumkin, keskin darajadagi ekologik vaziyat
hududiy jihatdan uncha katta emas, ammo qo‘shni tizimlarga ta’sir etish juda
xavfli bo‘lish mumkin. Nihoyat, ekologik tanglik ekologik vaziyatni keskin
darajadagi holat rivojlanishining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Ekologik halokat
yoqasida turgan ahvolni tez qisqa muddatlarda o‘rtacha va qoniqarli
bosqichlarga keltirish muhim vazifa hisoblanadi.
Ekologik
vaziyatni murakkablashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun atrof muhitga zararli
chiqindilarning chiqarishini kamayishiga erishish kerak.
Respublikamizda, bugungi
kunda bu masalaga e’tibor kuchaytirildi. Sanoat korxonalari dudburonlaridan
havoga chiqadigan zararli chiqindilarni tutub qoluvchi va zararsizlantiruvchi
samarali moslamalar o‘rnatish, kam chiqindili yoki chiqindisiz ishlab
chiqarishga o‘tish, chiqindilardan turli mahsulotlar tayyorlashni yo‘lga
qo‘yish lozim. Suv havzalariga oqova suvlar tushumini kamaytirish va butunlay
tushirmaslik uchun harakat qilish lozim, bu bilan daryolarning suvlari
tozalanadi, aholi orasida kasalliklar kamayadi. Yerlarni turli chiqindilar
bilan ifloslanishi yo‘qoladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish oson emas,
buning uchun yoshlarning faolligi va ilmiy loyihalarni amaliyotga tatbiq etish
zarur bo‘ladi. El sog‘lig‘ini hisobga olib, ushbu loyihalarning majmuasini
bosqichma-bosqich amalga oshirish, ekologik va gigienik muammolarning
yechilishini tezlashtiradi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.