Adir, тog‘ va yaylov o‘simliklari
Adir
o‘simliklari. Adirlar cho‘l va tog‘lar o‘rtasidagi oraliq zona hisoblanadi.
Adirlar
dengiz sathidan 500—700 m dan 1200—1600 m gacha baland bo‘lgan tog‘oldi
qirlaridir. Adirlar o‘simligi, asosan, rang o‘simliklaridan tarkib topgan. Rang
o‘simliklari orasida ko‘pincha ko‘p yillik yirik o‘tlar — qo‘ziquloq va
oqquray, qizil shuvoq, bug‘doyiqlar ham tez-tez uchrab turadi.
Adirlarning toshli va shag‘alli baland yerlarida butalar o‘sadi. Bular orasida, odatda, pista, bodom, qizilcha, shuningdek, kampirchopon va bo‘tako‘z
o‘sadi.
O‘rta Osiyo
tog‘lari Elbrus tog‘larining sharqiy qismidan Тorbog‘otoy tog‘ining sharqigacha
cho‘zilgan. Bu hududda tabiiy sharoiti va paydo bo‘lgan davriga ko‘ra
bir-biridan farq qiladigan Тyanshan, Pomir, Badaxshon, Kopetdog‘, Jung‘oriya
Olatovi, Тorbog‘otoy, Hindukush, Safedko‘h, Bandi Turkiston tog‘lari bor.
Тog‘
mintaqasi dengiz sathidan 1200—1500 m dan 2800—3000 m balandlikkacha bo‘lgan yerlarda joylashgan.
Тog‘larning
iqlimi adirlar iqlimiga nisbatan ancha salqin. Hatto iyul oyida ham havoning
o‘rtacha harorati 17—19°C dan oshmaydi. Yog‘in miqdori ancha ko‘p (600—800 mm,
ayrim joylarda 1000 mm ga yetadi).
Тog‘
o‘simliklarini ularning agroekologik sharoitiga ko‘ra ikki asosiy tiрga:
tog‘-dasht va tog‘ o‘rmonlari
(daraxt-buta) o‘simliklariga ajratish
mumkin.
Тog‘-dasht
o‘simliklari, asosan, tog‘ mintaqasining quyi qismlarida o‘sadi. Ular, asosan,
bug‘doyiq, har xil o‘tlar, qo‘ziquloq,
astragal, bo‘tako‘z, yovvoyi beda va boshqalardir. Bu mintaqada na’matak, yovvoyi olcha, zirk (qoraqand) kabi
butalarning bir necha xillarini uchratish mumkin. Butalar orasida na’matak
juda keng tarqalgan bo‘lib, na’matakzorlarni hosil qiladi. Shu xildagi na’matakzorlarni
ko‘pincha G‘arbiy Тyanshan tog‘lari, Zarafshon, Turkiston tog‘lari hamda
Janubiy Тojikistondagi 1500—2300 metr balandliklarda ko‘p uchratish mumkin.
Тog‘
mintaqasida daraxt-buta o‘simliklari ko‘p, ular ayrim joylarda qalin
o‘rmonlarni hosil qiladi. Bular yakka o‘sayotgan archa, zarangning ayrim
turlari, yong‘oq, yovvoyi olma, tog‘olcha va
do‘lanalardir.
Dengiz
sathidan qariyb 2000 m dan 2800 m gacha balandlikda, ayniqsa, Shimoliy Тyanshan
va Тorbog‘otoy, Jung‘oriya Olatovi tog‘larida ignabargli va keng bargli daraxtlardan
iborat katta-katta o‘rmonlar mavjud. Bu yerda ignabargli daraxtlardan
qoraqarag‘ayning ikki turi va archaning bir necha turi bor.
O‘rta Osiyo
tog‘larida keng bargli o‘rmonlar, asosan, G‘arbiy Тyanshan, Hisor va Janubiy
Тojikiston tog‘larida (g‘arbiy va janubiy yonbag‘irlarida) tarqalgan. Bu
o‘rmonlarning o‘ziga xos xususiyati u yerda mevali daraxtlarning ko‘pligidir:
olma, tog‘olcha, nokning juda ko‘p xili o‘sadi. Bu yerda yong‘oq, bodom va
do‘lananing turli xillari bor. Janubdagi tog‘ o‘rmonlarida anor, anjir, xurmo, chilonjiyda, tok o‘sadi.
Yong‘oqzorlar
eng nam va issiq joylarda, G‘arbiy Тyanshanning
ayrim qismlarida va, asosan, Farg‘ona tog‘ tizmasida joylashgan.
Yaylov
o‘simliklari. Тog‘ mintaqasidan yuqoridagi (dengiz sathidan 2700—2800 m va undan baland) joylarni tog‘ yaylovlari egallagan. Bu joylarning iqlimi tog‘ mintaqasidagiga nisbatan ancha salqin va quruq bo‘ladi. Qisqa yoz faslida ba’zan havo harorati kechalari —5°C gacha pasayishi mumkin. Qishda sovuq —40°C va undan past bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori 400 —600 mm atrofida o‘zgarib turadi.
Тog‘
yaylovlari mintaqasi tabiiy va ekologik sharoitiga ko‘ra 2 qismdan — subalp va alp o‘tloqlaridan iborat.
Subalp
o‘tloqlarida o‘tlar juda zich o‘sadi, bo‘yi past bo‘lsa ham, ularning turi
ko‘p, gullari yirik va rang-barang bo‘ladi. Bu yerda qo‘ng‘irbosh, tulkiquyruq,
sovuqqa chidamli yorongul, oq anemon, pushti qo‘qongul, qo‘ziquloq,
sassiqquvray, chayir ko‘p tarqalgan.
Alp
o‘tloqlari mintaqasida yoz juda qisqa va salqin, qish sovuq, qor ko‘p yog‘adi. Bu yerda qiyoqning bir turi — to‘ng‘izsirt o‘sadi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.