1-noyabr Butunjahon erkaklar kuni 

6 601

1-noyabr "Xalqaro erkaklar kuni" ni butun jahon jamoatchiligi nishonlab kelmoqda. Erkaklar kuni noyabr oyining birinchi shanbasida nishonlanadi. Bu kuni erkaklar avvalаmbor ayollar tomonidan ko'proq e'tibor kutadilar. Ayollarning samimiyligidan va ularga qilinayotgan bunday e'tibordan erkaklar o'zlarini juda baxtli his etadilar. O'sha kuni ularga 8-mart xalqaro xotin qizlar bayrami haqida eslatib qo'yish kerak bo'ladi. Qiziq, 19-noyabrda ham Xalqaro erkaklar kuni har yili nishonlanadi. Birinchi bo'lib 19-noyabrda Trinidad va Tobago Respublikalarida va undan keyin AQSh, Buyuk Britaniya, Yamayka, Avstraliya, Indiya, Singapur, Malta va Janubiy Afrika davlatlarida bayramlar bo'lib o'tadi.

1-noyabr Butundunyo veganlar kuni
Veganlar kuni - bayram, 1994-yil 1-noyabrda Veganlar jamiyati o‘zlarining 50 yilligini nishonlagan vaqtlarida paydo bo‘lgan. Vegan so‘zi Donald Uotson tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, inglizcha so‘zning boshidan uchta va oxirgi ikki harfdan olingan. (rus. vegetarian. Ing.vegetarian) Veganizm- hayot shakli, veganlar - veganizm tarafdorlari - faqat sabzavotlarni iste'mol qiladilar, go‘sht mahsulotlarini umuman iste'mol qilmaydilar. Veganlar ovqat ratsionidan go‘sht va baliq mahsulotlarinigina emas, tuxum. sut, asal va shunga o‘xshash mahsulotlarni ham olib tashlaydilar. Veganlar teridan, mo‘yna, jun, ipakdan tayyorlangan kiyimlar kiymaydilar. Bularni rad etishni turli sabablari bo‘lishi mumkin, lekin asosiysi - bu hayvonlarni o‘limiga daxldor bo‘lib qolmaslik va ularga nisbatan shafqatsizlik qilmaslikdir. Veganlar kunida ko‘plab mamlakatlarning Vegan tashkiloti vakillari va boshqa faollar tomonidan bayram mavzusiga bag‘ishlangan turli ma'rifatparvar va xayr-ehson tadbirlari o‘tkazadilar.

1-noyabr Maltada noyabr festivali
Noyabr oyining boshida ya'ni 1-2 noyabrda Maltada qo'shiqlar Festivali bo'lib o'tadi. 1-noyabrdan 30-noyabrgacha badiiy ekspozisiya ochiladi, Risarlar davriga mos kostyumlar kiygan harbiylar paradi 3-noyabrdan 10-noyabrlarga mo'ljallanadi. Bularning hammasi Vallettedagi Avliyo Elmo fortining maydonida bo'lib o'tadi. 11-noyabrda 14-Xalqaro xor san'ati festivali boshlanadi (15-noyabrgacha), unda Yevropaning ko'pgina malakatlaridan kelgan kollektivlar ishtirok etadilar. Ikki kundan keyin yana shu fortda 1800 yildagi Fransiya va Malta armiyalarining janglarini aks ettiruvchi teatrlashtirilgan shoular boshlanadi. 22-noyabrdan 24-noyabrgacha bo'lib o'tadigan 12-Xalqaro marafonda, 500 ga yaqin sportchilar qatnashadilar. Bundan tashqari, 23-noyabrdan 30-noyabrgacha Gozo orolida tarix, arxeologiya festivali bo'lib o'tadi-ki, unda Malta madaniyati paydo bo'lganligining 7000 yilligi nishonlanadi. Festivalda san'at sohasida erishilgan oxirgi yutuqlar namoyish qilinadi, bundan tashqari festival orolning qadimiy madaniy meroslari bilan tanishish imkonini beradi. Festival doirasida ko'plab tadbirlar: hujjatli filmlar premerasi, taniqli rassom va haykaltaroshlarning ishlari ko'rgazmasi, hunarmandlarning buyumlari, kattalar uchun qo'g'irchoq shoulari va baletlar bo'lib o'tadi. Yana festival vaqtida katta musiqali programma namoyish qilinadi.

1-noyabr Finlandiyada "Musiqali haftaligi" boshlangan kun
1-noyabrdan 10-noyabrgacha Finlandiyaning shimoliy qismida joylashgan Oulayenda 16-marta noyabr musiqa haftaligi o'tkazildi. Programmaning asosiy qismini klassik musiqadan tashkil topgan konsertlar tashkil qiladi, lekin Oulayendagi "haftalik”da xalq musiqalari ham haqiqiy jaz ham bo'ladi. Finlandiya jaziga alohida e'tibor qaratish zarur agar siz jazni yoqtirsangiz, yaxshisi Tamperga, har yili o'tkaziladigan festivalga yo'l olganingiz ma'qul. Bu festival 1-noyabrdan 3-noyabrgacha bo'lib o'tadi.

1-noyabr Qashqadaryo viloyati tashkil etilgan kun  1 2

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.