29-sentabr Bag`dod, Pastdarg`om, Termiz va Paxtaobod tumanlari tashkil etilgan kun 

2 626

1926-yil 29-sentabr – Farg’ona viloyati Bag’dod tumani tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Uchko’prik tumaniga qo’shib yuborildi. 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzildi). Viloyatning Oltiariq, Rishton, Uchko’prik va Buvayda tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0.33 ming km.kv.

1926-yil 29-sentabr – Samarqand viloyatidagi Pastdarg’om tumani tashkil etilgan. 1929-38 yillarda Akmal Ikromov tumani deb atalgan. 2001-yilda Pastdarg’om tumaniga Go’zalkent tumani qo’shildi. Shimoldan Oqdaryo va Ishtixon, g’arbdan Kattaqo’rg’on, Nurobod tumanlari, janubdan Qashqadaryo viloyati va sharqdan Samarqand tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,53 ming km.kv. 

Termiz tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Janubdan va garbdan Afg`oniston, sharqdan Tojikiston , shimoldan viloyatning Angor va Jarqo`rg`on, shimoliy-g`arbdan Muzrabot tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,86 ming km.kv. Tumanda 5 qishloq fuqarolar yig`ini  (Pattekesar, Paxtaobod, Uchqizil, Xotinrabot, Yangiariq) bor.  Markazi – Uchqizil qishlog`i. Tabiati Termiz tumani respublikasining eng janubida termiz shahri yaqinida joylashgan. Tuman hududining sharqiy qismi Hisor tog` tizmasining davomi To`yintog` Kaykitog` va uning etaklari, Xotinrabot va Qiziriq cho`llari hamda uning davomi – Qoraqir, Uchqizil, Kattaqum massivi, Eski Termiz adirlari va qirlari bilan band. Bu yerlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Janub va G`arbi Surxondaryoning Amudaryoga qo`yilgan qismi va Amudaryo Surxondaryo sohillaridan iborat bo`lib tuprog`i taqir va ho'rxok. Amudaryo, Qorasuv, Sherobod daryolari tuman hududi orqali o`tadi.

1926-yil 29-sentabr – Andijon viloyatidagi Paxtaobod tumani tashkil qilingan. 1962-yil 24-dekabrda Izboskan tumani bilan birlashtirilgan. 1970-yil 7-dekabrda yana yangidan tashkil qilingan. Shimol va shimoliy-sharqdan Qirg’iziston Respublikasining Jalolobod viloyati, g’arbdan Izboskan, janubdan Andijon, sharqda (58 km masofada) Qirg’iziston Respublikasi va Jalolquduq tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,29 ming km.kv.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.