24-iyul Finlandiyada dengiz bayrami kuni 

2 253

24-iyul kuni Finlandiyaning Kotka degan shahrida Dengiz Festivali "Kotka Maritime Festival” o’tkaziladi. Bu shahar Sankt-Peterburg shahri  bilan  chegaradosh. Har yoz Kotka aholisi kamida bir yuz ming odamga ko’payadi. Bu shaharga butun dunyodan odamlar Dengiz festivaliga tashrif buyurishadi. Ushbu bayram Finlandiyada eng katta yozgi festival bayrami deb nisholanadi. Bayram payitida Dengiz poygasi yosh bolalar Dengiz festivali,  djass festivali, dengiz ashullalari ko’nkursi   va har hil konsertlar o’tkazilad va albatta dengiz bozori hamda dengiz taomlarini degustatsiyasi bo’lib o’tadi. Dengiz bo’yida baltik kemalar, parusniklar va yaxtalar turgan bo’lishadi. Milliy ananalarga ko’ra kemalarda ochiq eshik kunlari o’tkaziladi. Kotka shahrida  Dengiz Festivali 1962-yildan boshlab nishonlanadi. Bu festival oilaviy bayram deb hisoblanadi. Yunisef dasturi tomonidan uyushtirilgan bolalar Dengiz bayramining eng muhim qismidir. Har bir kichik tomoshabin sahnada o’z aktyorlik mahoratini  ko’rsatish mumkin. Festival davomida har hil o’yinlar, masqaraboslar tomoshalari o’tkaziladi.  Maxsus maydonchalarda bolalar har xil rasmlar chizib, yog’och va qog’ozdan o’yinchoqlar yasashadi.  Shahar ko’chalarida dengiz maxsulotlaridan pishirilgan taomlarni mazasini tatib bilsa bo’ladi. Dengiz Festivalining dasturi mehmonlarga har-xil ekskursiyalarni taklif qiladi. Masalan: Dengizda qayiqlarda sayr qilish, ellikdan oshiq  baliqlar turi "Maretarium” akvarumni tomosha qilishdir.  

24-25-iyul kunlari Yaponiyaning Osaka shahrida "Tendjin” festivali
24-25-iyul kunlari Osakada o’tkaziladigan "Tendjin” festivaliga borsa bo’ladi. Ushbu bayram Yaponiyaning eng mashhur bayramlarining uchtaligiga kiradi. Birinchi va ikinchilar bu albatta Tokiodagi "Sanno” festivali va Kiotodagi "Gion” festivalidir. Festivalning birinchi kunida Kami xudosini tavsiya etadigan yosh bola qo’lida alebardani ushab qayiqqa o’tiradi. Bola bilan birga budxona xodimi uni kuzatib ketadi. Birga ular daryo bo’ylab ma'lum joygacha suzib borishadi va ushbu joyda bola alebardani suvga tashlaydi. Ushbu alebardani suvga otish urf-odati xokonagasi deb nomlanadi. Bayramning keyingi kuniga ya'ni 25-iyul kuni bayramning asosiy ma'rosimi funatogo bo’lib o’tadi. Kechki payt  10 larga 100 tadan ortiq odamlar bilan to’la bo’lgan qayiqlar Okava dengizi bo’ylab suzishadi. Hamma yerdan musiqa eshitiladi, buning qatorida burungi ritual kagura musiqasi  va albatta "Tendjin” festivalining kulminatsion marosimi bu yorqin rang-barang feyerverkdir.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.