​ Kutilmagan topilma: Dinozavrlar yana qaytadimi? 

2 788

Stiven Spilbergning taniqli «Yura davri parki» filmida qadimgi jonivorlarning maketi harakatlangan.

Yaqin orada esa haqiqiy qadimgi gigant kaltakesaklarni ko’rishimiz ham ehtimoldan holi emas.

Shimoliy Karolina universiteti doktori Meri Shvayser g`aroyib bir ashyoni qo’lga kiritdi: bundan 68 million yil muqaddam nobud bo’lgan Trinnozavrning toshga aylangan qoldiqlari ichida yumshoq to’qimalari ham saqlanib qolgan ekan.
 
Shu paytgacha to’qimalar million yil mobaynida saqlanib qolmaydi, deb hisoblanardi.
— Oldimizda tosh qotishning yangi namunasi turibdi,-deydi olimlar. – Molekulyar darajada toshga aylanish.

Tadqiqotlar davom etmoqda.

Kim bilsin, balki, olimlarga trinozavrning hujayralari bilan DNKsini topish nasib qilar?
Shunda Spilberg yoki yana kimgadir «Yura davri parki» to’g`risida badiiy film emas, balki, tom ma’nodagi, haqqoniy hujjatli film ishlashga to’g`ri kelishi ham mumkin.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.