Tirik afsonaga aylangan qirolicha 

6 758

  Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II  tirik afsonaga aylangan insonlar sirasiga kiradi. Qirolicha eng uzoq hukmronlik qilgan hukmdorlar sifatida rasmiy tan olingan. Malika haqida hamma ham to`liq ma’lumotga ega emas. Shulardan ayrimlarini e’tiborizga havola qilmoqchimiz. Malika dunyoning har bir nuqtasiga pasportsiz bemalol tashrif buyurishi mumkin, chunki pasportni fuqarolarga qirolichani nomidan beriladi va faqat qirolichagina pasportsiz harakatlanish huquqiga ega. Oilaning boshqa a’zolarida bunday imkoniyat yo`q. Qirolicha 89 yoshda u  o`t ochuvchi quroldan ota oladi. Ikkinchi Jahon urushida armiyada ishtirok etgan davlat rahbarlarining yagona tirik vakili. 18 yoshida armiyada xizmat qilgan. U yerda yuk mashinasi haydashni va uni ta’mirlashni o`rgangan. Yelizavetta allaqachon (1976-yildan beri) elektron xatlar yozishni biladi. Hozirgi zamon texnologiya davrida bu qirolicha har qanday kompyuter bilag`oniga bu borada saboq berishi mumkin. Qirolicha yilda ikki marotaba tug`ilgan kunini nishonlaydi. 21 aprelda va rasman iyun oyining birinchi shanbasida. Britaniya hududidagi barcha oqqushlar uning mulki hisoblanadi va qirolichani o`zi har yili ularni daryo bo`ylab sanab chiqadi. Malika Jeyms Bond filmida suratga tushgan. Qirolicha dunyodagi hamma mashhurlar bilan uchrashgan va shuni ta’kidlash lozimki, yulduzlarni o`zlari uni huzuriga tashrif buyurishadi, aslo qirolicha emas. Har sohada ilg`or qirolicha nabiralarini hayratda qoldirib, mashhur reper – so`z ustasi Ali G (Ali Dji) so`zlarini, harakatlarini ishlatadi. Buyuk qirolichani ba’zan oddiygina - hech kimdan farq qilmaydigan sodda kiyimda uchratish mumkin.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.