O'zbekistonda jazirama: havoning o'ta isishiga nima sabab va u qachongacha davom etadi? 

3 900

So'nggi kunlarda havo harorati isib ketdi. Toshkent shahri va viloyatlarda havo harorati 45 daraja va undan yuqorini ko'rsatmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi taqdim etgan ma`lumotga ko'ra, ushbu harorat ko'rsatkichi 9 iyulga qadar davom etadi. 

Odatda iyul - yil davomidagi eng issiq oy deb hisoblanadi. Havoning o'rtacha oylik harorati iyun oyi haroratidan 2-2,5 darajaga yuqori bo'ladi. O'zbekistonda kuzatish yillari davomida eng issiq iyul oylaridagi havo harorati 42-44 darajagacha, janubda 47-49 darajagacha yuqorilagan.

Ayni damda O'zbekistonda kuzatilayotgan issiq ob-havoni atmosferadagi janubi-g'arbiy oqimlar shakllantirmoqda. Bundan tashqari, ular bilan birga Respublika hududlariga janubiy hududlardan, asosan, Eron hududlaridan issiq ob-havo kirib kelmoqda.

O`zbekiston Gidrometeorologiya xazmati Markaz bergan ma`lumotga ko'ra, keyingi kunlarda havo harorati ko'tarilishi davom etadi va kunduzgi soatlarda termometr ko'rsatkichi 42-43, janubda 44-45, shimolda va cho'l hududlarida 44-45 daraja bo'lgan juda issiq ob-havo harorati saqlanib turadi. Shu kunlardagi harorat qiymatlari qator hududlarda o'z hududlarining tarixiy maksimumlariga yaqin bo'ladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma`lumotiga ko'ra, inson tana harorati 37.1 daraja issiqdan ko'tarilishi yoki tana harorati 38.8 darajaga ko'tarilib, inson salomatligiga salbiy ta`sir etishi mumkin. Inson tana haroratining ko'tarilishi tananing qizarishiga va kuchli chanqoqqa, keyinchalik, xushdan ketish, nafas qisishi va yurak to'xtashiga olib kelishi mumkin.

Vazirlik bergan tavsiyaga ko'ra, och rangdagi, havo o'tkazuvchi (iloji bo'lsa paxta xomashyosidan) kiyim va bosh kiyimlardan foydalanish zarur. Kuygan tana qismi sovimaydi va terlamaydi. Shoshmasdan harakatlanish, iloji boricha soya joylarda bo'lish talab etiladi. Pivo va boshqa alkogol mahsulotlarni iste`mol qilish tavsiya etilmaydi, bu organizmning umumiy holatiga salbiy ta`sir etishi mumkin. Issiq kunda shifokorlar bilan maslahatlashgan holda, qo'shimcha tuzli mahsulotlar va meva, sabzavotlardan iste`mol qilinadi.

Jazirama issiq natijasida oftob urganda zudlik bilan soya joylarda saqlaning, zudlik bilan dush qabul qiling yoki shamol bor joyga o'tiladi va asta-sekinlik bilan ko'proq suv iste`mol qilinadi. Oftob urushidan saqlanish maqsadida iloji boricha badanni sovutishga harakat qilish zarur.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.