Qoraqalpog`istonga borish uchun 10 ta sabab
1. Nukus
Nukus 4 ta sahro: Qoraqum,
Qizilqum, Ustyurt va Oqqum - oralig`ida joylashgan o’ziga xos joylardan biri.
Afsonalarga ko’ra, Nukus "Nukes” (to’rtta o’g`il) so’zidan kelib chiqqan. Bir
kuni Xorazm shohi 9 ta saroy qizidan jahli chiqib, ularni saroydan badarg`a
qilib, erkaklarga ular bilan gaplashishni man qilibdi. Lekin
bir savdogar ular bilan pinhona gaplashib qolibdi. Tez orada qizlar
farzandli bo’lishibdi. 9 ta o’g`il tug`ilibdi. Borib-borib bu o’g`illar
qoraqalpoq xalqining asoschilariga aylangan ekan.
2. Mizdaxkan
Qadim Mizdaxkan arxeologik-arxitektura kompleksi 200 ga dan oshiq
maydonda, Xo’jayli -Kuhna - Urganch (Turkmenistan) avtomobil yo’li
bo’yida joylashgan. Kompleksning asosiy qismlari Xo’jayli shahrining
janubiy-g`arbida uchta tepalikda joylashgan. Kompleksga Gaur-Qal’a,
Shamun-nabi, Mazlumxan Sulu, Xalifa Rajab maqbaralari kiradi. Arxeologik qazish
ishlari davomida siyrak uchrashadigan osuar "qabristonlari ”, tangalar, har xil
turmush buyumlari, shisha, tilladan yuqori saviyada ishlangan buyumlar topildi.
Olimlarning fikricha, bu joy ikki ming yillik tarixga ega. Afsonaga ko’ra, Odam
ato qabri Mizdaxkan hududida joylashgan. Uning ustida "Apokalipsis soati” nomli
maqbara joylashgan. Ҳar yili bino devoridan g`isht ko’chib tushadi.
Odamlar esa ularni joyiga taxlab qo’yishadi. Aytishlaricha, so’nggi
g`isht tushganda, oxir zamon bo’lar ekan.
3. To’g`rama
Durama qoraqalpoqlarning o’ziga xos taomlaridan biri sanaladi. Bu taom
qiymalangan go’sht va xamir bo’lakchalaridan iborat. Qaynatilgan
go’shtni odatda erkaklar qiymalashadi, xamirni esa qolganlar
qiladi. Shundan so’ng ikkalasi aralashtiriladi. 3-4 kishilik qilib
laganga solib, ustidan sho’rvasini quyib dasturxonga tortiladi. Tuzliq
ziravori bilan tortiladi.
4. Orol
dengizi
Qachonlardir Orol dengizi kattaligi bo’yicha dunyoda 4 o’rinda
turar edi. 1911-1962 yillarda Orol dengizining sathi eng yuqori nuqtada bo’lib,
53,4 metrni, suvning hajmi 1064 kub kilometrni va minerallashuv darajasi 1 litr
suvda 10-11 grammni tashkil etgan edi. Dengiz transport, baliq xo’jaligi, iqlim
sharoiti jihatidan katta ahamiyatga ega bo’lgan. Unga Sirdaryo va Amudaryodan
har yili deyarli 56 kub kilometr suv kelib quyilar edi. Oxirgi 30 yil ichida
dengiz sathi 20 metrga pasaydi va suv hajmi 1062 ming km kub dan 268 ming km
kub ga tushib qoldi. 1960 yildan to 1996 yilga qadar Orol dengizi 748 km kub suv yo’qotdi.
5. Milliy muzeyi
Mazkur muzey Markaziy Osiyo mintaqadasigi eng nodir san’at asarlarni
o’zida jamlagan eng mashhur muzeylardan biri sanaladi. 2001-yilda Buyuk
Britaniyaning mashhur "Gardian” gazetasi uni dunyoning eng go’zal muzeylaridan
biri sifatida e’tirof etgandi. Bugungi kunda muzey xazinasi 90 mingdan ortiq
nodir eksponatlarni o’z ichiga oladi. Bu yerda eramizdan avvalgi uchinchi
asrdan to hozirgi vaqtgacha bo’lgan davr ichida yaratilgan asarlarni uchratish
mumkin.
Muzey eksponatlari asosan Qadimgi Xorazm davri, moddiy va madaniy o’ziga xos tarixi, urf-odatlari va qadriyatlariga ega bo’lgan qoroqalpoqlarning xalq amaliy san’ati namunalari, shuningdek, o’zbek, rus, qoraqalpoq rassomlarining sara tasviriy san’at asarlarini o’z ichiga oladi. 2003-yilda esa Yurtbshimizning tashabbusi bilan Nukus shahri markazida muzeyning yangi, zamoniviy binosi qad rostladi.
6. Ustyurt yassi tog`i
7. Mo’ynoq shahri
Mo’ynoq avvallari Orol dengizining asosiy baliqchilik portlaridan
biri sanalgan. Ҳozirda dengizdan 40 km
narida yotibdi. Orol dengizi qurishi bilan bu joy kemalar qabristoniga
aylangan.
8. Jonliq - qal’a
Jonliq-qal’a shahri Amudaryo sohilidagi eng hushmanzara joylardan biri
hisoblanadi. Qadimda bu joy Sharq va G`arb mamlakatlari bilan savdo sotiq
qiluvchi portlardan biri sanalgan. Qal’aning arxeologik topilmalari orasida
juda qo’p turli mamlakatlardan keltirilgan noyob artifaktlar topilgan. Ular Hindiston,
Xitoy , Misr va Yevropadan keltirilganligi aniqlangan.
9. Jirchi
Jir, yir—bir qancha turkiy xalqlarda qo’shiq, she’r ma’nosini
anglatuvchi tushuncha. Tatarlarda umuman xalq qo’shiqlari, qozoq va
qoraqalpoqlarda syujet asosiga qurilgan xalq she’riyati, ko’proq dostonlar jir
deb ataladi. Qoraqalpoq milliy asbobi qo’biz jo’rligida termalar ijro
etuvchilar jirchilar deyilgan.
10. Qoyqirilgan - qal’a
Miloddan avvalgi IV asr – milodiy IV asr. Qoyqirilgan -qal’a diametri 80 m doira formasida qurilgan.
O’rtada diametri 44,4 m
chamasidagi 2 qavatli inshot bo’lgan. Arxeologik qazish ishlari o’rtadagi inshotning
astronomik tadqiqotlar olib borish uchun qurilganligini aniqladi. Taxminlarga
ko’ra, Fomalgaut yuldizi eng yorug` yulduz hisoblanib, Qoyqirilgan-qal’aning
qurilishi ushbu astral timsolga bag`ishlangan. Qoyqirilgan-qal’ada topilgan
keramikadan statuya (odam haykalchalari) formasida ishlangan osuariylar
O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanmoqda.
uz24.uz
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.