Foydali maslahatlar 

10 712

  1989-yili Amerika Qo`shma Shtatlarida nashr etilgan "Ona zaminni qutqarmoqchi bo‘lganlar uchun 50 oddiy maslahat” kitobidan olingan ayrim maslahatlar bilan tanishing!
  Amerikaliklar 1970-yildan keyin elektr quvvati va suvni tejash yo‘liga o‘tishgan, chunki yoqilg‘i sarflanishini kamaytirib, karbonat angidrid chiqarish, elektr stansiyalar sonini kamaytirish, yangi atom elektrstansiyalarining qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik mumkin. 0‘shanda zaharli gazlar xavfi ham kamayadi, qazilma boyliklar tejalib, yovvoyi tabiat saqlanib qolinadi.
  Suvni tejash orqali yer osti suvini tortib olishda sarflanadigan energiyani kam sarflashga erishish mumkin. Tabiiy zahiralarning tugab qolishi milliy daromadning o‘sishiga ta’sir ко‘rsatgach amerikaliklar tejamkorlik yo’liga o‘tishdi. 1987-yili ular energiyadan 44 foiz kam foydalandilar, ammo sovutgichlar, avtomashinalar va televizorlar sonini kamaytirmadilar.
  Sayyoramizdagi hayotni yaxshilash uchun har bir kishi nima qilishi kerakligi haqida ushbu kitobdan parcha keltiriladi:
  • Ortiqcha gazeta va jurnallarga obuna bo‘lmang, chunki ularni tayyorlash uchun yog‘och ishlatiladi.
  • Tarkibida fosfat bo’lgan kir yuvish kukunlari o‘rniga sovunning xavfsiz turlarini (xo‘jalik va bolalar sovuni, soda) ishlating.
  • Jo‘mraklarga purkagich o‘rnating, ular suvni 50 foizga tejash imkonini beradi.
  • Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun tabiiy ravishda tuproqqa qo’shilib ketadigan materiallardan foydalaning.
  • Qanday chiqindilarni qayerga topshirish kerakligi to‘g‘risida ma’lumot yig'ishga erinmang.
  • Suvni behuda oqizmang (tishingizni tozalashda stakandan, idish-tovoq yuvishda tog‘orachadan foydalaning).
  • Aerozollardan kamroq foydalaning.
  • Xarid qilishda quyidagilarga e’tibor bering: Elimxaltalardan foydalanmang, ular chiqindiga aylanib chirimaydi, shuning uchun qog‘ozga qadoqlangan buyumlar yaxshiroqdir.
  • Uy hayvonlari yemagiga pestisidlar tushishiga yo‘l qo‘ymang.
  • Issiqlikni tejang, deraza tirqishlarini qish boshlanmasdan avval yopib chiqing.
  • Yoritish asboblaridan to‘g‘ri foydalaning.
  • Barcha ishlatilib bo'ladigan narsalami takroran ishlating.
  • Yovvoyi hayvonlami qo‘lingizdan kelguncha himoya qiling.
  • Ко’chat eking.
  • 0‘z bog‘ingizda va tomorqangizda pestisidlarni qo‘llamang.
  • Zaharli moddalarni maxsus belgili idishlarda saqlang. Ularni ko‘p muddat saqlamaslik uchun zarur hollarda qo‘shningizga ham berib turing.
  • Bog‘larda kuzgi xazonni chiriting.
  • Motorli transportdan kamroq foydalaning, o‘miga yayov yoki velosipedda yuring.
  • Idish yuvishda hech qachon kir yuvish kukunlaridan foydalanmang, chunki idishlarda kimyoviy moddalardan iborat qoplama hosil bo`ladi va uni yuvib tashlash qiyin. Agarda bunday idishga issiq ovqat solinsa, undagi zaharli kimyoviy moddalar ovqat bilan birga kishi organizmiga tushadi!
  • Agar uydagi tozalikni saqlashda maishiy kimyo vositalaridan foydalanishdan vos kecha olmasangiz, u holda bu kabi vositalarni oziq-ovqatlardan alohida saqlang!
  • Uyingiz serqatnov yo`l yaqinida joylashganmi? G`ir-g`ir qaynayotgan avtoulov Sizga xalaqit beradimi? Agar shunday bo`lsa, uyingiz oldiga ko`chat eking, ular katta bo`lgan sari Sizni shovqindan himoya qila boradi!
  • Yodingizda bo`lsin. Sizning sevimli kitoblaringiz chang yig`adi. Shuning uchun ularni oynali jovonda saqlash kerak!
  • Ko`proq ochiq havoda bo`lishga harakat qiling, shahardan tashqariga chiqib dam oling. Katta sanoat korxonalari bo`lmagan joylarda dam oling va ekologik toza mahsulotlarni iste`mol qiling!
  • Suvning behuda oqishiga yo`l qo`ymang! Suv behuda oqmasligi uchun xonadondagi barcha jumraklar sozligini doimo tekshirib turing!
  • Xonada hech kim bo`lmagan paytda chang zarrachalari o`tiradi, siz yurganingizda ular havoga ko`tariladi. Siz turgan joyda chang ko`p yig`iladi. Shu sabab, uyingizni doimo toza va ozoda saqlang!
  • Va nihoyat oxirgi maslahat, yuqorida o‘qib bilganlaringiz haqida do'stlaringizga so‘zlab bering, ular sizga fikrdosh bo‘lsin.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.