0‘rmon - suvdir, suv hosildir, hosil esa hayotdir. 

4 989

  0‘simliklar dunyosi Yerdagi hayotning birlamchi manbai hisoblanadi. Ular yiliga 380 mlrd.tonna organik modda hosil qiladi, buning 325 mlrd.tonnasi dengiz va okean o‘simliklariga, 38 mlrd. tonnasi o‘rmonlarga, 6 mlrd.tonnasi o‘tloqlargato‘g‘ri keladi. Bundan tashqari o‘simliklar tabiatda eng muhim jarayonni — fotosintez natijasida, barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur bo‘lgan kislorodni etkazib beradi.
  Ma’lumki, 0‘zbekiston Yer maydonining 5 foizni yoki 2,37 mln. gektarini o‘rmonlar tashkil etadi. Bu o‘rmonlarning bir qismi tekisliklarda, qolgan qismi tog‘larda joylashgan.
  0‘rmon resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda qanday ishlarni amalga oshirish kerak. Bular quyidagilardan iborat: o‘rmonlardan yog‘och tayyorlashda uni qayta ishlashda nobudgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘rmondan yoqilg‘i sifatida foydalanmaslik: ayniqsa yosh o‘simliklarni nobud bo‘lishdan saqlash: ularni hosildorligini oshirish; kasallik va zararkunandalardan himoya qilish; yong‘indan saqlash; ifloslanishdan saqlash kabilar.
  0‘rmonlarning ko‘p bo‘lishi katta ahamiyat kasb etadi. Birinchidan sayyoramiz havosini tozalab turadi, chunki 1 ga. o‘rmon 18 mln.kub.m. havoni tozalab turadi. Ikkinchidan, tuproqda namni uzoq ushlanib turishini ta’minlaydi, 10 ming ga. o‘rmonzorlar 500 ming m.kub hajmdagi suvni ushlab qoladi. Uchinchidan, ko‘chma qumlarni mustahkamlaydi.
  Shunday ekan, hozirgi vaqtda asosiy qiladigan ishimiz o‘rmonlarni ko‘paytirish, buning uchun o‘simliklarni urug‘laridan yangi ko‘chatlar hosil qilib ekish, togii hududlarda zinapoyasimon shaklda o‘rmonzorlar tashkil etish lozim. Bu bilan tog‘larda tez-tez bo‘lib turadigan selni, oldi olinadi.
  Shuningdek, cho‘l o‘rmonlaridan foydalanishda juda qattiq tartib o‘rnatib, kesish va mol boqish man qilinsa, bu o‘rmonlarda o‘sadigan qora va oq saksovul, juzg‘un, quyonsuyak va butalar yaxshi o‘sib qumlarni mustahkamlaydi.
  Bundan tashqari mavjud o‘rmonlarni turli kasallik va zararkunandalardan saqlashda biologik usullardan, ya’ni foydali qush va hasharotlardan, hayvonlardan foydalanilsa, o‘rmonlarni ifloslanishdan saqlash mumkin bo‘ladi. 0‘rmonlarni muhofaza qilish, yangi o‘rmonlarni tashkil qilishdek muqaddas ishga hammamiz o‘z ulushimizni qo‘shishimiz kerak.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.