Nima uchun ayollar erkaklarga nisbatan uzoq umr ko'radi?
Antropologlar
ibtidoiy jamoa tuzumi va qadimgi tosh davrlarini insoniyat tarixida eng uzoq
davom etgan shu bilan birgalikda keksaliksiz o'tgan jamiyat sifatida
ta'riflashadi. Tadqiqotlar bu davrda kishilarning o'rtacha umr ko'rishi 20-34
yoshdan oshmaganligini ko'rsatadi. Keyinchalik esa inson ongi tafakkuri
rivojlanishi, sivilizatsiyaning yaratilishi Sharq va G'arb ilm fan sohalarining
taraqqiy etishi insonlar umrini ham birmuncha uzaytirdi. XV asrda bu
ko'rsatkich 40 yoshgacha , XVIII asrda 43 48, XIX asrda 57, XX asrda esa 71
yoshgacha o'sdi.
Qarilik
haqida bir qancha nazariyalar ilgari surilgan. Gerantologlarning fikricha, bu
moddalar almashinuvining buzilishi ya'ni organizmning tashqi muhitga moslanish
qobiliyatining susayishidir Normal fiziologik qarish sekin-asta yuz beradi.
Bunda dissimilyatsiya jarayoni assimilyatsiya jarayoniga nisbatan jadal kechadi
va a'zolardagi asosiy to'qimalar atrofiyaga uchraydi. Ya'ni nobud bo'ladi bu
jarayon, avvalo miyadan boshlanadi undagi 17-22% to'qimalar qisqara boradi. Bir
o'zi 5 xil funktsiyani bajaruvchi jigarda 12-14% to'qimalarda atrofiya
boshlanadi. Natijada insonlarning funktsional va reaktiv imkoniyatlari
pasayadi. Tadqiqotlarga ko'ra, odam aslida 100-120 yoshda fiziologik qariy
boshlaydi. Biroq bugungi kunda bu holat deyarli kuzatilmaydi. Yildan yilga
ko'payib borayotgan turli kasalliklar va epidemiyalar, narkomaniya, alkogalizm,
kashandalik ekologiyaning buzilishi, shuningdek boshqa ko'plab ijtimoiy
faktorlar ta'sirida insonlarda keksalik alomatlari ancha erta paydo bo'lmoqda.
Statistik
ma'lumotlarga ko'ra erkaklarga nisbatan ayollarning ko'proq umr ko'rishi
tasdiqlangan. Qizig'i shundaki, bu nafaqat insonlarda balki hayvonlarda ham kuzatilgan
ekan. Erkaklar atreskleroz, yurak va miya qon tomirlarining faoliyati buzilishi
nisbatan ertaroq boshlanadi. Ularning infarkt, miokardga chalinish ehtimoli
ayollarga qaraganda 40-49yoshda, 50-59 yoshda va 60 yoshdan keyin ikki barobar
ortadi Buni jinsiy garmonlar bilan ham izohlash mumkin. Ayollar organizmida
faqat estrogenlarni, erkaklar organizmida esa ko'proq androgenlarni sintez
qiladi.
Estrogenlar
o'z navbatida organizmni turli xastaliklardan himoya qilish xususiyatiga ega.
Bundan tashqari vaqtida yig'i orqali chiqarilib tashlanmagan hissiy kechinmalar
gipertoniya, yurak kasalliklari, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichaklarda
yuzaga keluvchi kasalliklarga sabab bo'ladi. Ayollarga «yig'loqi»ligi bu
jihatdan foyda keltiradi. Xulosa qilib aytganda, sog'lom, baxtli va uzoq umr
ko'ray desangiz zararli odatlardan voz keching va o'zingizga katta e'tibor
bering.
Dilora Dehqonova
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.