O'zbekistonda erkaklar pensiyaga chiqqandan so'ng yana qancha umr kechiradi? Ayollar-chi? 

2 341

 
O'zbekiston aholisi pensiyaga chiqqandan so'ng eng uzoq umr ko'radigan insonlar ekanligi aniqlandi. Tadqiqotlarda pensiyaga chiqqandan so'ng ayollar(pensiya yoshi 55) o'rtacha 20 yil, erkaklar (pensiya yoshi 60) 9,7 yil yashashi ma'lum bo'ldi.
 
"Настоящая время” telekanali Jahon bankining Women, Business and the Law loyihasidagi pensiyaga doir ma'lumotlar va Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining kutilayotgan o'rtacha umr davomiyligi bo'yicha Global Health Observatory hisoboti asosida sobiq ittifoq hududidagi qaysi davlatda pensionerlar eng uzoq umr ko'rishini aniqladi.
 
O'zbekiston 29,7 yillik ko'rsatkich bilan birinchi o'rinni egalladi. Hisobotda mamlakatimizda ayollarning kutilayotgan o'rtacha umr davomiyligi 75, erkaklarniki esa 69,7 yoshga tengligi ma'lum qilingan. Zero, tadqiqotlarda pensiyaga chiqqandan so'ng yurtimiz ayollari(pensiya yoshi 55) o'rtacha 20 yil, erkaklari(pensiya yoshi 60) 9,7 yil yashashi ma'lum bo'ldi.
 
Ikkinchi o'rin 29,6 yil natija bilan Rossiyaga nasib etdi. Mazkur mamlakatda pensiya yoshini oshirish bo'yicha islohotlarni qabul qilish rejalashtirilyapti. Bugungi kunda esa bu erda pensiyaga chiqqandan so'ngerkaklar 6,4 yil (66,7 yosh), ayollar esa 23,2 yil (77,2 yosh) yashashi mumkin.
 
Belarus eng uzun umr ko'radigan pensionerlar ro'yxatida uchinchi o'rinni egalladi. Bu mamlakatda mazkur raqamlar ayollarda 21 yil, erkaklarda esa qariyb 6 yil ekanligi ayon bo'ldi.
 
Bu borada eng past ko'rsatkich Qozog'istonda qayd etildi. U yerda pensiyaga chiqqandan so'ng o'rtacha umr ko'rish 8,05 yilga teng bo'ldi. Amaldagi qonunchilikka ko'ra 63 yoshdan pensiyaga chiqqach, ayollar o'rtacha yana 12 yil, erkaklar esa taxminan 4 yil yashashi aniqlandi.
 
Agar alohida solishtiriladigan bo'lsa, pensiyaga chiqqandan so'ng ayollar o'rtasida rossiyaliklar (23 yildan ziyod) eng yaxshi natijaga erishgan bo'lsa, Belarus (21 yil) va O'zbekiston (20 yil) qolgan pog'onalarni band etgan. Qozog'iston va Moldova esa, aksincha, oxirgi o'rinlarni egalladi — 12 yildan sal ortiqroq.
 
Shu tariqa hisobotda o'zbekistonlik erkaklar pensiyaga chiqqandan so'ng eng uzoq umr ko'radigan insonlar ekanligi oydinlashdi. Ularning bu boradagi natijasi o'rtacha qariyb 10 yil bo'lib, bu mintaqadagi eng yuqori ko'rsatkichdir. Ikkinchi o'rin ukrainaliklarga nasib etdi. Ular pensiyaga chiqqandan so'ng o'rtacha 7,6 yil yashab, 67,6 yil umr ko'rishi tahlillarda ma'lum bo'ldi. Rossiya esa ro'yxatning uchinchi o'rnini egalladi – 6,5 yildan sal kamroq.
Manba: xs.uz

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.