Azor orollari 

3 085

Azor orollari (portugalcha Ilhas dos Acores — Qarchig‘aylar oroli) — Atlantika okeanining shimoliy qismidagi arxipelag. Pireneya yarim orolidan g‘arbda joylashgan. Portugaliya tarkibida. 9 ta yirik orol va kelib chiqishi vulkanik bo‘lgan bir qancha riflardan iborat. G‘arbdan sharqqa qariyb 600 km ga cho‘zilgan. Maydoni 2,3 ming kv.km. Relyefi tog‘li, balandligi 2351 metrgacha (Piku orolidagi Piku tog‘i). Tez-tez zilzila bo‘lib turadi. Issiq va qaynoq suvli hamda mineral buloq ko‘p. Iqlimi subtropik, dengiz iqlimi; yanvarning o‘rtacha harorati 14°, iyulning harorati 22°; yillik o‘rtacha yog‘in 800 mm atrofida bo'ladi. Tog‘ yon bag‘irlari o‘rmonlar bilan qoplangan, makvis chakalakzorlari bor. 1431-1453-yillarda Azor orollariga portugallar borib o‘rnashgan. Aholi sitrus o‘simliklar o‘stirish, tokchilik, ananas, banan yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Azor orollari Trans-Atlantika havo va dengiz yo‘llari kesishgan joyda. Asosiy portlari: Pon-ta-Delgada, O'rta.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.