26-may Polshada onalar, Gruziyada mustaqillik kuni 

157

26-may Polshada onalar kuni
 May oyida quyosh charaqlab, tabiat o‘zgacha tus oladi. Tabiatning bahorda uyg‘onishi  qandaydir iliqlik, yangilikni yaratilishini insonning diliga soladi. Aynan shunday his-tuyg‘u ona bilan bola o‘rtasida paydo bo‘ladi. Polshada onalar kuni-juda chiroyli, samimiy, ko‘ngilni yumshatadigan bayramdir, chunki har bir farzand yoshligidan boshlab, to umrining oxirigacha qalbida yakkayu-yagona, tengi yo‘q siymoni-har doim seni tushunadigan, avaylab-asraydigan, jon-dili bilan sevuvchi ona siymosini saqlab yuradi. Onalik baxti va go‘zalligini asrlar o‘sha rassomlar, yozuvchilar, shoirlar kuylab kelganlar. Bu esa bejis emas, chunki davlat va jamiyatning madaniyati va ravnaqi bolaga  tarbiya berayotgangan ayolning qadrlanishi, sharaflanishi bilan bog‘liq. Necha zamonlardan beri ayol nazokat va nafosat, sadoqat va muhabbat, sabr va matonat, shijoat va jasorat sohibasi sifatida dunyoni lol qoldirib kelyapti. Tarix sahifalarini varaqlasak, mashhuri jahon ayollarni ko‘p uchratamiz. Ona mehrini ko‘rgan, mustahkam, ahil-totuv oilada o‘sgan bolalar eng baxtli bolalardir.

26-may Gruziyada mustaqillik kuni
 Mustaqillik Kuni - Gruziyaning asosiy davlat bayramlaridan biridir.19 asrdan Gruziya Rossiya tarkibida bo‘lgan. 26-may 1918-yilda Gruziyaning demokratik hukumati Noe Jordaniya boshchiligida mamlakatni mustaqil deb tantanali suratda e'lon qildi. Bugungi kunda aynan bu sanada Gruziya davlatining mustaqillik kuni deb nishonlanadi. Gruziya Demokratik Respublikasining birinchi mustaqilligi 18-mart 1921-yilda bo‘lgan. Bu davr ichida Gruziyani Yevropadagi 23 ta davlat tan olgan. (Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Turkiya, Osiyo, Lotin Amerikasi, Argentina va boshqalar).

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash