15-may Xalqaro iqlimni saqlash kuni


15-mayda dunyo jamiyati xalqaro iqlimni saqlash kunini o’tkazadi. Bu norasmiy ekologik bayramni ta'sis qilishga meteorologlarning hozirgi va kelajakdagi avlodlar farovonligi manba'i bo’lmish iqlimni asrashga chaqirig’i turtki bo’ldi. Iqlimni saqlash-insoniyat oldida turgan dunyo miqyosidagi muammolarning biri. Globallashish, atmosfera  qatlamida ozon miqdorining  o'shishi,  tabiatdagi keskin o‘zgarishlar, sayyorada  ob-havo sharoitlarining o‘zgarishi - bu  hammasi Yerda iqlimni yomonlashishiga olib kelyapti, natijada, odamlarning oziq-ovqatiga, hayotiga va mulkiy  havfsizligiga salbiy ta'sir etyapti. Yer haroratining oshib borishi  iqlimning halokatli o‘zgarishi qanchalik tez kelishi savoliga zamonaviy fanlar javob qila olishmaydi. Sayyorada orqaga qaytmaydigan iqlimiy o‘zgarishlarga olib keluvchi asosiy muammolardan biri- atmosferaga to‘yingan issiqxona gazlarining ko‘tarilishi. Birinchi marta bu ko‘rinish 1992-yilda Rio-de-Janeyroda Yer sammitida ko’rib chiqilgan. Dunyoning 180 dan ortiqroq mamlakatlari vakillari BMT iqlimni o‘zgarishlar  haqidagi konvensiyasini  (RKIK) imzolashdi. Bu kelishuv davlatlarning atmosfera sathida  issiqxona gazlarini barqaror qilishga yo‘naltirilgan harakatlarning umumiy prinsiplarini aniqladi. 1997-yili oxirida Kioto (Yaponiya) da RKIK a'zolari uchinchi konferensiyasida, konvensiyaga qo‘shimcha, mashhur Kioto protokoli - xalqaro hujjat qabul qilingan edi. Bu hujjat rivojlangan va o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlariga  issiqxona gazlari chiqindilarini 2008-2012-yillarda 1990-yilga nisbatan qisqartirish yoki barqaror qilish majburiyatini qo’ydi. 10 yil o‘tgach, 2007-yili dekabrda, Balida (Indoneziya) yana bitta iqlimni o‘zgartirishlar savollariga bag‘ishlangan BMT anjuman bo‘lib o‘tdi. Uning qatnashchilari 190 dan ortiqroq  davlatlar vakillari xalqaro kelishuv imzolashdi. Iqlimni asrashga hamma o’z hissasini qo’shishi mumkin, bu murakkab emas. Buning uchun, masalan, avtomobildan kamroq foydalanish, xonadonda energiya saqlovchi yoritish manba'laridan foydalanish, daraxtlar o’tkazish  va ko‘kalamzorlikni qo‘riqlashda qatnashish mumkin.

15-may Moskvada ilk metro qatnovi ishga tushgan kun
1935-yilning 15-mayida poytaxt metrosining birinchi liniyasida poezdlarning doimiy qatnovi ishga tushdi. U Moskvaliklarning sevimli dam olish joylaridan biri bo'lgan Sokolnik va Dam olish oromgoxini birlashtirgan. Moskva metrosi dunyodagi eng chiroyli va demokratik metrolardan biri hisoblanadi. Har qanday ob-havo sharoitiga qaramasdan poytaxt yer osti metrosi kuniga 9 mln yo'lovchilarni tashiydi. U uzunligi bo'yicha Nyu-York, London, Parij va Tokioning metrolaridan keyin beshinchi o'rinda turadi. Metropoliten 12 yo'nalish bo'yicha harakat qiladi. Uning umumiy uzunligi 298,8 km.ni tashkil qiladi va 180 stansiyadan iborat. Shuningdek uning tarkibiga bir izli yo'llari ham kiradi. Hamma liniyalarga tartib raqamlari berilgan. Metroning Butov liniyasi bundan istesno, u L1 raqami bilan mashhur. 2015-yilda Moskva metrosiga 80 yil bo'ladi.

15-may Amerikalik Ellen Cherch dunyoda birinchi bo'lib styuardessa bo'lgan kun
1930-yil 15-mayda San-Fransisko-Shayenn reysida dunyoda birinchi bor Ellen Cherch styuardessa vazifasini o‘tadi. Undan keyingi uch yil mobaynida amerika aviakompaniyalarining deyarli hammasi styuardessalar bilan ta'minlandi. Ularning paydo bo‘lishi haqiqatda passajir tashuvchi aviatsiya ning ommalashib ketishiga sabab bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushida Ellen Chyorch meditsina samolyotida hamshira bo‘lib ishladi.Shimoliy Afrika va Italiyadan jarohatlangan askarlarni tashishda yordam bergan. Keyinchalik Fransiyaning sanitar poyezdida ishladi. U bir qancha medallar bilan taqdirlangan. Ellen Cherch Kreskoning nomini abadiylashtirish maqsadida tug‘ilib o‘sgan shahriga uning nomi berilgan.

15-may Iogann Kepler o’zining quyosh sistemasidagi sayyoralar harakatining uchinchi qonunini ochgan kun
1618-yil 15-mayda mashhur nemis astronomi Iogann Kepler (1571-1630)   sayyoralarning Quyosh atrofida aylananish davri kvadratlarining nisbati ularning quyoshdan o’rtacha uzoqligi kublari nisbatiga tengligini aniqladi. Elliptik orbita bo’ylab harakatlanuvchi osmon jismlariga tegishli Keplerning uchinchi qonunini sayyoralar va ularning yo’ldoshlari hamda umumiy massa markazi atrofida elliptik orbitalar bo’ylab harakatlanuvchi qo’shaloq yulduzlarga qo’llab, bu osmon jismlariga tegishli ba'zi kattaliklarni aniqlash mumkin. Xususan, bu qonun sayyoralarning massalarini Quyosh massasiga nisbatan hisoblashga, shuningdek, kuzatishlar yordamida qo’shaloq yulduzlardan birining ikkinchisiga nisbatan aylanish davrini aniqlash hamda ularning yillik parllakslarini o’lchash asosida, ularning umumiy massalarini hisoblashga imkon berdi. Kepler o’z qonunlari asosida sayyoralarning harakat jadvallarini tuzdi.

15-may Janubiy Koreyada o’qituvchilar kuni
15-mayda Choson davridagi buyuk monarx maorifchisi Sechjonning tavvalud topgan kuni, shu sababli janubiy Koreya pedogoglari o’zlarining kasbiy bayrami – o’qtuvchilar kunini noshonlashadi. Aa'naga ko’ra bu kun o’quvchilar va ularning ota-onalari, o’qituvchilarga o’z minnatdorchiligini bildirib sovg’alar va gullar berishadi. Keyingi yillarda bu bayram Koreya  pedogoglari uchun quvonarli bayram bo’lmay qoldi. Chunki ko’pgina tanqidiy fikrlar bildirilib, bayram o’zinig  oldingi mazmun mohiyatini yo’qotib, faqatgina rasmiyatchillika aylanib qolgan. Ko’pgina ota - onalar va o’qtuvchilar bu bayramni kunini o’zgartirish yoki bayramni bekor qilish tarafdorlaridurlar. Keyingi yillarda davlat maktablarining va o’qituvchilarining obro’lari repetitorlarga qaraganda ancha tushib ketgan. O’quv yili Koreya maktablarida 2-martdan boshlanadi va rasmiy ravishda fevralning oxirida tugaydi. Koreya maktablarining sinf rahbarlari  har yili o‘zgarib turadi. Shuning uchun o’qituvchilar kuni o’quv yilining aynan qizg’in davriga to’g’ri kelgan bo’lib, ota - onalarning snif rahbarlariga bo’lgan bee'tiborsizligi  ularning farzandlarini o’quv yili davomida sevimli o’quvchilariga aylanmasligiga olib keladi. Agar bayramni fevral oyining oxiriga ko’chirilsa unda ota - onalar ma'qul topsalar sinf rahbarlarini chin qo’ngildan tabriklashlari mumkin.  

15-may Gollandiyada qora lolalar kuni
1637-yil 15-mayda juda katta bayram e'lon qilindi. Bayram tantanasiga dunyoning barcha botanik va bog‘dorchilik mutaxassislari taklif qilindi. Bayram Xarlem markaziy  ko‘chasida qo‘llarida qora lolalar ko‘tarib, uzun kiyimlar kiyib olgan erkaklarning tantanali karnavali bilan boshlanadi. Ularning ketidan oppoq baxmal to‘shalgan, o‘rtasida billur guldonda qora -binafsha rangli lola solingan zambillar olib o‘tiladi. 1986-yil martda Gollandiya Milliy institutining direktori Xenk van Dam jurnalistlarga institut laboratoriyasida mutlaqo qora lolalarni yetishtirilgani haqida ma'lum qildi. Shunday qilib, 1637-yilda qora lolani namunaviy navini yetishtirilgan.

15-may Rossiyaning Moskva shahrida metropoliten kuni
15-may 1935-yili Moskva va uning mehmonlari uchun haqiqiy hodisa bo’ldi. Shu kuni soat 7.00da birinchi Moskva metropoliteni – Sokolnik va Park liniyasi ochildi. Liniyaning uzunligi 11,2 km bo’lib, 13 stansiyadan iborat bo’lgan. Urush arafasida yana metropolitenning 2 liniyasi ishga tushdi. G’alabadan so’ng metropolitenning yangi stansiyalari qurilgan, 1954 yilda esa oxirgi liniyalari qurib bo’lindi va 60-yillari yanada rivojlandi. Bugungi kunda Moskva metropoliteni 295 km va 12 ta stansiyadan iborat. Uning tartibiga bir izli yo‘l kiradi va u 9000000 yo‘lovchilarni tashish imkoniyatiga ega. Moskva metropoliteni dunyo bo’yicha eng chiroyli hisoblanadi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing!

Sharhlar

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив