20-dekabr Xalqaro xavfsizlik xizmati xodimlari kuni 

1 974

20-dekabr kuni xavfsizlik xizmati bilan shug‘ullanuvchi idoralari kasb bayramini nishonlaydilar. Ular muntazam jamoat xavfsizligini ta'minlash bilan bog‘liq muammolarni hal qiluvchi insonlardir. Insonlar xavfsizligi milliy havfsizlik hisoblanadi. Milliy xavfsizlik- fuqarolar, jamiyat va davlat, shuningdek millliy qadriyatilar, tashqi va ichki tahdidlar keng ko‘lamda hayotiy manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi. Mazkur bayram MDHning ayrim mamlakatlarida milliy bayram sifatida nishonlanib kelinadi. An'anaga ko‘ra, xavfsizlik xizmati xodimlari kasb bayramida davlatga katta xizmat ko‘rsatgan davlat fahriylari ushbu kunda taqdirlanadilar.

20-22-dekabr kuni Hindistonning Dehli shahrida Ko‘cha ovqatlari festivali bayrami bo‘lib o‘tadi. Javaxirlal Neru stadionida 20 ta mamlakatdan oshpazlar kelib ovqat tayyorlaydi. Hakamlar hayati  tayyorlangan ko‘cha ovqatlarini tatib ko‘rib baho beradilar. Bayramni o‘tkazishdan maqsad, ko‘cha ovqatlarini mazali va foydaliligini ko‘rsatish. Ko‘cha ovqatlarini foydali tomoni shundaki, chet el mamlakatlariga xos kelgan mehmonlarga huzur bag‘ishlab,  bir-biridan farq qiladigan, tez tayyorlanadigan, ekzotik delekateslarni tayyorlab xo`rrandani ko‘nglini olish. Bu bayramni Hindiston davlati savdo-sotiq assotsiatsiya uyushmasi ishlab chiqqan. Ikki kun davom etadigan bu bayramda sotuvchilarni qo‘llari-qo‘llariga tegmay ovqat sotishadi. Bu bayram  Hindiston mamlakatida keng nishonlanadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.