Yuklanmoqda...

Braziliyaning umumiy iqtisodiy-geografik tavsifi 

620

Braziliyaning umumiy iqtisodiy-geografik tavsifi

  Braziliya — Janubiy Amerikaning eng yirik mamlakatidir. U maydonining kattaligi va aholisining soniga ko'ra jahonda 5-o'rinni egallaydi. Umuman, maydoni 8547,4 ming kv. km., aholisi esa 201,0 mln. kishi (2013-y). Davlat tuzumi — Federativ Respublika. Tarkibida 23 shtat mavjud. Shuningdek, alohida yana 3 federativ hudud va poytaxt atrofi hududlarini birlashtiruvchi 1 federativ okrug davlatning hududiy-ma’muriy tarkibini tashkil qiladi. Hududi mineral tabiiy boyliklarga boy. Unda 50 ga yaqin mineral xomashyo resurslari, ayniqsa, qora va rangdor metallarning boy konlari topilgan. Jahondagi eng yirik va tarkibi eng boy temir ruda konlaridan hisoblanadigan Minas-Jerays va Karajas mamlakat iqtisodiy hayotida katta ahamivatga ega. Shuningdek, Braziliya dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan yirik marganes, boksit polimetall konlariga ham ega. Uning hududida turli asl va nodir metall konlari ko'p. Ammo u yoqilg`i resurslarining biron xiliga ham boy emas.
 Braziliyaning qulay tabiiy sharoiti tufayli hududining 2/3 qismi nam ekvatonal o'rmon (selva)lar va tropik changalzorlar buan qoplangan. Shu sababli Braziliya jahonda о rmonga eng boy mamlakatlardan biridir.
 Mamlakatning muhim tabiiy resurslari qatoriga suv va gidroenergetika boyliklari ham kiradi. Jahondagi eng sersuv Amazonka daryosi va irmoqlari, shuningdek, Tokantins, San-Fransisko, Parana kabi daryolari nihoyatda ulkan energetika quvvatlarini yashirib yotadi.
  Braziliya yer resurslariga ham juda boy. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan foydali yer maydoni ko'rsatkichiga ko'ra u jahonda Avstraliya va Rossiyadan keyinda turadi. U agroiqlim resurslariga ham nihoyatda boy. Bularning hammasi Braziliyaning o'ta ulkan iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. 
 Aholisi, asosan, tabiiy ko'payish hisobiga yiliga 1,2 foizga o'syapti. Aholisining etnik tarkibida 80 dan ortiq millat va etnik guruh qatnashadi. Bular orasida kelib chiqishi bo'yicha yevropaliklar salmog'i, rasmiy ma’lumotlp.ga ko'ra, jami aholining 2/3 qismini tashkil qiladi. Keyingi katta etnik guruh metislar va mulatlardir. Hindular, asosan, Amazonka o'rmonzorlari ichki qismida, negrlar esa mam­lakatning shimoli-sharqiy rayonlarida ko'proq tarqalgan.
  Braziliya aholisi hududiy jihatdan ancha notekis joylashgan. Aholisining o'rtacha zichligi har 1 kv. km. maydonga 24 kishidan to'g'ri kelgani holda, uning 90 foizi jami hududining 2/5 qismida joylashgan. Mamlakat aholisining yarmidan kо'pi jami hududining 7 foizini tashkil qiladigan torgina okeanbo'yi hududlarida yashaydi. Shu bilan birga, Braziliyaning yarmidan ko'proq maydonini tashkil qiladigan g'arbiy rayonlarida jami aholisining atigi 5 foizigina yashaydi.
  Braziliya yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi — aholisining 86,9 foiziga yaqini shaharlarda yashaydi. Unda 7 ta «millioner» shaharlar mavjud bo'lib, San-Paulu va Rio-de-Janeyro jahonda eng yirik shaharlar qatoridan o'rin oladi.
  Xo'jaligi. Iqtisodiyotining yetakchi tarmog'i bo'lgan sanoat so'nggi yillarda barqaror tadrijiy rivojlamsh ko'rsatkichlariga egaligi bilan ajralib turadi.
  Metallurgiya sanoatining tez rivojlanishi, o'z navbatida turli mashinasozlik tarmoqlari taraqqiyotini ancha tezlashtirdi. Hozirgi vaqtda Braziliya o‘z avtomobilsozlik (yiliga 1 mln. dan ortiq avtomobillar ishlab chiqaradi), samolyotsozlik, kemasozlik tarmoqlariga ega. Unda aniq va murakkab mashinasozlik, ayniqsa, fantalab mikroelektronika. radiotelemexanika. asbobsozlik kabi tarmoqlar katta yutuqlarga ega. Import qilinadigan neft asos.da neft-kimyo sanoati tobora rivojlanmoqda. Biomassalar, birinchi navbatda, shakarqamish chiqindilarini qayta ishlash asosida jahonda birinchi bo'lib etil spirti (benzin o'mida motor yoqilg'isi sifatida avtomobil transportida foydalanilmoqda) ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Dunyodagi eng yirik GES lar qurilishi hisobiga (Itaypu—quvvati 12,6 mln. kVt, Oukurui — quvvati 8 mln. kVt, Ksindo — quvvati 5 mln. kVt GES lari) elektr energetika sanoati katta yutuqlarga erishdi.
  Brazilia shahrida hozir 1 mln.ga yaqin aholi yashaydi. Unda, asosan, davlat boshqaruv muassasalari va xizmat doirasi xodimlari, yengil va oziq-ovqat korxonalari, transport-telekommunikatsiya tarmoqlarining ishchi-xizmatchilari yashaydi.
  Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik ham, chorvachilik ham tovar ahamiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Dehqonchilikda donchilik, kofe, banan va shakarqamish yetishtirish muhim rol o'ynaydi. Chorvachilikda go'sht chorvachiligi va qoychilik keng tarqalgan.
 Transporti. Temir yo'l, avtomobil, dengiz va daryo transportlari yaxshi rivojlangan. Temir yo'l transporti Atlantika okeani sohilida avtomobil transporti mamlakatning barcha hududlarida daryo transporti Amazonka daryosida (okean kemalari Manaus shahrigacha kinb boradi) rivojiangan Dengiz transport, yuk tashish hajmi bo'yicha yetakchi o'rinni egallaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Eksportga temir yo`l, rangli metallar, banan, kofe, shakarqamish, yog‘och, mashinasozlik mahsulotlarini chiqaradi. Neft va neft mahsulotlari, mashinasozlik mahsulotlarini import qiladi. Eksporti 250 mlrd., importi 170 mlrd. AQSH dollarni tashkil etadi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash