Braziliya 

13 352

Maydoni – 8515,7 ming km
Aholisi (2018-y.) – 209,4 mln
Poytaxti - Brazilia 

Braziliya Federativ Respublikasi Janubiy Amerikadagi eng yirik davlat. Qirg‘oqlari sharqdan Atlantika okeani suvlari bilan yuviladi. Braziliya Chili va Ekvadordan tashqari Janubiy Amerikadagi barcha davlatlar bilan chegaradosh. Hududining kattaligi bo‘yicha jahon mamlakatlari orasida 5-o‘rinni egallaydi. Boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasi. Braziliya 26 ta shtat va 1 ta federal poytaxt okrugidan iborat.

Tabiiy sharoiti va resurslari. Braziliyaning hududi qadimgi Janubiy Amerika platformasida joylashgan. Shuning uchun relyefi pasttekislik va yassitog‘liklardan iborat. Mamlakat shimolida katta maydonni Amazoniya pasttekisligi egallaydi. Undan janubda kuchli par chalangan Braziliya yassitog‘ligi joylashgan.

Braziliyada neft, ko‘mir, temir rudasi, boksit, nikel, uran, olmos va boshqa foydali qazilmalarning yirik konlari mavjud. 

Braziliyaning katta qismi ekvatorial va subekvatorial iqlim mintaqalarida joylashganligi sababli iqlim sharoitiga yuqori darajadagi namgarchilik va issiqlik xosdir.

Sernam iqlim tufayli Braziliyada gidrografik tarmoqlar yaxshi rivojlangan. Braziliya shimolidan jahonning eng sersuv daryosi – Amazonka o‘tadi. Amazonkaning havzasida jahondagi eng yirik va qalin o‘rmon massivlaridan biri shaklangan.

Aholisi. Braziliyada 209 mln. kishidan ortiq aholi yashaydi (2018-y.). Aholining tabiiy ko‘payishi yuqori emas, yillik hisobda 0,7–0,8 % ga teng. 

Braziliya – yuqori urbanizatsiyalashgan davlat. Shahar aholisining ulushi 85 % dan yuqori. Braziliyada jahon miqyosida yirikligi bilan ajralib turadigan ikkita shahar – San-Paulu va Rio-de-Janeyro joylashgan. 

Braziliyaliklarning irqiy tarkibida yevropaliklar va mulatlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Davlat tili va kundalik hayotda eng ko‘p ishlatiladigan til – portugal tili. Aholining diniy tarkibida katoliklar yetakchilik qiladi.

Mamlakatning Atlantika okeaniga tutash janubi-sharqiy qismi jahondagi aholi eng zich joylashgan hududlardan biri bo‘lsa, Amazoniya o‘rmonlarida, aksincha, aholi juda siyrak joylashgan.

Iqtisodiyoti. Braziliya ulkan iqtisodiy salohiyati va tez o‘sib borayotgan ishlab chiqarish bilan ajralib turuvchi mamlakat. YIM hajmi bo‘yicha Braziliya jahonda 7-o‘rin egallaydi (2018-y.). 

Braziliya sanoati so‘nggi yillarda barqaror ravishda o‘sib bormoqda. Sanoatining eng muhim tarmoqlaridan biri metallurgiya hisoblanadi. Jahondagi eng yirik temir rudasi konlaridan hisoblanadigan Minas-Je-rays va Karajas katta iqtisodiy ahamiyatga ega. 

Mashinasozlik tarmoqlaridan Braziliyada avtomobilsozlik, samolyotsozlik, kemasozlik yaxshi rivojlangan. Mamlakatda mikro elektronika, radiotelemexanika, asbobsozlik kabi tarmoqlar katta yutuqlarga ega.

Braziliya elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha jahonning birinchi o‘ntaligiga kiradi. Mamlakat elektr energetikasida GESlarning o‘rni katta. Itaypu, Tukurai, Ksindo jahondagi eng yirik GESlar qatoriga kiradi.

Braziliya bioyoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda AQSHdan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. Braziliyada bu mahsulot shakarqamishni qayta ishlash asosida ishlab chiqariladi. Avtotransport vositalarining asosiy qismi aynan bioyoqilg‘i (etanol)dan foydalanib ishlaydi.

Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik va chorvachilik tovar ahamiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Dehqonchilikda donli ekinlar, kofe, shakarqamish, paxta, soya, tamaki, banan yetishtirish muhim ahamiyatga ega. 

Braziliya shakar, kofe, soya va tamakining eksporti bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi. Chorvachilikda go‘sht qoramolchiligi va parrandachilik yuqori darajada rivojlangan. Braziliya go‘sht ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha jahondagi yetakchi davlatlardan biri hisoblanad
i.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.