Nigeriya Federativ Respublikasi 

8 995

Maydoni – 923,7 ming km2.  Aholisi (2018-y.) – 195,9 mln. Poytaxti – Abuja
Nigeriya Federativ Respublikasi G‘arbiy Afrikada joylashgan. Qirg‘oqlari janubdan Atlantika okeanining Gvineya qo‘ltig‘i suvlari bilan yuviladi. Boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasi. 

Nigeriya federativ davlat bo‘lib, 36 ta shtat va federal poytaxt hududidan iborat. Nigeriyaning shtatlari, asosan, etnik tamoyil asosida ajratib qo‘yilgan. Poytaxti – Abuja shahri – mamlakatning markazida joylashgan. 

Tabiiy sharoiti va resurslari. Nigeriyaning hududi Niger va Benue daryolari bilan relyefi jihatdan farq qiladigan ikki qismga bo‘linadi. Shi-molda relyef, asosan, yassi tog‘liklardan iborat, mamlakatning janubiy qismi esa pasttekisliklar bilan band. 

Nigeriyaning eng katta tabiiy boyligi – uning neft zaxiralari. Neft konlari ko‘proq mamlakatning janubiy qismida joylashgan. Mamlakat, asosan, subekvatorial va ekvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan. 

Yil bo‘yi issiq harorat saqlanadi. Yog‘in miqdori janubiy dengizbo‘yi hududlaridan shimolga tomon kamayib boradi. Ekvato-rial iqlimli qismida yillik yog‘in miqdori 3 000 mm atrofida. Doimiy va fasliy nam o‘rmonlar hamda savannalar Nigeriyaning asosiy tabiat zonalaridir.

Nigeriyadagi daryolardan eng yirigi Niger daryosi hisoblanadi. U Gvineya qo‘ltig‘iga quyilishida katta deltani hosil qiladi. Niger deltasi mamlakatning muhim iqtisodiy rayoni hisoblanadi.

Aholisi. Nigeriya aholi soni bo‘yicha jahonda 7-o‘rinda turadi va u dunyoning 10 ta peshqadam davlati orasida tabiiy ko‘payishning eng yuqori sur’atlari bi-lan ajralib turadi. Nigeriya aholisi yiliga 4-4,5 million kishiga ko‘paymoqda. 

Nigeriya aholisining deyarli yarmi shaharlarda yashaydi. Nigeriyada 6 ta «millioner» shahar mavjud. Gvineya qo‘ltig‘i sohilida joylash-gan Lagos shahri nafaqat Nigeriya, balki butun Afrikadagi eng yirik shahar hisoblanadi. Lagos 1991-yilgacha mamlakat poytaxti bo‘lgan, lekin uning aholisi juda ko‘pligi sababli poytaxt Abuja shahriga ko‘chirildi.

Nigeriya Tropik Afrikadagi aksariyat mamlakatlar singari ko‘pmillatli davlat bo‘lib, aholisining etnik tarkibi 250 tadan ziyod mahalliy millat va elatlardan iborat. Eng yirik millatlari – xausa, yoruba va igbo (har biri jami aholining tahminan 20 %ini tashkil qiladi). Davlat tili – ingliz. Nigeriyaning shimoliy va g‘arbiy shtatlarida islom dini, sharqiy va janubiy shtatlarida esa xristian dini ko‘proq tarqalgan. 

Aholi zichligi mamlakatda o‘rtacha hisobda 1 km2 ga 200 kishidan ziyodroq bo‘lsa, qirg‘oqbo‘yi hududlarida bundan 3-4 barobar yuqoridir. 

Iqtisodiyoti. Nigeriya YIMning umumiy hajmi bo‘yicha Afrikada 1-o‘rinda turadi, YIMning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori esa uncha yuqori emas – 6 000 AQSH dollari atrofida. Ammo bu Tropik Afrikadagi ko‘p davlatlarga nisbatan birmuncha balandroq ko‘rsatkichdir (mintaqa bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 3 600 AQSH dollariga teng).

Mamlakat iqtisodiyotining asosi va davlat byudjeti daromadining bosh manbayi – neft eksporti. Neftni qazish va uni qayta ishlash sanoati Nigeriya sanoatining eng rivojlangan tarmog‘idir. Mamlakatda o‘rmon, to‘qimachilik, oziq-ovqat va tog‘-kon sanoati ham birmuncha rivojlangan. 

Qishloq xo‘jaligi – aholi bandligining asosiy sohasi. Nigeriyada yeryong‘oq, makkajo‘xori, sholi, sorgo, tabiiy kauchuk, paxta, sholi, turli sabzavot va meva ekinlari yetishtiriladi. Qoramolchilik, qo‘ychilik, echkichilik, cho‘chqachilik Nigeriya chorvachiligining asosiy tarmoqlari hisoblanadi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.