Misr Arab Respublikasi 

11 407

  

Qo`shimcha ma`lumot
Maydoni – 1001,4 ming km2Aholisi (2018-y.) – 97 mln. Poytaxti – Qohira
Misr Arab Respublikasi Afrikaning shimoli-sharqida hamda kichik qismi Osiyo qit’asidagi Sinoy yarimorolida joylashgan. Qirg‘oqlari shimolda O‘rta, sharqda Qizil dengiz suvlari bilan yuviladi. Suvaysh kanali bu ikki dengizni tutashtiradi hamda ayni paytda, Afrika va Osiyoning chegarasi hisoblanadi. Suvaysh kanalining o‘tganligi, Osiyo va Afrika tutashgan hududda joylashganligi Misr iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligini belgilaydi.

Boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasi. Misr poytaxti – Qohira shahri Nil deltasida joylashgan. 

Tabiiy sharoiti va resurslari. Misrning hududi, asosan, tekisliklardan iborat. Faqat Qizil dengizga yaqin qismi hamda Sinoy yarimorolida tog‘lar mavjud. Foydali qazilmalardan Misrda, asosan, neft, tabiiy gaz, temir rudasi, fosforit konlari mavjud. Misr hududining katta qismi tropik, O‘rta dengiz sohili esa subtropik iqlim mintaqasida joylashgan. Yozi juda issiq, qishi iliq. Yog‘in juda kam yog‘adi, yillik miqdori, odatda, 200 mm dan oshmay-di. Shuning uchun mamlakat hududi, asosan, tropik cho‘llar bilan band.

Issiq va quruq iqlim sharoitida Misr uchun suv resurslarining yetishmovchiligi xos. Mamlakatning yagona daryosi – uning hududini janubdan shimolga kesib o‘tib, O‘rta dengizga quyiladigan Nil – cho‘llar orasidan oqib o‘tadigan tranzit daryodir. Nil daryosida jahondagi eng yirik suv omborlaridan biri – Asvon suv ombori barpo etilgan.

Aholisi. Misr Afrika davlatlari orasida aholi soni bo‘yicha Nigeriya va Efiopiyadan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Aholining tabiiy o‘sishi nisbatan yuqori darajada saqlanib kelmoqda. Misr aholisi yiliga deyarli 2,5 % ga, ya’ni 2 milliondan ziyod kishiga ko‘payadi. Misrda shahar aholisining ulushi 45 % atrofida va bu ko‘rsatkich Shimoliy Afrikaning boshqa davlatlariga nisbatan pastroq darajada. Eng yirik shaharlari qatoriga Qohira, Iskandariya va Giza kiradi. Misr bir millatli davlat hisoblanadi, chunki aholisining 99 % i arablardan iborat. Keng tarqalgan din – islom. Lekin misrliklarning 10 % ga yaqin qismi xristian diniga mansub. Misrda aholi juda notekis joylashgan. Misrliklarning 90 % idan ziyod qismi aholi zichligi bilan jahon miqyosida ajralib turadigan Nil vodiysi va deltasida yashaydi. Shuningdek, Suvaysh kanali bo‘yida, O‘rta va Qizil dengizlar sohillarida ham aholi zichligi birmuncha yuqori.

Iqtisodiyoti. Misr Afrika qit’asidagi davlatlar orasida eng katta iqtisodiy salohiyatga ega davlatlardan biri. Mamlakat iqtisodiyoti agrar-industrial xarakterga ega. Sanoati, asosan, neft-gaz, to‘qimachilik, oziq-ovqat va kimyo tarmoqlariga ixtisoslashgan. Shuningdek, metallurgiya, mashinasozlik sanoati ham rivojlanib bormoqda. 

Qishloq xo‘jaligi sug‘orma dehqonchilikka tayanadi. Asosiy ekinlar – paxta, sho-li, makkajo‘xori, sabzavot, meva va poliz ekinlari. Chorvachilikning asosiy tarmog‘i qoramolchilik hisoblanadi.

Misr Arab Respublikasining davlat byudjeti uchun Suvaysh kanali orqali ke-malar tranzitidan tushadigan bojlar muhim daromad manbayidir. Misr iqtisodiyotining muhim tarmoqla-ridan biri turizm hisoblanadi. Turizmning rivojlanishiga Misr dengizbo‘yi hududlarining tabiiy sharoiti hamda mamlakatning juda boy tarixiy-madaniy merosi katta ta’sir ko‘rsatadi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.