Malayziya 

5 128

 Qo`shimcha ma`lumot
 
Maydoni – 329,7 ming km.kv. Aholisi (2018-y.) – 32,5 mln. Poytaxti – Kuala-Lumpur. Malayziya hududi Janubiy Xitoy dengizi bilan bir-biridan ajralib turgan ikkita qismdan iborat. Bitta qismi Malakka yarimorolining janubini egallasa, ikkinchisi Kalimantan orolining shimo-liy qismida joylashgan. Malayz iyaning yarimorol qismi yonidan Hind va Tinch okeanlarini tutashtiruvchi dengiz yo‘llari o‘tadi.

Boshqaruv shakli – konstitutsion monarxiya. 

Malayziya 13 ta shtat va 3 ta federal hududni birlashtiruvchi federativ davlat. 9 ta shtati mahal-liy monarxlar tomonidan boshqariladi hamda har 5 yilda ular o‘z oralaridan bir hukmdorni davlat rahbari – qirol lavozimiga saylaydi.

Tabiiy sharoiti va resurslari. Malayziya relyefining xususiyatlariga ko‘ra tog‘li mamlakat. Asosiy foydali qazilmalari neft, qalayi, volfram, boksit, oltin, mis hisoblanadi. Neft, asosan, mamlakatning orol qismidagi dengiz sayozligidan qazib olinadi. 

Iqlimi ekvatorial, yil davomida issiq va seryog‘in. Bunday iqlim tufayli Malayziyada sersuv daryolar ko‘p. Suv toshqinlari mamlakat aholisiga katta zarar yetkazadi. Mamlakat hududining salkam 60 % ini o‘simlik va hayvonot olami juda boy bo‘lgan ekvatorial o‘rmonlar qoplaydi.

Aholisi. Malayziya aholisi tabiiy va migratsion ko‘payish hisobiga tez o‘smoqda. Urbanizatsiya darajasi 75 %, eng yirik shahar – mamlakat poytaxti Kuala-Lumpur.

Mamlakat aholisi hududiy jihatdan juda notekis joylashgan. Hududining 40 % ini egallagan yarimorol qismida mamlakat aholisining 80 % i istiqomat qiladi. Ayniqsa dengizbo‘yi hududlarida aholi zich darajada joylashgan. Mamlakat ichki qismidagi tog‘li hududlarda aholi ancha siyrak joylashgan.

Malayziyadagi eng yirik millat mamlakat aholisidagi ulushi 50%dan ziyod bo‘lgan malaylardir. Shuningdek, Malayziyada xitoyliklar, hindlar, Kalimantan orolining tub elatlari vakillari ham ancha ko‘p.

Keng tarqalgan din - islom, mamlakat konstitutsiyasiga binoan, davlat dini maqomiga ega. Ammo Malayziyada buddizm, induizm, xristianlik dinlari ham ma’lum darajada uchraydi.

Iqtisodiyoti. Malayziya iqtisodiyoti yuqori sur’atlar bilan o‘sayotgan yangi industrial mamlakatlardan biri. Malayziya sanoati, asosan, ko‘ptarmoqli mashinasozlikka ixtisoslashgan (elektronika, maishiy texnika, avtomobil ishlab chiqarish). Shu bilan birga, neft, neft-kimyo va metallurgiya sanoatlari ham yaxshi rivojlangan. Qishloq xo‘jaligi sholi, tabiiy kauchuk, moyli palma, kokos palmasi, banan, tamaki, murch va boshqa ekinlarni yetishtirishga ixtisoslashgan.

Malayziyaning tabiati va boy tarixiy-madaniy merosi mamlakatda turizmni rivojlantirishga katta imkoniyat yaratadi. So‘nggi yillarda Malayziya xorijiy sayyohlar sonining ko‘pligi bo‘yicha jahonning yetakchi 10 ta mamlakatlari qatoriga kirmoqda.
 

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.