Olimlar eng aqlli jonzotlar reytingini tuzishdi 

6 192

Zoologlar xalqaro guruhi hayvonlarning aqliy qobiliyatlarini o'rganib, hayvonot dunyosining eng aqlli vakillari reytingini tuzishdi. 

Ushbu reytingda maymunsimonlar yetakchilik qilmoqda. Olimlar ular imo-ishora va inson nutqini tushuna olishlari hamda turli harakatlarga oson o'rgatilishlari mumkinligiga e`tibor qaratishgan.

2-o'rinni delfinlar egallagan. Bu dengiz jonzotlari qo'lga oson o'rgatiladi va 14 mingta turli tovush signali chiqara oladi hamda ular yordamida bir-birlari bilan o'zaro muloqot qiladi. 

3-o'rin esa fillarga berildi. Mutaxassislarning fikricha, bu jonzotlar ajoyib xotiraga ega. Bundan tashqari, ular infratovush va oyoqlarini topillatish yordamida bir-birlari bilan axborot almasha oladilar.

Uy jonzotlari orasida eng aqllilari mushuklar va itlar ekanligi qayd qilindi. Biroq olimlar ulardan qaysi birlari aqlliroq ekanligi borasida bir to'xtamga kelisha olmadi, deb ma`lum qildi Nation News.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.